Koronavirus infektsiyasining yangi turi (COVID-19) pandemiyasi 2022 yil boshida tugaydi. Bu haqda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Hans Klyuge Daniyaning DR telekanaliga ma'lum qilgan, deya xabar qildi azon.uz.
Halqaro tashkilot vakilining so'zlariga ko'ra, 2021 yil ham koronavirus yili bo'lsa-da, ammo vaziyat bir yil avvalgiga nisbatan ancha boshqariladigan bo'ladi. "Eng yomon stsenariy tugadi. Virus yangi tarqalishni boshlagan 2020 yilga nisbatan hozir ko'proq ma'lumotga egamiz", degan Klyuge.
Shu bilan birga, Klyuge faqat o'z fikrini aytayotgani va hech kim pandemiya bilan bog'liq vaziyat atrofidagi voqealar qanday rivojlanishini bashorat qila olmasligi haqida ogohlantirgan.
“Virus saqlanib qoladi, ammo cheklovlarga ehtiyoj qolmaydi deb o'ylayman. Bu optimistik xabar”, - deya qo'shimcha qilgan JSST vakili.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turg‘unov (qarorgohi Ar-Riyoz shahrida joylashgan) Bahrayn adliya, islom ishlari va vaqf vaziri Navvof bin Muhammad al-Muovida bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Vazir muloqot avvalida O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan olimlarning Islom tamadduniga hissa qo‘shgan hissasini, mamlakat tomonidan diniy-ma’rifiy sohaga qaratilayotgan e’tibor, yosh kelajak avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tahsinga sazovor ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, al-Xorazmiy, Farobiy, Zamaxshariy kabi Islom olamida yuksak obro‘-e’tibor topgan olimlarning merosi dunyo musulmonlarining umumiy boyligidir.
– So‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun Islom ummatiga xizmat qilmoqda. Bahrayn Islom merosini o‘rganish bo‘yicha o‘zbek tomoni bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ilmiy izlanishlarni birgalikda amalga oshirishga tayyor", – dedi adliya, islom ishlari va vaqf vaziri Navvof bin Muhammad al-Muovida.
Muloqot chog‘ida Toshkent shahrida barpo etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimida Bahrayn delegatsiyani ishtirokini ta’minlash, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ikki mamlakat ilmiy markazlar o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasida adliya, Islom ishlari va vaqf sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, birgalikda ilmiy-amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida mas’ul xodim tayinlash taklifini qo‘llab-quvvatladilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati