Shu yil 18 fevral' kuni soat 10:00da Toshkent shahrining «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida «Radikalizm, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda yoshlarning o'rni" mavzusidagi xalqaro anjuman jonli va masofaviy shaklda o'tkaziladi.
Ushbu onlayn anjuman ShHT, MDH, BMTTD (UNDP), YeHHT, BMTGMJB (UNODC), GIZ va Osiyoda o'zaro ishonch choralari bo'yicha Kengash xalqaro tashkilotlari rahbarlari, milliy va xalqaro darajadagi ekspertlar, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta'minlovchi organlar, yoshlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishi ko'zda tutilgan.
Tadbirdan so'ng ishtirokchilarning maqolalari to'plam sifatida chop etilishi rejalashtirilgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan aholi bilan samimiy muloqotlar yo‘lga qo‘yilgani ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
Bugun, 15 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi.
Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan masjidlar holati, oilaviy masalalar, haj, ish, diniy ta’lim hamda moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.
Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati