frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Oxir-oqibat borar manziling tuproqdir...

26.02.2021   3741   2 min.
Oxir-oqibat borar manziling tuproqdir...

Eng go'zal g'azal sharhi:

  1. Maskaning oxir chu tufrog'dur,

ne o'tkarmakdurur
Madfaning ayvonig'a

ko'k gunbazidin irtifo'.

“Maskaning, oxir-oqibat borar manziling tuproqdir. Shundoq ekan, dafngohing, ya'ni qabring ayvoniga ko'k gumbazdan baland bino ko'targaning – yuksak maqbara qurganing nimasi? Buning nima nafi bor?”

Nuh surasi 17–18-oyatlarida aytiladi (ma'nosi): “Alloh, nabotot kabi, sizlarni erdan undirib chiqardi. So'ngra sizlarni yana unga qaytarur va yana (mahshar kuni qabrlardan tiriltirib) chiqarur”.

 IZOH. “Alloh, nabotot kabi, sizlarni erdan undirib chiqardi”, ya'ni: «Otangiz Odam alayhissalomni tuproqdan yaratdi» (Jalolayn tafsiri).  Oyatlarda kelganidek, qabrdan tirilib chiqishlar oxiratdagi tirilishdir. 

         *   *   *

“Tazkiratul-avliyo” kitobidan: “Naqldirki, Hasan Basriy hazratlari bir gal bir janozaga bordi. Mayyitni dafn qilganlaridan keyin Hasan mozor boshida o'tirib, shu qadar yig'ladiki,  tuproq loy bo'ldi. So'ngra dedi: «Ey insonlar! Ishning avali ham, oxiri ham lahaddir! Qarangiz, dunyo manzilining oxiri qabrdir, oxirat manzilining boshi ham qabrdir. Zero (aytilgandir)ki: «Qabr – oxirat manzillaridan bir manzildir». Oxiri shu lahad bo'lgan dunyoda qanday shod bo'lib kezarsizlar?! Nechun avali shu lahad bo'lgan olamdan qo'rqmassizlar?! Modomiki, sizlarning avvalu oxirlaringiz shu mozor ekan, ey g'aflat ahli, avvalgi va oxirgi manzil uchun hozirlik ko'ringiz!»

Mirzo Kenjabek,

“Navoiy muhabbati”

kitobidan.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

G‘oliblar taqdirlandi

30.07.2026   9133   1 min.
G‘oliblar taqdirlandi

Sport – sog‘lom turmush kafolati. Sport bilan shug‘ullangan kishining tani sihat, o‘zi esa xotirjam bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida Toshkent viloyati masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar va imom noiblari o‘rtasida stol tennisi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

1-o‘rin: Bo‘stonliq tumani «Toli buva» jome masjidi imom noibi Abufayz domla Husanboyevga;

2-o‘rin: Bekobod tumani «Ulug‘bek» masjidi imom-xatibi Abdulloh domla Dehqonboyevga;

3-o‘rin: Ohangaron tumani «Islom nuri» jome masjidi imom noibi Abdulloh domla Eshboyevga nasib etdi.

G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Fursatdan foydalanib, barcha g‘oliblarni qutlaymiz.

Toshkent viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

 

G‘oliblar taqdirlandi G‘oliblar taqdirlandi G‘oliblar taqdirlandi G‘oliblar taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari