Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Mart, 2025   |   13 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:20
Quyosh
06:38
Peshin
12:37
Asr
16:41
Shom
18:30
Xufton
19:43
Bismillah
13 Mart, 2025, 13 Ramazon, 1446

“Sahihul Buxoriy” ijodkorlarni ham ilhomlantirmoqda

7.03.2021   1166   3 min.
“Sahihul Buxoriy” ijodkorlarni ham ilhomlantirmoqda

O'zbekistonning madaniy va tarixiy merosi, islom dinining insonparvarlik tamoyillarini targ'ib etish maqsadida Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” asari asosida “Islom san'ati” xalqaro onlayn ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

Tadbir O'zbekistonning Singapurdagi elchixonasi ko'magida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy halqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Buyuk Britaniyaning Lester universiteti va Dacore IT mas'uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tashkil qilindi.

Unda qator xalqaro ko'rgazma va festivallarda qatnashgan yurtimizning taniqli usta rassomlari bilan birga yosh ijodkorlar o'z ijod namunalari bilan ishtirok etdi.

Ko'rgazma ishtirokchilari orasida taniqli miniatyurachi, kitobat san'ati bo'yicha tajribali rassom, xattot, grafikachi rassom va fotosuratchi kabi yosh iste'dod egalari bor.

Halqaro miqiyosda e'tibor qozongan "So'g'diyona" milliy cholg'u-asboblari kamer orkestri jamoasi ko'rgazma uchun maxsus tayyorlangan "Zikr" nomli kompozitsiyasini taqdim etdi.

Imom Buxoriyning hadis to'plash yo'lidagi mehnati va ilmiy izlanishlarini aks ettiruvchi ushbu ko'rgazma qator ijodkorlarni bir joyga to'pladi. Ya'ni, ushbu tadbir uchun yaratilgan barcha san'at asarlari “Sahihul Buxoriy” to'plamidan ilhomlangan san'at ustalarining ijod mahsuli hisoblanadi. Ularni bir xayrli maqsad – o'z asarlari orqali islom dinining aql-zakovat, adolat, tinchlik, va bag'rikenglikni mujassam etgan ezgu g'oyalarini halqaro miqyosda san'at muxlislariga targ'ib etish niyati birlashtirib turibdi.

Ko'rgazmada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov bunday tadbirlar bizning zaminda etishib chiqqan ulug' allomalar merosini jahon ommasiga targ'ib etish barobarida xalqlar o'rtasidagi ilmiy va ma'rifiy aloqalarni rivojlantirishga ham xizmat qilishini ta'kidladi. Markazda ajdodlarimizning asarlarini tadqiq qilish, xalqaro hamkorlik yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

Muassasa tomonidan o'tgan davr mobaynida bajarilgan ishlar va erishilgan yutuqlar aks ettirilgan videorolik namoyish etildi.

– Islomda eng muhim va birlamchi omillardan biri – bu insonning nafaqat tashqi, balki ichki holatiga ham ta'sir ko'rsatuvchi poklikdir. Ushbu ko'rgazmada namoyish etilayotgan ijod namunalari odamlarni jism, tafakkur, qalb, ruh va hayot mavzularida chuqurroq mushohadaga undaydi. E'tiborlisi, ko'rgazmada namoyish etilayotgan asarlarning tavsifi va talqini hadislar orqali ifodalanadi. Bu esa, unga tashrif buyuruvchilar uchun islomning asosiy manbalari bilan yaxshiroq tanishishga yordam beradi, – dedi Sh.Ziyodov.

Ko'rgazma so'ngida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi.
                                                                                                                            G'.HASANOV, O'zA

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolar murojaatini tingladi

12.03.2025   7135   1 min.
Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolar murojaatini tingladi

Shu yilning 12 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladi.

Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan shar’iy masalalar, masjidlar qurish, haj va umra, ishga joylashish, oilaviy munosabatlar, kitob chop etish, moddiy yordam va sohani rivojlantirishga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolar murojaatini tingladi Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolar murojaatini tingladi Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolar murojaatini tingladi Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolar murojaatini tingladi Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolar murojaatini tingladi Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolar murojaatini tingladi