Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyul, 2025   |   26 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:30
Quyosh
05:08
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:25
Bismillah
21 Iyul, 2025, 26 Muharram, 1447

MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Ishorat iymon sharoyitig'a (Qirq to'rtinchi mavzu)

02.03.2021   1924   4 min.
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI: Ishorat iymon sharoyitig'a (Qirq to'rtinchi mavzu)

OZ-OZ O'RGANIB DONO BO'LUR...

*   *   *

ZahiruddinMuhammad Bobur xazinalari

*   *   *

MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI

*   *   *

IYMON-E_''TIQOD  KITOBI

*   *   *

NAZM

 

Ishorat iymon sharoyitig'a

 

Bilki, iymon sharoyiti bordur,

Ahli iymon aro muqarrardur.

Birisi – g'aybqa ketur iymon,

Bo'ldi iymon ya'si bedarmon.

G'ayb olamini xossayi Haq bil,

So'z budur, shar' ichra mundoq bil.

Yana Haqdin kerak umid ila biym,

Muni deb yurma: bor Hudoyi karim.

Yana bilgil halol haqni halol,

Bil haromni ham haromu vubol.

Tengrining  dushmanig'a  dushman  bo'l,

Tengrining sevganini sevgan bo'l.

 

NASRIY BAYoN

 

Iymon shartlarining bayoni

 

Bilginki,  iymonning  shartlari  bordir,  (bu  shartlar)  ahli  iymon  o'rtasida  muqarrar  qilingandir.  Birinchi, g'aybga  iymon  keltir. Iymon ya'si, ya'ni umidsizligi bedarmon darddir. G'ayb olamini Haq  ta'oloning  xos  ishlaridan,  sirlaridan  deb  bil.  (Muhim)  so'z ana shudir, shari'atda (e'tiqod) ana shunday deb bil.

 

Yana Allohdan umid bilan qo'rquv (xavf va rajo) bo'lishi lozim, Allohim karamli, deb yur(ib g'aflat va halokatga qol)ma.

 

Yana halol haqni halol deb bil, haromni harom va vabol – gunoh deb e'tiqod qil. Allohning dushmaniga dushman bo'l, Allohning sevganini sevgan bo'l – do'stiga do'st bo'l.

 

IZOH. Havf va rajo (qo'rquv va umid) iymon qushining ikki qanotidir. Yuqorida aytilganidek, bu ikkisi barobar bo'lishi shartdir. Allohning rahmatidan umid uzish mumkin emasligiga dalil ushbu oyati karimadir:

Zumar surasi,  53-oyat ma'nosi: “Aytingki: «(Alloh bundoq der:) «Ey Mening o'z o'zlariga qarshi (gunoh qilib) haddan oshgan bandalarim! Allohning rahmatidan umid uzmanglar!..»

 

“Muni deb yurma: bor Hudoyi karim” satri ushbu oyati karimaga ishorat qiladi Luqmon surasi, 33-oyat ma'nosi: «(Ey insonlar!) O'ta aldamchi (shayton va uning do'stlari) ham sizlarni Alloh(ning afvi, karami va marhamati keng, gunohlar qilib yayrab qolaveringlar degan firib) bilan aldab qo'ymasin (gunohga botirib, ibodatdan chalg'itmasin)!».

 

Nasriy bayon va sharh muallifi:

            Mirzo KYeNJABYeK.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Namozdan keyingi zikrlar qanday aytiladi?

16.07.2025   5369   2 min.
Namozdan keyingi zikrlar qanday aytiladi?

Savol: Namozdan keyin imom «Oyatal kursiy»ni boshidan o‘qiganda jamoat qolganini ichida davom ettiradimi yoki boshidan boshlaydimi? Zikrlarni aytishdachi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozdan keyin oyatal kursiy va tasbehlarni aytish mustahab amal sanalib, ularni imom ham, jamoat ham o‘qishlari mandub, ya’ni go‘zal va savobli ish hisoblanadi. Shuning uchun imom boshlab berganidan keyin jamoatdagilar ham oyatal kursiyni boshidan o‘qiydilar.

Shuningdek, tasbehlarni 33 tadan aytadilar. Imom ularni ovoz chiqarib boshlab berishining sababi jamoatga aytiladigan zikrni eslatish uchundir.

Payg‘ambarimiz alayhissalom farz namozlardan keyin «Oyatal kursiy»ni o‘qishning fazilati haqida bunday deydilar: “Kim har bir farz namozidan keyin Oyatal kursiyni o‘qisa, keyingi namozgacha Alloh taoloning zimmasida bo‘ladi” (Imom Tabaroniy rivoyatlari).

Boshqa bir hadisi sharifda bunday deyiladi:

“Kim har bir farz namozning ortidan Oyatal kursiyni o‘qisa, uni jannatga kirishdan faqatgina o‘lim to‘sib turadi” (Imom Nasoiy rivoyati).

Namozdan keyin tasbehlarni aytish borasida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kim har namozdan keyin o‘ttiz uch marta Allohga tasbeh aytsa, o‘ttiz uch marta Allohga hamd aytsa, o‘ttiz uch marta Allohu akbar, desa hammasi to‘qson to‘qqiz bo‘ladi. Yuzinchisida Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shayin qodiyrni aytsa, uning gunohlari dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi”, deyilgan (Imom Muslim rivoyati).

Shunga ko‘ra imom domla Subhanalloh, Alhamdulillah, Allohu akbar deyishi o‘zi uchun hisobga o‘tadi. Jamoatdagi namozxonlar 33 tadan o‘zlari aytishlari kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.