Barcha mujtahid ulamolarimiz nazdida fotihadan keyin “Omin” lafzini aytish sunnat hisoblanadi. Hanafiy, Molikiy mazhabida “Omin” lafzi ovoz chiqarmay aytiladi. Dalillar quyidagilardir:
1-chidan “Omin” lafzi duodir, ma'nosi ijobat qil, duoni qabul qil deganidir shundayki, qanday duo qilishni Alloh Ta'olo bizga o'rgatib oyatda aytadi:
U haddan oshuvchilarni sevmas. A'rof 55.
Hadisda:
Ichida maxfiy qilingan duo, tashqarisida qilingan 70 ta duoga teng keladi.
Muhaddis Ibn Hibbon o'zlarining sahihlarida marfu' xolda qilgan rivoyatida “Duoning yaxshisi - maxfiysidir” deyilgan. Demak Fotihadan so'ng “Omin” ichimizda aytsak yuqoridagi oyat va hadisga amal qilgan bo'lamiz.
2-chidan Abu Vayl roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi u zot aytadilar:
Ali va Ibn Mas'ud roziyallohu anhumlar, namoz ichidagi bismillahni, a'uzuni va “Omin”ni ham ovoz chiqarib aytmasdilar. Janobimiz bilan doimo birga yurgan bu ikkalovi sahobani “Omin”ni ovoz chiqarib aytmaganlari kuchli dalil hisoblanadi. Boshqa rivoyat Hazrat Umarni “Omin”ni ichida aytganlari ta'kidlangan.
Hanafiy ulamolari shu ma'nodagi boshqa sahobalardan rivoyatlar keltirganlar.
3-chidan “Omin” lafzi Qur'ondan emasligi hammamizga ma'lum, buning ustiga ushbu lafz arabcha ham emas. A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym Qur'onda kelgan, bizga tilovat qilishdan oldin ta'avvuzni vojib qilgan. O'shanday bo'lsada A'uzuni namoz ichida maxfiy aytiladi. Nima uchun “Omin”ni ovoz chiqarib aytish kerak.
4-chidan namoz juda mashhur ibodat hisoblanadi. Janobimiz namoz farz bo'lgandan boshlab har kuni 5 vaqt namozni jamoat bilan o'qiganlar. Rasulimizni har o'qigan namozlari minglab kishilar tomonidan sinchkovlik bilan kuzatib borilgan. Agar “Omin”ni ovoz chiqarib aytish afzal bo'lganida, u – zot buni bayon qilgan bo'lardilar. Orada hech qanday shubha qolmagan bo'lardi. Ba'zan birinchi safdagilar eshitadigan qilib, ta'lim uchun past ovozda “Omin” deganlaridan boshqa hech bir dalil yo'q. Ayniqasa imomga iqtido qilib namoz o'qiyotganlarning “Omin”ni ovoz chiqarib aytganlari haqda hech qanday rivoyat ma'lum emas. Demak ixtilofga berilmaslik uchun yurtimiz musulmonlari ota-bobolarimiz yurgan xanafiy mazhabiga amal qilishlari lozim va lobuddir...
Namangan tumani "Mirzaboy Holto'raboy"
jome masjidi Akromov Kozimxon
Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.
Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.
Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati