Ahmad ibn Hanbalning o'g'li Abdulloh aytadi: “Ko'pincha otamning bunday deyotganlarini eshitardim: "Yo Alloh, Abul Haysamning gunohini mag'firat qil, Abul Haysamga rahm ayla". Otamdan: “Otajon, Abul Haysam kim?” deb so'radim. Dedilar: “Sahro ahlidan bo'lgan bir kishi, men uni hatto yuzini ham ko'rmaganman. Menga darra urishayotgan kunlarning birida meni qop-qorong'i zindonga tashlashdi. Shundan kimdir meni turtib: “Sen Ahmad ibn Hanbalmisan?” dedi. Men: "Ha", dedim".
- Meni taniyapsanmi?
- Yo'q
- Men mashhur o'g'ri Abul Haysam bo'laman, aroqxo'r, qaroqchi, mo'minlar amirining devonida o'n sakkiz ming darra bo'lib-bo'lib urilishi yozilgan kimsaman. Men bularning hammasiga shayton yo'lida chidadim. Sen Alloh yo'lida sabr qilgin, ey Ahmad!
Meni darra urgani olib chiqishdi, har safar qamchi tushganda Abul Haysamning gapini eslardim va ichimda: “Alloh yo'lida sabr qil, ey Ahmad. Ibn Hanbal bo'lolmasang, Abul Haysam bo'l!” derdim.
Ey sabrlilar imomi, Alloh sizni rahmatiga olsin!
Solih zotlardan bo'lmish Halaf ibn Ayyub namozda yuziga qo'ngan pashshani ham qo'li bilan haydamas ekan. Undan so'rashibdi: “Bunga qanday chidaysiz, g'ashingiz kelmaydimi?”.
U javob beribdi: “Menga xabar berisharicha fosiq odamlar “sabrli ekan, chidamli ekan” deb maqtalishlari uchun darralarga sabr qilisharkan. Men namozda Robbim qarshisida turaman, nima, yuzimga qo'ngan bitta pashshaga sabr qilolmaymanmi?!”
Kimdir sizga “xushxabar bor”, desa, u qanday xushxabarligini bilmasdan turib ko'nglingizga quvonch yuguradi. Chunki siz har qanday xushxabar yaxshi bo'lishini bilasiz!
Endi o'ylang, xushxabar beruvchi zot olamlar Robbi – Alloh bo'lsa-chi?! “Sabr qiluvchilarga xushxabar bering” (Baqara surasi, 155-oyat).
Biror muammoga duch kelsangizu, undan xalos bo'la olmasangiz, echim topilavermasa, bu degani yo'l umuman ochilmaydi degani emas! Sabr qilmoq kerak, sabr! “Go'zal sabr ayla! Ular aytayotgan (tuhmat) gaplarga Allohdan yordam so'ra!”(Yusuf surasi, 18-oyat).
Butun er yuzidan muammoingizni hal etib beradigan imkon topa olmasangiz, osmonga boqing! Zero, bu borliqda Alloh taqdiringizga yozgan narsadan sizni mahrum qila oladigan hech kimsa yo'q! Shunday ekan, xotirjam bo'ling.
Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan
G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.
Saudiya Arabistoni Podshohligi Islom ishlari, da’vat va irshod vazirligi tomonidan 45-xalqaro Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston nomidan Shukurbek qori Shuxratbekov va Dostonbek qori Sodiqov qatnashmoqda.
Ma’lumot o‘rnida Shukurbek Shuxratbekov “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 3-kurs, Dostonbek Sodiqov “Sayyid Muhiyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtining 1-kurs talabasi sanaladi.
Alloh taolo ikki hamyurt qorimizni yuzlarini yorug‘ qilib, muvaffaqiyat va zafar ato etsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati