Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Ixlos nima degani?

09.03.2021   7266   3 min.
Ixlos nima degani?

Ixlos nima degani? Inson qalbining top-toza, beg'ubor bo'lishi, niyatining musaffo, samimiy bo'lishidir. Bir insonning niyati buzuq bo'lsa, qusurli bo'lsa, boshqa bir maqsadi bo'lsayu, uni amalga oshirish uchun fitna va ig'volar qilsa, buning orasida yana bir yaxshi ishlar ham qilsa, ajabo, Alloh shu yaxshi ishlariga savob beradimi?.. Bermaydi? Alloh ixlosli insonning ibodatini qabul qiladi. Ibodatda va yo boshqa bir amalda ixlos bo'lmasa, qabul bo'lmas!

U holda qalbimizga ixlos indiramiz, toza musaffo qilamiz. Bu erda qusur, yomon niyat bo'lsa, bo'lmaydi. Shuning uchun «inson qalbini tozalashi kerak» deb aytiladi.

Tabiiy, qalbning tozalanishi – ichkariga xartum suqub, jildirjildir suv bilan yuviladigan bir narsa emas... Zotan, u erga xartum suqib bo'lmas. Har qancha kimyoviy ashyolar bilan yuvsang ham bo'lmas.

Zero, qalb bu – yurak degan bir parcha go'sht emas... Qalb deganimiz ko'ngildir... Ko'ngil toza bo'lishi kerak. Buning qayeriga xartum suqamiz, qayerini tozalaymiz?

Inson ko'nglining toza bo'lishi nimadir?.. Samimiy, ko'nglida yaxshilik barq urgan, har ishga yorug' bir orzular bilan kirishgan, tuyg'ulari toza, birovga kin, adovat saqlamaydigan... Qalbdagi mana shu boylikni IHLOS deymiz. Ixlos lozim!

Shuning uchun tasavvuf ulug'lari bir ixlosmand muridning qo'lini olarkan, uning ma'naviy tarbiyasini o'z elkasiga oladi: «Bu mening talabam, bu mening muridim, bu mening avlodim» deb uni bir tarbiyadan o'tkazadi. Bu tarbiyani tasavvuf tarbiyasi deymiz.

Endi har ustozning bir uslubiy tarbiyasi bor. Usta,  masalan,  shogirdini yoniga olib «farzandim, bolg'ani bunday ushla, bunday ur, shunday ursang mix qayriladi va hokazo» deb uqtiradi.

Har kasb-hunarning  ustasi shogirdiga bir usul bilan bu kasbni muntazam ado etilishi sirlarini o'rgatadi.

Ustoz, domla, murshid, shayx muridini tarbiya qiladi. Murid nima degani?.. Istakli, xohlovchi inson degani... U nimani istaydi?..

– «Men Allohning sevikli quli bo'lmoqni istayman!», – deydi.

– «Mayli, men senga Allohning sevgili bir quli bo'lmoq yo'lini o'rgatayin!»,– deydi murshid, uning qo'lini olarkan...

Murshid muridining qo'lini olganidayoq uning botinidagi kamchilik-nuqsonlardan voqif bo'ladi. Dastavval uning nafsini tarbiya qilishga, nafsni engishni o'rgatishga harakat qiladi. O'zini-o'zi engishi kerak. Chunki bu tashqaridan bo'lmaydi. Masalan, ota-ona bolasini barkamol bo'lishini xohlaydi, tarbiya davomida  gohida uni  uradi ham deylik.  Urmoq bilan tarbiyalab bo'lmaydi. Biroz ulg'ayganidan keyin bolada norozilik uyg'onadi, qarshilik ko'rsatadi, uydan qochadi...

Demak, urgan bilan bo'lmaydi. Norozilik insonning botinida, fitratida bo'ladi... Albatta buni tarbiyalashning usullari bor. Ya'ni, ko'nglida istak bo'lgan murid bir ruhoniy darajaga etishish uchun alohida bir tarbiyani boshidan o'tkazishi kerak. Buni tasavvufda «tasavvuf tarbiyasi», tariqatda «tariqat tarbiyasi» deymiz.

 

 

"Islom va axloq" kitobidan olindi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

JML Bosh kotibi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarini qabul qildi

15.07.2025   2142   1 min.
JML Bosh kotibi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarini qabul qildi

Saudiya Arabistoni Podshohligining yetakchi axborot agentligi SPA, shuningdek “Al-Jazirah”, “Al-Madina”, “Youm7” kabi qator nashrlari yozishicha, Jahon musulmonlari ligasi Bosh kotibi, Musulmon ulamolari uyushmasi raisi shayx Muhammad bin Abdulkarim Al-Isa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari doktor Firdavs Abduxoliqov bilan uchrashgan. Makkai Mukarramada, mazkur xalqaro tuzilma idorasida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Islom sivilizatsiyasining targ‘iboti, xususan noto‘g‘ri tushuncha va salbiy hodisalarga qarshi turishdagi ahamiyati ta’kidlangan. 
 

F.Abduxoliqov mamlakatimiz nomidan JMLning islom olamidagi sa’y-harakati, xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini e’tirof etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida o‘tkazilgan Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan birinchi xalqaro tadbirda Bosh kotib musulmon xalqlari vakili sifatida qilgan ma’ruzasini yuqori baholadi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

JML Bosh kotibi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarini qabul qildi