— Yoshim 70 da. Betob bo'lib qolganim va suv ishlatolmasligim sababli tahorat olishda muammo bo'lyapti. Tayammumni esa qanday qilsa, to'g'ri bo'lishini bilmayapman. Momolarimiz aytishicha, toza tuproqqa oyoq-qo'lni urib-urib, changitib qilish kerak ekan, unday qilsak, ust-boshimiz chang bo'ladi-ku. Toza matoga qilsa bo'lmaydi-mi?
— “Tayammum” lug'atda “maqsad qilish” ma'nosini anglatadi. Istilohda esa poklanish maqsadida pok er jinsi bilan yuzga va ikki qo'lga tirsaklari bilan qo'shib mash tortish “tayammum” deb ataladi.
Tayammum bo'lishi uchun to'rtta asosiy shart topilishi lozim:
1) Niyat; 2) Pok er jinsi; 3) Pok er jinsiga ikki marta qo'lni urib, birinchisida yuzga mash tortish, ikkinchisida ikki qo'lni tirsagigacha mash tortish; 4) Suv ishlatishdan uzrli bo'lish.
Bizning mazhabimizda er jinsidan bo'ladigan barcha pok narsalarga tayammum qilish joiz hisoblanadi. Yer jinsidan bo'lgan narsalar deganda esa quyidagilar ko'zda tutiladi:
Tuproq, qum, sho'rlab ketgan er, ohak, gips, surma, surmatosh, zirniyx (hidsiz rangsiz ma'dan. Tibbiyotda teri kassalliklarini davolashda ishlatiladi), oltingugurt, zaj (bo'yoqda ishlatiladigan tuz moddasi), kon tuzi, daraxtlar, (chunki odatda ustilarida changi bo'ladi), o't-o'lanlar (chunki bularning ustilarida ham odatda chang bo'ladi), kiyimdagi yoki ulov o'rindig'idagi chang (agar kiyimda yo ulov o'rindig'ida mutlaqo chang bo'lmasa, unga tayammum qilib bo'lmaydi. Shuningdek, kiyimini silkitib havoda to'zg'igan chang-g'uborga ham tayammum qilsa bo'ladi. Chunki bunda ham aslida er jinsiga tayammum qilingan bo'ladi.
Tayammum qilinmaydigan narsalar:
Yer jinsidan bo'lmagan narsalarga tayammum qilib bo'lmaydi. Shuning uchun quyidagi narsalarga tayammum qilib bo'lmaydi:
Un, talqon, kul, suvli tuz, mushk; shakar; anbar (xushbo'y modda), za'faron, kafur (xushbo'y modda), xina, loy (loy deganda uning suyuq bo'lib turgan payti nazarda tutilgan. Ammo qotib ustiga chang o'tiradigan bo'lsa unga tayammum qilish joiz bo'lib qoladi. Zero, yuqoridagi narsalarga ham agar chang o'rnashadigan bo'lsa, tayammum qilish mumkin bo'lib qoladi. Chunki bunda aslida er jinsidan bo'lgan changga tayammum qilinayotgan bo'ladi).
Shuningdek, najosat tegib so'ngra qurib najosat asari ketgan erga ham tayammum qilib bo'lmaydi. Chunki najosatning asari ketgani sababli tuproqqa poklik hukmi sobit bo'lsa ham, poklovchilik hukmi sobit bo'lmaydi. Tayammum qilinadigan tuproqda esa poklovchilik sifati bo'lishi shartdir.
Tayammum qilingan joyga yana qayta tayammum qilish joiz bo'ladi.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
#Sayyor_yig‘ilish
Shu yil 12 avgust kuni Yangi hayot tumanidagi «Niyozmat ota» jome masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov olib borgan yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi mas’ul xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari, ulamolar, otinoyilar hamda «Haj 2025»da hajga borgan hoji otalar va hoji onalar ishtirok etishdi.
Dastlab Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov kun davomida amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami, Ishchi guruh a’zolari hamda imom-xatiblar hamkorligining muhim jihatlari xususida yig‘ilganlarga tushunchalar berdilar.
Shundan so‘ng tumandagi barcha masjidlar imom-xatiblari hojilar bilan birgalikda hududdagi mahallalarga chiqib, yuzga yaqin xonadonga kirishdi.
Tadbir doirasida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, jismoniy imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularga zarur tavsiyalar berildi.
Adashib turli oqimlar ta’siriga tushib qolgan yoshlar bilan ham yakkama-yakka suhbatlar olib borildi.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad yurtimizda inson qadri, sha’ni ulug‘ ekanini, odamlarga yaxshilik ulashib yashash, yurtimizda hukm surayotgan tinchlikning qadriga yetish, o‘zaro hamjihatlikni ta’minlash, yoshlarimizni turli yot g‘oyalardan asrashdir.
100 ta oilaga kirish 100 xil muammo va shuncha yechim degani.
Tadbir ishtirokchilari yana «Niyozmat ota» jome masjidiga qaytib, amalga oshirilgan ishlarni o‘rtaga tashlab, kelgusidaig rejalarni belgilab olishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati