JANNATDA ALLOH TAOLONI KO'RISh BAYoNI
02– يَرَاهُ الْمُؤْمِنُونَ بِغَيْرِ كَيْفٍ وَإِدْرَاكٍ وَضَرْبٍ مِنْ مِثَالِ
Ma'nolar tarjimasi:
Mo'minlar Uni (bandalarga ma'lum) qandaydir bir holatsiz hamda biror idrok qilishsiz, va “zarbul masal”siz ko'radilar.
Nazmiy bayoni:
Mo'minlar ko'rarlar Uni shaklsiz
Hamda idroksizu, “zarbul masal”siz.
Lug'atlar izohi:
يَرَاهُ – fe'l va maf'ul. هُ zamir jumlada zikr qilinmagan Alloh lafziga qaytadi. Ko'zlangan ma'no aniq bo'lgani uchun zikr qilinmagan lafzga ham zamir qaytarilgan.
الْمُؤْمِنُونَ – jam muzakkar solim. Foillikka ko'ra raf bo'lib turibdi.
بِ – “sababiya” ma'nosida kelgan jor harfi.
غَيْرِ – hol bo'lib kelgan. Jor majrur يَرَاهُ ga mutaalliq.
كَيْفٍ– Bu kalima, aslida, holatni so'rash uchun ishlatiladi. Masalan كَيْفَ رَأَيتَ فُلاَنًا (falonchini qanday holatda ko'rding?), deyilsa, bunga javoban “falon joyda ko'rdim”, “o'tirganini ko'rdim”, “turganini ko'rdim” kabi javoblar beriladi. Nozim bu erda bandalar Robbilarini ana shunday bandalarga xos sifatlarsiz ko'rishlarini bayon qilgan.
وَ – mutlaq jamlash uchun keltirilgan atf harfi.
اِدْرَاكٍ – idrok qilish deganda biror narsaning mohiyatini to'liq qamrab olish tushuniladi. Bu bilan Nozim ko'zlar Alloh taoloni idrok eta olmasligi oyatda bayon qilinganiga ishora qilgan.
مِنْ مِثَالِضَرْبٍ – bu jumlada kelgan مِنْ zoida jor harfidir. “Zarbul masal” deganda aqlan his qilinadigan narsani tasvirlab berish tushuniladi. Nozim mo'minlar Alloh taoloni qanday ko'rganlarini tasvirlab bera olmasliklarini ushbu kalimalar bilan bayon qilgan.
Matn sharhi:
Mo'minlar jannatga kirgach, ularga ko'zlar ko'rmagan va quloqlar eshitmagan son-sanoqsiz ne'matlar ato qilinadi. O'sha ne'matlarning eng ulug'i Alloh taologa nazar solish hisoblanadi. Bunday ulug' baxtga muyassar bo'lgan bandalar Alloh taoloni ko'radilar. O'shiy rahmatullohi alayh mo'minlarning Alloh taoloni ko'rishlari qanday bo'lishi haqida so'z yuritib, Uni shaklsiz, idroksiz va biror timsolsiz ko'rishlarini bayon qilgan. Shaklsiz va timsolsiz ko'rish haqidagi so'z xuddi So'fi Ollohyor bobomiz aytganlari kabidir:
Ko'ngulda kechsa, ko'zga tushsa har shay
Erur andin munazzah Holiqi Hay[1].
Ya'ni insonning ko'nglida Alloh taoloning qandayligi to'g'risida qanday fikr o'tsa o'tsin, uning ko'ziga qanday ulug'vor narsa ko'rinsa ko'rinsin, Alloh taolo barchasidan boshqacha bo'lgan, oliy va buyuk Zotdir.
Idroksiz ko'rish deganda esa ko'rilgan narsani tasvirlab bera olmaydigan, uning qandayligini tushuntirib bera olmaydigan hamda yodida saqlab qola olmaydigan darajada ko'rish ma'nolari tushuniladi. Shu ma'noda mo'minlar Alloh taoloning jamoliga shaklsiz, idroksiz va biror timsolsiz ravishda nazar tashlaydilar. Bu haqida shunday xabar berilgan:
﴿وُجُوهٞ يَوۡمَئِذٖ نَّاضِرَةٌ٢٢ إِلَىٰ رَبِّهَا نَاظِرَةٞ٢٣﴾
“U kunda chiroyli yuzlar bor. O'z Robbisiga nazar soluvchilar”[2].
Kofirlar esa o'sha kunda Alloh taoloni ko'rishdan to'siladilar. Bu haqida Qur'oni karimda quyidagicha xabar berilgan:
﴿كَلَّآ إِنَّهُمۡ عَن رَّبِّهِمۡ يَوۡمَئِذٖ لَّمَحۡجُوبُونَ١٥﴾
“Yo'q!!! Albatta, ular o'sha kunda o'z Robbilarini ko'rishdan to'silurlar”[3].
“Imom Shofi'iy rahmatullohi alayh: “Ushbu oyatda mo'minlarning Alloh taoloni ko'rishlariga dalil bor”, – degan.
Imom Molik rahmatullohi alayh: “Uning dushmanlari to'silgan va Uni ko'ra olmaganlaridan keyin, O'zining do'stlariga tajalliy (o'zini namoyon) qiladiki, U zotni ko'radilar”, – degan.
Boshqa bir oyati karimada ko'zlarning Uni idrok eta olmasligi xabar berilgan:
﴿لَّا تُدۡرِكُهُ ٱلۡأَبۡصَٰرُ وَهُوَ يُدۡرِكُ ٱلۡأَبۡصَٰرَۖ ﴾
“Ko'zlar Uni idrok etmas. Ko'zlarni U idrok etar”[4].
Bu oyati karimaning ma'nosi besh xil ta'vil qilingan:
a) ko'zlar oldilaridagi narsalarni ko'radi. Ko'zlar bilan ko'riladigan narsalar orasida fazo bo'lishi kerak. Shu bois o'zlariga jips bo'lib turgan narsalarni ko'rmaydi. Agar ko'zlar Uni ko'rsa, U chegaralanib qolishi lozim bo'lib qoladi, shuning uchun ko'zlar Uni ko'rmaydi;
b) eshitish ovozlarni idrok etganidek, ko'rish ranglarni idrok etadi. U zotni ranglar bilan vasf qilish mumkin bo'lmaganidek, ko'rish bilan ham vasf qilish mumkin bo'lmaydi.
Alloh taoloni ko'rishning haq ekani hadisi shariflarda ham bayon qilingan.
عَنْ جَرِيرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ البَجَليِّ قَالَ كُنَّا عِنْدَ النبيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَنَظَرَ إِلَى القَمَرِ لَيْلَةَ البَدْرِ فَقَالَ إنَّكُمْ سَتَرَونَ رَبَّكُمْ كَمَا تَرَوْنَ هَذَا القَمَرَ لا تُضَامُّونَ في رُؤْيَتهِ فَإنِ اسْتَطَعْتُمْ أنْ لاَ تُغْلَبُوا عَلَى صَلاَةٍ قَبْلَ طُلُوعِ الشَّمْسِ وَقَبْلَ غُرُوبِهَا فَافْعَلُوا. مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ
Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Bizlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida edik, u zot to'lin oy kechasida oyga nazar soldilar-da: “Sizlar yaqinda Robbilaringizni bu oyni ko'rgandek ko'rasizlar, Uni ko'rishda qiynalmaysizlar, agar quyosh chiqishidan oldin va botishidan oldin namozga kuch sarflashga qodir bo'lsalaringiz, albatta, uni ado qilinglar”, – dedilar”. Muttafaqun alayh.
Sharh: “Ulamolar aytadilarki, Alloh taoloni ko'rish haqidagi so'zda bu ikki namozning zikr qilinish sababi shuki, namoz toatning afzalidir. Qolaversa, bu ikki namoz, (bomdod va asr) farishtalar jamlanishi, amallarning ko'tarilishi kabi fazilatlar bilan boshqa namozlardan afzalligi sobit bo'lgan. Bu ikki namoz namozlarning eng afzali bo'lganidan keyin ularni o'z vaqtida ado etuvchilarga eng afzal mukofot munosib bo'ladi. Eng afzal mukofot esa Alloh taologa nazar solishdir”[7].
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Bu oyni ko'rgandek ko'rasizlar” deyishlari ko'riladiganni ko'riladiganga o'xshatish emas, balki ko'rishni ko'rishga o'xshatishdir. Alloh taoloni ko'rishni oyni ko'rishga o'xshatishda ikki xil ma'no bor:
JANNATDAGI ENG OLIY NYe_''MAT
12- فَيَنْسَوْنَ النَّعِيمَ اِذَا رَأَوْهُ فَيَا خُسْرَانَ أَهْلِ الاِعْتِزَالِ
Ma'nolar tarjimasi:
Uni ko'rgan vaqtlarida ne'matlarni unutadilar, bas, ey (odamlar) mo''taziliylarning adashishlari (dan ehtiyot bo'linglar).
Nazmiy bayoni:
Ne'matlar unutilar Uni ko'rsalar qachon,
Hazir bo'ling, mo''tazila ahliga ziyon.
Lug'atlar izohi:
فَ – “ta'qiyb” ma'nosida kelgan atf harfi. Jumlani jumlaga atf qilgan.
يَنْسَوْنَ – tark qiladilar, ma'nosidagi muzori' fe'li.
النَّعِيمَ – maf'ullikka ko'ra nasb bo'lib turibdi.
اِذَا – “shartiya” ma'nosida kelgan zarf harfi.
رَأَوْهُ – fe'l, foil va maf'ul. رَأَى fe'li ko'z bilan qarashga nisbatan ham, aqliy nazarga nisbatan ham ishlatiladi. Bu erda ko'z bilan qarash ma'nosida ishlatilgan.
فَ – “ta'liliya” (izohlash) ma'nosida kelgan.
يَا – yaqinga ham, uzoqqa ham ishlatiladigan nido harfi. Munodosi mahzuf.
خُسْرَانَ – mahzuf fe'lning maf'uli bo'lganiga ko'ra nasb bo'lib turibdi. Lug'atda “zarar ko'rish”, “halok bo'lish” va “adashish” ma'nolarini anglatuvchi masdar ism.
الاِعْتِزَالِأَهْلِ – muzofun ilayh. E'tizol ahlidan mo''taziliy firqasi nazarda tutilgan. إِعْتَزَلَ fe'li birovning biror narsadan voz kechib, uni o'zi tashlab ketishiga nisbatan ishlatiladi. إِنْعَزَلَ fe'li esa birovning boshqa birov tomonidan chetlashtirilishiga nisbatan ishlatiladi.
Matn sharhi:
Jannatiylarga ko'zlar ko'rmagan, quloqlar eshitmagan son-sanoqsiz ne'matlar ato qilinadi. Jannatdagi ne'matlar shunday vasf qilingan:
﴿عَلَىٰ سُرُرٖ مَّوۡضُونَةٖ١٥ مُّتَّكِِٔينَ عَلَيۡهَا مُتَقَٰبِلِينَ١٦ يَطُوفُ عَلَيۡهِمۡ وِلۡدَٰنٞ مُّخَلَّدُونَ١٧ بِأَكۡوَابٖ وَأَبَارِيقَ وَكَأۡسٖ مِّن مَّعِينٖ١٨ لَّا يُصَدَّعُونَ عَنۡهَا وَلَا يُنزِفُونَ١٩ وَفَٰكِهَةٖ مِّمَّا يَتَخَيَّرُونَ٢٠ وَلَحۡمِ طَيۡرٖ مِّمَّا يَشۡتَهُونَ٢١ وَحُورٌ عِينٞ٢٢ كَأَمۡثَٰلِ ٱللُّؤۡلُوِٕ ٱلۡمَكۡنُونِ٢٣ جَزَآءَۢ بِمَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ٢٤﴾
“(Ular oltindan) yasalgan so'rilarda, yastangan hollarida bir-birlariga yuzma-yuz bo'lib (o'tirurlar). Ustilaridaesamanguyoshbolalar aylanib (xizmatda) yururlaroqarchashmadanolingan (may to'la) qadahlar, ko'zalarvakosalarbilan. U (may)lardan ularning boshlariham og'rimas, mast ham bo'lmaslar. Yana o'zlari tanlab oladigan mevabilan, ishtahalari tortadigan qush go'shtlari bilan ham (ta'minlab tururlar). Yana (ular uchun) oppoq yuzli katta va chiroyli ko'zli hur qizlar ham bo'lurki, ular xuddi (pardaga) o'ralgan durlar kabidirlar. Bu ular (dunyoda) qilibo'tganamallariningmukofotidir[9].
Shunchalik ajoyib nozu ne'matlar ichida bo'lgan jannatiylar Alloh taoloning jamolini ko'rgan paytlarida oldilaridagi barcha ne'matlarni unutar ekanlar. Shu ma'noda Hishom ibn Hasson: “Albatta, Alloh taolo jannat ahliga O'zini namoyon qiladi. Jannat ahli Uni ko'rgan paytlarida jannat ne'matlarini unutadilar”, – degan[10].
Ammo jannatiylar Alloh taoloni ko'rganlaridan so'ng jannat ne'matlari ularga arzimas bo'lib qolmaydi. Balki jannatiylar Alloh taoloni ko'rgan vaqtlarida, Uning tasvirlab bo'lmaydigan darajada ulug'ligidan boshqa ne'matlarni unutib, unga mahliyo bo'lib qoladilar. U zot jamolini to'sgandan keyin esa ko'rilgan narsani tasvirlab, tushuntirib bera olmasliklari, yodda saqlab qola olmasliklari, qanday ekanini idrok eta olmasliklari sababli yana jannat ne'matlaridan rohatlanib yashayveradilar.
Mulla Ali Qori baytdagi فَيَا خُسْرَانَ ma'nosidagi so'zni grammatik jihatdan sharhlab, harfi nidoning munodosi mahzuf deganlar va bu so'zlariga imom Shotibiyning[11] so'zlaridan dalil keltirgan:
وَلَوْ أَنَّ عَيْناً سَاعَدتْ لتَوَكَّفَتْ سَحَائِبُهَا بِالدَّمْعِ دِيماً وَهُطّلاَ
وَلكِنَّها عَنْ قَسْوَةِ الْقَلْبِ قَحْطُهاَ فَيَا ضَيْعَةَ الأَعْمَارِ تَمْشِى سَبَهْلَلاَ
Agar ko'z yordam bersa, bulutlari quyardi,
Davomli yosh yomg'irlarin kipriklardan betinim.
Lekin qalb qattiqligi ularni quruq qildi.
Ey (xaloyiq, saqlaninglar) umrlarning zoye o'tishidan[12].
Ya'ni ushbu فَيَا ضَيْعَةَ الْأَعْمَارِ ham nido harfidan so'ng “xaloyiq” degan munodo hazf qilingan.
Mulla Ali Qori “Hazir bo'ling mo''tazila ahliga ziyon” degan baytda mo''taziliy firqasidagilar bordi-yu jannatga kirsalar ham, Allohni ko'rishni inkor qilganliklari sababli ushbu ulug' ne'matdan mahrum bo'lishlariga ishora bor, – degan. Chunki banda Alloh taolo to'g'risida qanday o'ylasa, unga beriladigan jazo yo mukofotning o'sha o'yga muvofiq bo'lishi xabarlarda kelgan:
عَنْ حِبَّانَ بْنِ أَبِي النَّضْرِ قَالَ خَرَجْتُ عَائِدًا لِيَزِيدَ بْنِ الأَسْوَدِ فَلَقِيتُ وَاثِلَةَ بْنَ الأَسْقَعِ وَهُوَ يُرِيدُ عِيَادَتَهُ فَدَخَلْنَا عَلَيْهِ فَلَمَّا رَأَى وَاثِلَةَ بَسَطَ يَدَهُ وَجَعَلَ يُشِيرُ إِلَيْهِ فَأَقْبَلَ وَاثِلَةُ حَتَّى جَلَسَ فَأَخَذَ يَزِيدُ بِكَفَّيْ وَاثِلَةَ فَجَعَلَهُمَا عَلَى وَجْهِهِ فَقَالَ وَاثِلَةُ كَيْفَ ظَنُّكَ بِاللهِ قَالَ ظَنِّي بِاللهِ وَاللهِ حَسَنٌ قَالَ فَأَبْشِرْ فَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ قَالَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ أَنَا عِنْدَ ظَنِّ عَبْدِي بِي إِنْ ظَنَّ خَيْرًا فَلَهُ وَإِنْ ظَنَّ شَرًّا فَلَهُ. رَوَاهُ أَحْمَدُ بْنُ حَنْبَلٍ
Hibbon ibn Abi Nazrdan rivoyat qilinadi: “Yazid ibn Asvadni (bemor bo'lib yotgan edi) ko'rgani chiqdim. Yo'lda Vosila ibn Asqo'ga yo'liqdim, u ham Yazid ibn Asvadni ko'rgani ketayotgan ekan. Ikkalamiz uning yoniga kirdik. U Vosilani ko'rgach, unga qo'llarini cho'zib, yoniga ishora qildi. Vosila uning yoniga borib o'tirdi. Yazid Vosilaning ikkala kaftlarini ushlab, o'z yuziga bosdi. Vosila unga: “Alloh to'g'risida qanday o'ydasan”, – dedi. U: “Allohga qasamki, Alloh to'g'risidagi o'yim yaxshidir”, – dedi. Vosila unga: “Hursand bo'laver, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Alloh azza va jalla aytdiki: “Men bandamning men to'g'rimda qilgan o'yidaman, agar yaxshi o'ylagan bo'lsa, o'ziga yaxshi, agar yomon o'ylagan bo'lsa, o'ziga yomon”, deganlarini eshitganman”, – dedi”. Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan.
Shuning uchun har bir mo'min kishi, inshaalloh, Alloh meni kechiradi, jannatiga kiritadi va u erda Uning jamolini ko'raman, degan o'yda bo'lib, shu o'yiga yarasha harakat qilib borishi kerak.
ALLOH ADOLATLI VA RAHMATLI ZOTDIR
22– وَمَا إِنْ فِعْلُ أَصْلَحَ ذُو افْتِرَاضٍ عَلَى الْهَادِي الْمُقَدَّسِ ذِي التَّعَالِي
Ma'nolar tarjimasi:
Oliylik sohibi muqaddas (maxluqlarning sifatlaridan xoli) Hodiyga “aslah ishi” aslo farz bo'lmaydi.
Nazmiy bayoni:
“Aslah ishi” farz emas ulug' Hodiyga,
Nuqsonlardan xoli Mutaoliyga.
Lug'atlar izohi:
مَا – nafiy harfi. Nafiyni ta'kidlovchi zoida إِنْ bilan birga kelgani sababli لَيْسَ ning amalini qila olmaydi[13].
إِنْ – nafiyni ta'kidlab kelgan zoida harf.
فِعْلُ – mubtado. Muzof bo'lgani uchun tanvinli bo'lmaydi.
أَصْلَحَ – muzofun ilayh, g'oyru munsorif bo'lgani uchun fatha bilan majrur bo'lib turibdi.
ذُو – xabar bo'lgani uchun marfu' bo'lib turibdi. Tahqiqlarga ko'ra ushbu tarkib mo''tabar hisoblanadi.
افْتِرَاضٍ – muzofun ilayh. Lug'atda “zimmaga yuklash” ma'nosidagi masdar.
عَلَى – “iste'lo” (ustun bo'lish) ma'nosida kelgan jor harfi.
الْهَادِي – Hodiy Alloh taoloning ismlaridan biri bo'lib, lug'aviy jihatdan ikki xil ma'noni ifodalaydi:
الْمُقَدَّسِ – lug'atda “noloyiq sifatlardan xoli” ma'nosini anglatadi. Nozim bu so'z bilan Alloh taoloning اَلْقُدُّوسُ ismiga ishora qilgan.
التَّعَالِيذِي – lug'atda “oliylik sohibi” ma'nosini anglatadi. ذِي “asmoi sitta”dan biri bo'lib, “sohib” ma'nosini anglatadi. الْهَادِي ga sifat bo'lgani uchun majrur bo'lib turibdi. Bu sifat bilan Alloh taoloning اَلْمُتَعَالِي ismiga ishora qilingan.
Matn sharhi:
Ushbu bayt ham mo''taziliy firqasiga raddiya tarzida yozilgan baytlardan biridir. O'zlarini “Adolat va tavhid tarafdorlari” deb atashgan bu firqa “Alloh adolatli zot, shuning uchun Unga bandalarga yaxshi bo'lgan ishni ixtiyor qilish vojib bo'ladi”, degan da'voni qilishgani uchun ularga raddiya ma'nosida mazkur bahslar qilingan. Ularning o'zlari ham bu masalada o'zaro ixtilof qilishgan. Ularning asosiy da'volari shuki, “Solah” (yaxshilik qilish) va “Aslah” (himmat ko'rsatish) Alloh taoloning zimmasiga vojib bo'ladi. “Solah” deganda kufrning muqobilidagi iymon, kasallikning muqobilidagi sog'lik kabi, fasod ishning muqobilidagi yaxshi ishlar tushuniladi. Agar bandaga ikki ishdan biri – yo uning jannatga kirishi, yo do'zaxga kirishi kabi ish ro'baro' bo'ladigan bo'lsa, Alloh taoloning zimmasiga banda uchun “solah” bo'lgan ishni qilishi va shunga ko'ra, uni jannatga kiritishi vojib bo'ladi. “Aslah” (himmat ko'rsatish) deganda esa bandaning qilgan amaliga yarasha savob berish muqobilidagi amalidan ko'proq savob berish kabi ishlar tushuniladi. Agar banda uchun “solah” bo'lgan jannatda bo'lishi yo “aslah” bo'lgan” undagi oliy maqomda bo'lishi kabi ikki ish ko'ndalang kelib qolsa, Alloh taoloning zimmasiga “aslah” vojib bo'lgani uchun uni jannatdagi oliy martabaga ko'tarishi lozim bo'ladi”.
Mo''taziliylarning ushbu da'vosi Imom Ash'ariyning ularning yo'llari xato ekanini anglab etishiga sabab bo'lgan masala hisoblanadi. Ushbu masala haqida imom Ash'ariy va mo''taziliy etakchisi Abu Ali Jubboiy o'rtasida quyidagi bahs-munozara bo'lib o'tgan:
Imom Ash'ariy: “Uch kishi haqida nima deysiz, ulardan biri mo'min holida, ikkinchisi kofir holida, uchinchisi yosh bola holida dunyodan o'tgan bo'lsa, ularning oqibati nima bo'ladi”, – dedi.
Jubboiy: “Mo'min jannat bilan mukofotlanadi, kofir do'zax bilan jazolanadi, yosh bola esa mukofotlanmaydi ham, jazolanmaydi ham”, – deb javob berdi.
Imom Ash'ariy: “Agar yosh bola jannatga kirishni xohlasa, uning jannatga kirishi mumkin emasmi”, – dedi.
Jubboiy: “Yo'q, unga: “Jannatga solih amal qilgan mo'min kiradi, sening esa solih amaling yo'q” deb javob beriladi”, – dedi.
Imom Ash'ariy: “Agar yosh bola: “Ayb menda emas-ku, agar men ulg'ayganimda albatta solih amallarni qilib jannatga kirgan bo'lar edim”, desa unga nima deyiladi”, – dedi.
Jubboiy: “Alloh taolo unga: “Agar sen ulg'ayganingda isyon qilib jazoga giriftor bo'lishingni bilgan edim. Shuning uchun senga “solah” (yaxshi bo'lgan ish)ni ixtiyor qilib yoshligingda vafot ettirdim, – deydi” – deb javob berdi.
Imom Ash'ariy: “Unday bo'lsa do'zaxga giriftor bo'lgan kofir: “Uning holatini bilganingdek menikini ham bilgansan-ku, nima uchun menga “solah” (yaxshi bo'lgan ish)ni ixtiyor qilmading”, desa unga nima javob bo'ladi”, – dedi.
Jubboiy nima deyishni bilmay jim qoldi.
Ana shundan keyin Imom Ash'ariy mo''taziliy firqasining qarashlarini chuqur tahlil qilib ularning xato ekanini anglab etgan va omma xalqqa to'g'ri yo'lni ko'rsatishga kirishgan.
Mo''taziliy firqasining da'volariga qat'i dalillar asosida keskin raddiyalar berilgan. O'shiy rahmatullohi alayh bu haqida Ahli sunna val-jamoaning qarashlarini qisqa va lo'nda qilib:
“Aslah ishi” farz emas ulug' Hodiyga,
Biror bir nuqsonsiz Mutaoliyga.
deya bayon qilib qo'ya qolgan. Ha, maxluqotlarning sifatlariga o'xshashdan oliy bo'lgan Alloh taologa hech qachon biror narsani qilish farz bo'lib qolmaydi. Chunki Alloh taolo hech qachon biror narsani majbur bo'lib qilmaydi, majbur bo'lib bajarish bandalarga xosdir.
Mo''taziliylarning qilgan da'volari botil ekaniga ko'plab dalillar keltirilgan:
﴿وَلَوۡ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَعَلَكُمۡ أُمَّةٗ وَٰحِدَةٗ وَلَٰكِن يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَيَهۡدِي مَن يَشَآءُۚ وَلَتُسَۡٔلُنَّ عَمَّا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ٩٣﴾
“Agar Alloh xohlaganida, albatta, sizlarni bir ummat qilgan bo'lur edi. Lekin U, o'zi xohlagan kimsalarni yo'ldan ozdirur va o'zi xohlagan kishilarni (To'g'ri yo'lga) hidoyat qilur. Albatta, (sizlar bu dunyoda) qilib o'tgan ishlaringizdan so'ralursiz”[14].
Ya'ni agar Alloh xohlaganida butun insoniyatni bir-birlari bilan ixtilof qilmaydigan, firqalarga bo'linmaydigan bir millat vakillari qilib qo'ygan bo'lardi. Lekin U zotning hikmati ularni o'z ixtiyorlariga qo'yib qo'ymoqni taqozo qildi. Ba'zi insonlar zalolatni ixtiyor qildilar, ba'zi insonlar hidoyatni ixtiyor qildilar. Alloh O'zi xohlagan kimsani yordamsiz qoldirishi bilan zalolatga ketkazdi, xohlaganini esa fazlu marhamati bilan hidoyatga muvaffaq qildi.
Ushbu oyatda banda uchun eng yaxshi va eng manfaatli bo'lgan hidoyatning Alloh taologa vojib emasligi, balki xohlaganini zalolatga ketkazishi va xohlaganini hidoyat qilishi bayon qilinmoqda. Bundan birovni zalolatga ketkazishi Uning adolati, hidoyatga yo'llashi esa Uning fazlu marhamati ekani, aslo va aslo Unga hech narsa vojib bo'lib qolmasligi tushuniladi.
Ibn Atoulloh Sakandariy rahmatullohi alayh “Hikamul Atoiya”da shunday degan: “Barcha narslar Alloh taoloning xohishiga suyanadi. Uning xohishi esa hech narsaga suyanmaydi”.
Sharh: borliqdagi barcha narsalar Alloh taolo xohlagani sababli vujudga kelgan bo'ladi. Alloh taologa esa ularni xohlashini vojib qiladigan biror sabab bo'lmaydi. Chunki U zotning xohishi sabablar bilan chegaralangan emasdir.
KYeYINGI MAVZULAR:
PAYG'AMBARLAR VA FARIShTALARGA IYMON KYeLTIRISh BAYoNI:
Qur'onda zikr qilingan payg'ambarlar;
Payg'ambarlarga iymon keltirish tushunchasi;
Payg'ambarlarning umumiy adadi haqida e'tiqodimiz;
Farishtalarga iymon keltirish tushunchasi;
Farishtalarga iymon keltirishning mo'min hayotidagi ta'siri;
Farishtalar qachon yaratilgan?
Farishtalarni asl qiyofalarida ko'rish mumkinmi?
Farishtalarning adadlari qancha?
Farishtalar uxlaydilarmi?
Farishtalar go'zal suratda bo'ladilarmi?
[1] So'fi Ollohyor. Sabotul ojizin. – Toshkent: “Cho'lpon nashriyoti”, 1991. – B. 9.
[2] Qiyomat surasi, 22, 23-oyatlar.
[3] Mutaffifun surasi, 15-oyat.
[4] An'om surasi, 103-oyat.
[5] Insondagi sezgilar: 1. Eshitish; 2. Ko'rish; 3. Hidlash; 4. Tam bilish; 5. Tekkizib bilish.
[6] Ali ibn Muhammad. Nukatu val U'yun. “Maktabatush shomila”. – B. 151.
[7] Faysol ibn Abdulaziz. Tatriyzu Riyozis solihiyn. “Maktabatush shomila”. – B. 99.
[8] Ibn Rajab. Fathul Boriy. “Maktabatush shomila”. – B. 134.
[9] Voqea surasi, 15, 24-oyatlar.
[10] Ibn Batto. Ibonatul Kubro 6-juz. “Maktabatush shomila”. – B. 96.
[11] Imom Shotibiy qiroat imomlaridan biri bo'lib, hijriy 590 yilda vafot etgan. Qiroat ilmiga bag'ishlab yozilgan “Hirzul amaniy” asari 1173 baytdan iboratdir. Imom Shotibiy qiroat ilmi imomi bo'lishi bilan bir qatorda lug'at va grammatika ilmining ham bilimdoni bo'lgan. U zot shu qadar iqtidorli bo'lganki, mazkur 1173 baytdan iborat bo'lgan she'riy asarining har bir qatorini لا harfi bilan tugallab yozgan.
Ulamolar arab tili bilimdoni sifatida mashhur bo'lgan zotlarning so'zlarini nahv sarf qoidalaridan birortasini isbotlash uchun keltiradilar. Shu ma'noda Mulla Ali Qori ham bu zotning so'zlarini dalil qilib keltirgan.
[12] Imom Shotibiy “Hirzul amaniy” 82-83-baytlar. “Maktabatush shomila”.
[13] Bu haqidagi ma'lumot 11-baytning izohida bayon qilindi.
[14] Nahl surasi, 93-oyat.
Jonajon vatanimiz O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan taraqqiyot tobora yangidan yangi bosqichlarga qadam qo‘yishda davom etmoqda. Bu, shubhasiz, jamiyat hayotining har bir jabhasida “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” tamoyiliga asoslangan o‘ziga xos bir qator islohotlarni amalga oshirishda ham o‘z ifodasini topmoqda.
Mamlakatimizda turli dinlarga e’tiqod qiluvchi millat vakillari o‘rtasida o‘zaro diniy bag‘rikenglikni targ‘ib etish, millatlararo totuvlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan islohotlar ham shular jumlasidandir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 aprel kuni e’lon qilingan “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ham ayni shu masalalar nazarda tutilgan.
Mazkur farmonda ta’kidlanishicha, jahon tamaddunida alohida o‘rin tutgan, umumbashariy taraqqiyot omili bo‘lgan ilm-fan va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarimiz qoldirgan ulkan ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini tarbiyalashda ulardan unumli foydalanish bu islohotlarning asosiy negizini tashkil etadi.
Farmon asosida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Buxoro viloyati hokimligining Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi muassisligida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish takliflari ma’qullangan va uning asosiy vazifalari belgilab berilgan. Jumladan, unda “...buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati allomalarining yuksak insonparvarlik g‘oyalarini ilmiy asosda o‘rganish, yosh avlodni bag‘rikenglik hamda o‘zaro hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida targ‘ibot ishlarini olib borish” ham qayd etib o‘tilgan.
Albatta, bu vazifani bajarish nafaqat olimlar, balki bugun diniy sohada xalqqa xizmat qilayotgan barcha xodimlar zimmasiga ham ulkan mas’uliyat yuklaydi. Zero, sohaning har bir xodimi tasavvuf ta’limoti tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini teran anglashi, yurtimizda yashab, ijod qilgan ulug‘ allomalarning boy ilmiy-ma’naviy merosini xalqqa yetkazishi, keng targ‘ib qilishi zamon talabidir.
Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati haqida so‘z ketganda, eng avvalo, turli manbalarda bu ulug‘ alloma haqida aytilgan fikr-mulohazalarga to‘xtalib o‘tish o‘rinlidir.
Ana shunday manbalardan biri, so‘zsiz, ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning qator asarlaridir. Shoir ijodida naqshbandiylik tariqati asosiy o‘rin tutadi. Har bir asarining g‘oyaviy mazmuni, ularda ilgari surilgan tasavvufiy qarashlar bevosita uning Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqatiga katta e’tibor berganligidan darak beradi. “Lison ut-tayr” dostoni ham bundan mustasno emas.
Asarning “Xoja Bahouddin Naqshband so‘zi fanoyi komil maqomida” bobida shoir ulug‘ allomaga shunday ta’rif beradi:
Xojai oliy sifoti arjmand,
Shah Baho ul Haq vad-din Naqshband.
Chun bu iqlim uza bo‘ldi taxtgir,
Tuzdi yo‘qluk kishvari uzra sarir.
Navoiy ta’kidlashicha, Shoh Bahouddin Naqshband oliy axloqiy sifatlarga ega zotdir. Chunonchi, u zot bu iqlim taxtiga o‘tirgach, ya’ni dunyoga kelgan kunidan boshlab, o‘zini yo‘qlik taxtida ko‘rdi. Demak, Shoh Bahouddin Naqshband hazratlarining eng ulug‘ insoniy fazilatlaridan o‘zligini anglab, xudbinlikdan kechishdir. Shoir fikrini davom ettirar ekan yozadi:
O‘z vujudin pok sayri haqshunos,
Har ne birlakim qilur erdi qiyos.
Ondin o‘zni kam topar erdi base,
Sarvu guldin o‘ylakim xoru xase.
Haqshunos – Allohni tanigan alloma o‘zini nimaga qiyos qilsa, undan past ko‘rar, ya’ni oddiy xas sarv bilan gulning nazdida qanchalik ko‘rimsiz bo‘lsa, u zot ham o‘z vujudini hech qachon biror narsadan ortiq ko‘rmas va butun hayoti davomida shunday kamtarlikka amal qilib yashagan. Agar insonlar o‘z hayotlarini insonparvarlik va bag‘rikenglik asosida qursalar, dunyoda ro‘y berayotgan o‘zaro nizolar, qirg‘inbarot urushlar, o‘tkinchi mol-dunyo uchun qilinayotgan pastkashliklarga barham berilgan, insonlar bir-biri bilan tinch-totuv hayot kechirgan, ona zamin bag‘rida begunoh go‘daklarning qonlari daryo bo‘lib oqmagan bo‘lar edi. Ammo afsuski, bugun dunyoning turli mamlakatlarida bunday mislsiz fojialarning guvohi bo‘lib turibmiz.
Tasavvuf ahli orasida Bahouddin Naqshbandiy hazratlarining: “Musibatlar juda ko‘pdir. Faqat eng buyuk musibat esa vaqtning foydasiz, bekorga ketishidir”, – degan pandu nasihati mashhurdir. Shunga ko‘ra hikoyatda naqshbandiylikning yana bir tamoyili bozgashtga ham to‘xtalib o‘tiladi. Unga ko‘ra o‘zining har bir nafasini nazorat qilgan orif uning biror lahzasi, hattoki, nafas olish va chiqarishning orasidagi onlardan biri ham, g‘aflat bilan behuda o‘tgan bo‘lsa bozgasht qilishi, ya’ni g‘aflatda kechgan har bir ishini qaytadan bajarishi lozimligini ta’kidlaydi.
Zero, ahli Haq – Allohning oshiqlari shu tariqa o‘z vujudini inkor etib, shu sabab bilan budini – borligini nabud – yo‘qlikka almashtiradiki, shoir bu o‘rinda kitobxonlarni naqshbandiylikning yana bir rashhasi “vuqufi qalbiy” – “qalbdan ogoh bo‘lish”ga qaratadi. Bu rahshaga ko‘ra solik hamisha o‘z qalbidan ogoh bo‘lishi, unda kechayotgan har bir o‘y-fikrlarni tartibga solib, hatto xayolan bo‘lsa-da, kibru havoga, manmanlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Alisher Navoiy Bahouddin Naqshband hazratlari umrlarining oxirigacha o‘zlarida mujassam bo‘lgan fazilatlarni tark etmaganligi va shu tariqa fano bo‘lganliklarini aytib, shunday yakunlaydi:
Bo‘yla oshom ettilar jomi fano,
Qolmog‘ondin so‘ng asar o‘zdin yano.
Haq vujudidin baqoye topmayin,
Jomi vahdatda liqoye topmayin,
Chun fano xayliga doxil bo‘ldilar,
Boqiyi mutlaqqa vosil bo‘ldilar.
Shoir ta’kidlashicha, Bahouddin Naqshband hazratlari o‘zligidan, ya’ni “men”likning kibru havolaridan kechgan holatda vafot etdilar. U kishining nazarida Haq vujudidan boshqa boqiy bo‘lmadi, o‘zining Haq nazdida hechligini anglab yetdi va fano xayli – ahliga qo‘shilib, boqiyi mutlaq – Alloh visoliga erishdi.
Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonidan olingan hikoyatlar garchi hajman kichik bo‘lsa ham, Bahouddin Naqshband hazratlari ta’limotining eng asosiy tamoyillarini o‘zida aks ettirganligi bilan qadrlidir. O‘ylaymizki, mushtariylar bu asar tahlilini Prezidentimiz farmonlarida aytilgan “tasavvuf ta’limoti tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish, “Yetti pir” allomalari va aziz avliyolarning boy ilmiy-ma’naviy merosini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish” yo‘lidagi arzimas urinishlarimizdan biri sifatida qabul qiladilar va yo‘l qo‘ygan nuqson-xatolarimizni kechiradilar. Albatta, umid qilamizki, bu borada yanada teranroq qarashlar bilan boyitilgan maqolalar bilan bizni xursand etadilar.
Alisher domla Naimov,
Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari