Tojikiston hukumati Suriyadagi qochqinlar lagerlaridagi mamlakat fuqarolarini qaytarishni rejalashtirmoqda. Ushbu ro'yxatga 260 nafar kishi kiritilgan.
Sputnik ma'lumotlariga ko'ra, bu haqda Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin Dushanbedagi matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Vazir hozirda Tojikiston fuqarolari qurd tuzilmalari nazorati ostidagi hududda joylashgan "Al-havz" va "Ar-Ravz" lagerlarida ekanini ta'kidladi.
Sirojiddin Muhriddin avvalroq tojikistonliklarni Suriya lagerlaridan qaytarish masalasi rasmiy Damashq va xalqaro tashkilotlar bilan muhokama qilinganini qayd etgan edi.
"Qaytish masalasi pandemiya bilan bog'liq epidemiologik vaziyat va bu lagerlar joylashgan hududdagi xavfsizlikka bog'liq", – deydi vazir.
Ushbu fuqarolarning aksariyati ayol va bolalar ekanini ta'kidladi.
Ma'lumot uchun, BMT ekspertlari 57 mamlakat, jumladan, Tojikistonga murojaat qilib, Suriyadan qochqinlarni qaytarishga chaqirgan edi.
Mutaxassislarning aytishicha, hozirda Suriya lagerlarida 64 mingdan ortiq odam bor.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, siyosiy fanlar doktori, professor Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi mutaxassisi Hurmuhammad Nurbayev Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursida bo‘lishdi.
O‘quv kursida 3 oy ta’lim olib, tahsilni yakunlagan 28-davra bitiruvchilari uchun tadbir tashkil etildi.
Yakunda bitiruvchilarga sertifikat va mus'hafi shariflar hadya qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati