Kanadalik imo-ishoralar tili o'qituvchisi Islomni qabul qilgani, bolalarga soddalashtirilgan shaklda dinni tushunishlariga yordam berayotganini gapirib berdi.
Jenni Molendik konservativ nasroniy bo'lgan politsiya xodimi va hamshiraning oilasida tug'ilib o'sdi. Tilshunoslik va amerika imo-ishoralar tili fakul'tetida tahsil olayotgan qiz musulmon tengdoshlari bilan diniy bahslarda qatnasha boshladi va tushunchalari boy berayotganini angladi.
"Savollarimga javob topdim, 2006 yilning 14 may kuni esa Islomni qabul qildim. Bu mening hayotimdagi asosiy qaror bo'ldi", - deya Jenni Anadolu agentligiga bergan interv'yusida.
"Otam turli saytlardan olingan Islom haqida har xil narsalarni ko'chirib, menga jo'natganlar. Ular menga noto'g'ri tanlov qilganimni isbotlamoqchi bo'ldilar. Ular xafa bo'lganini tushunaman. Lekin ular Islom nimaligini bilmas edilar. Onam yanada qo'rqib ketdi. Ular mening turmush qurishimdan, bolalarimni hech qachon ko'rmasligidan, qandaydir erto'lada qulflanib qolishimdan qo'rqardilar".
Ota-ona qizga ta'sir qilib, uni nasroniylikka qaytarishga harakat qilgan. Jenni o'z qaroridan qaytmadi va tez orada u bir turk Sami Divleviy bilan tanishib, unga turmushga chiqdi. 2012 yildan beri muslima muallim Istanbulda yashab kelmoqda. Vaqt o'tishi bilan uning ota-onasi Islom haqidagi salbiy qarashlaridan qutilishdi.
Jenni turk tilini o'rganib, din asoslarini bolalarga sodda so'zlar bilan tushuntirish uchun lingvistik bilimlaridan foydalanadi. Muslima ayol besh farzandi bilan Instagram sahifasini yurgizib, u erda yosh avlod uchun Islom haqida xabarlarni joylashtiradi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun, 15 iyul kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi. Namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur tumandagi "Xovos" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2025” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 20 ta mahalladagi 120 ta xonadon holidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati