Misrning Port-Said shahri hokimi, general Adil al-G'adban 15-fevral' kuni Port Said shahridagi madaniyat markazida “Qur'on hofizi va nashidlar ijrochisi marhum Shayx Mahmud Halil al-Husariy” xotirasiga bag'ishlab o'tkaziladigan Qur'oni Karimni yoddan o'qib berish va nashidlar aytish bo'yicha 4-xalqaro Port Said musobaqasini ochib berdi.
Ushbu tadbirning ochilish marosimida Shayx al-Husariyning qizi, doktora Yasmin al-Husariy, Misr senatorlar kengashi vakili Febi Favziy, al-Azhar universiteti sobiq rektori Usoma al-Abd, “al-Azhar” majmuasi, Vaqf va Islom ishlari, yoshlar va sport vazirliklari vakillari, shuningdek, Port Said shahri hokimligi mutasaddilari ishtirok etdi.
Tadbir Qur'oni karim tilovati bilan boshlandi. So'ng marhum shayx Mahmud Halil al-Husariyning hayotiga bag'ishlangan kinofil'm namoyish etildi, nashidlar ijro qilindi.
Port Said shahrida bo'ladigan 4-xalqaro Qur'oni karim va nashidlar musobaqasida 21 davlat vakillaridan 52 nafar yoshlar ishtirok etadi. Musobaqada iqtidorli qorilar Qur'oni karimni to'liq yoddan o'qib berish va tajvid qoidasi bilan chiroyli o'qish, nashidlar aytish bo'yicha 3 yo'nalishda raqobatlashadi.
Port-Said hokimi Adil al-G'adban janoblari musobaqaning ochilish marosimidagi nutqida Misrning Islomning mo''tadil mayog'i islom mamlakatlarining tayanchi ekani, yoshlar g'oyalariga ehtirom ko'rsatishi, yoshlar masalalari bo'yicha 1-xalqaro anjumanni o'tkazishni boshlab berganini, shu sababli musobaqa ishtirokchisi bo'lgan yoshlarni izzat-ehtirom ko'rsatgan holda samimiyat bilan kutib olinishi va musobaqa o'tkaziladigan joyni koronavirusga qarshi dezinfektsiya qilish haqida ma'lumot berdi.
Halqaro aloqalar bo'limi xodimi
Ilyos Ahmedov tayyorladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, siyosiy fanlar doktori, professor Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi mutaxassisi Hurmuhammad Nurbayev Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursida bo‘lishdi.
O‘quv kursida 3 oy ta’lim olib, tahsilni yakunlagan 28-davra bitiruvchilari uchun tadbir tashkil etildi.
Yakunda bitiruvchilarga sertifikat va mus'hafi shariflar hadya qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati