Indoneziya matbuoti O'zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida ro'y berayotgan muhim voqealar haqida mamlakat jamoatchiligini xabardor qilishda davom etmoqda, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi.
"Mi’raj News Agency" axborot saytida yana bir maqola chop etildi. Unda ta'kidlanishicha, Hiva shahrida YuNYeSKO ko'magida "Markaziy Osiyo tsivilizatsiyalar chorrahasida" xalqaro forumi bo'lib o'tadi.
YuNYeSKOga tayanib Indoneziya axborot resursining xabar berishicha, forum mintaqaning umumiy madaniyati va umumiy merosini o'rganish va targ'ib qilish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.
O'zbekistonning Hiva shahri ming yillar davomida ta'lim, fan va madaniyat markazi, tsivilizatsiyalar beshigi vazifasini o'tagan Ipak yo'lidagi eng qadimiy shaharlardan biri, Ichan-qal'a ichki shahar esa 1990 yildan buyon YuNYeSKOning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgani alohida ta'kidlanadi.
"Shaharning Juma masjidi, maqbaralar, madrasalar, shuningdek, XIX asr boshlarida qurilgan saroylar kabi noyob me'moriy diqqatga sazovor joylari har yili dunyoning turli burchaklaridan sayyohlarni o'ziga jalb etadi", deb yozadi axborot resursi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
وحدثنا إسحاق بن إبراهيم بن جبلة نا عبيد الله بن موسى أنا إسرائيل، عن سماك أنه سمع موسى بن طلحة يحدث عن أبيه قال: مررت مع النبي صلى الله عليه وعلى آله وسلم في نخل فرأى قوما في رءوس النخل يلقحون النخل فقال: ما يصنع هؤلاء؟ قالوا: يجعلون الذكر في الأنثى قال: ما أظن ذلك يغني شيئا فبلغهم ذلك فتركوه فنزلوا عنها فبلغ ذلك النبي صلى الله عليه وعلى آله وسلم فقال: إنما هو ظن ظننته، إن كان يغني شيئا فاصنعوه، فإنما أنا بشر مثلكم وإن الظن يخطئ ولكن ما قلت لكم: قال الله تعالى فلن أكذب على الله عز وجل.
Muso ibn Talha otasidan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam bilan birga (Madina) xurmozorlari orasidan o‘tdim. U zot xurmolar ustiga chiqib olib, changlatayotgan odamlarni ko‘rib: “Anavilar nima qilishmoqda?” dedilar.
Odamlar: “(Xurmoning) erkagini urg‘ochisiga qo‘shmoqda”, dedi.
U zot: “Menimcha, undoq qilish biror foyda bermas, deb gumon qilaman”, dedilar.
Haligi odamlarga buning xabari yetib borganda, ular u(changlatish)ni tark qildi va xurmolardan tushdi. Rasululloh sollallohu alayhi va olihi vasallamga bu haqda xabar berilganda: “U mening bir gumonim, agar o‘sha narsa ularga manfaat bersa, uni qilaversin! Albatta, men ham sizlar kabi basharman. Albatta, gumon xato qiladi. Lekin sizlarga “Alloh taolo bunday dedi”, deb biror narsa aytsam, zinhor Alloh azza va jallaga nisbatan yolg‘on so‘zlamayman”, dedilar.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD