ABU BAKR ROZIYaLLOHU ANHU AMALGA OShIRGAN BUYuK IShLAR
Qur'onning jamlanishi
Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayotlik choqlarida yana vahiy tushib qolar, degan umidda Qur'on jamlanib, kitob shakliga keltirilmagan edi. U zotning vafotlaridan keyin Qur'on kishilarning qalbida va yozgan narsalarida qoldi.
Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan so'ng, Abu Bakr roziyallohu anhuning davrlarida dindan qaytgan murtadlar bilan musulmonlar orasida bo'lib o'tgan qattiq janglarda Qur'onni to'liq yod olgan ko'plab qorilar shahid bo'ldilar. Birgina Yamomada Musaylima Kazzobga qarshi bo'lib o'tgan jangda etmish sahobai kirom shahid bo'ldi. Shunda hazrati Umar hazrati Abu Bakrga: «Alloh u zotlardan rozi bo'lsin. Qorilar o'lib ketaversa, Qur'onga zarar etishi mumkin. Shuning uchun uni kitob shakliga keltirib, jamlab qo'yish kerak», degan maslahatni berdilar.
Avvaliga hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu ikkilanib turdilar, chunki bu ish Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam hayotlik vaqtlarida qilinmagan edi. U kishi Umar ibn Hattob roziyallohu anhuga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilmagan ishni men qanday qilib qilaman?!» deb turib oldilar. Umar ibn Hattob roziyallohu anhu ham qat'iy turib: «Allohga qasamki, bu xayrli ish», deya Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning ortlaridan qolmay yuraverdilar.
Keyinroq Abu Bakr roziyallohu anhu ham Qur'onni kitob shakliga keltirib qo'yish zarur ekanini anglab etdilar va Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuni chaqirib: «Biz seni hech narsada ayblov ostiga olmaganmiz. Rasululloh sol-lallohu alayhi vasallamning huzurlarida Qur'onni yozar eding. Endi yaxshilab surishtirib, Qur'onni jamla», deb bu ishni amalga oshirishni u kishiga topshirdilar, chunki Zayd ibn Sobit Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam bilan juda ko'p birga bo'lgan, Qur'onni eng yaxshi yod olgan va uni Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlarida yozib borgan, Payg'ambarimiz oxirgi Ramazon oyida Jabroil farishtaga Qur'onni avvalidan oxirigacha o'qib o'tkazganlarida ham u zotning yonlarida birga bo'lgan edilar.
Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu ham avvaliga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilmagan ishni qanday qilib qilaman?!» deb turib oldilar. Endi Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu: «Allohga qasamki, bu xayrli ish», deb Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuni bu ishga ko'n dirishga harakat qila boshladilar. Oxiri borib, Alloh taolo Umar ibn Hattob va Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhularning qalblariga solgan narsani Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuning qalblariga ham soldi. U kishi Qur'onni jamlashga rozi bo'ldilar.
Zayd ibn Sobit, Umar ibn Hattob roziyallohu anhumo va boshqalar Qur'oni Karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu buyuk ishning mustahkam, ishonchli bo'lishini ko'zlab, Masjidi Nabaviyda: «Kimning qo'lida yozilgan Qur'on bo'lsa va uning Payg'ambarimiz huzurlarida yozilganiga ikkita guvohi bo'lsa, bizga olib kelsin. Qur'onni jam qilishga xalifaning buyrug'i bo'ldi», deb e'lon qilishdi.
Ikkovlari masjidda o'tirib, guvohlarni tekshirib, nihoyatda aniqlik bilan bir yildan ortiq vaqt davomida Qur'onni jamlab berishdi. So'ng uni ko'pchilikka ko'rsatishdi, hamma rozi bo'ldi. Agar biror harfi o'z o'rnida bo'lmasa, minglab yod biladiganlar qarshi chiqqan bo'lar edi.
Lekin asosiy tayanch yodlash bo'lib qolaverdi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam farishtadan yodlaganlar, u zotdan sahobalar, sahobalardan esa ulardan keyingi avlod va hokazo, hozirgacha etib keldi.
Shunday qilib, Zayd va Umar roziyallohu anhumo mashaqqatli mehnatlardan so'ng Qur'onni kiyik terisidan ishlangan sahifalarga yozib tugatishdi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu o'sha sahifalarni «Mushaf» deb nomladilar. Mushafni belidan bog'lab, Abu Bakrning uylariga qo'yib qo'yishdi.
Bu Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning xalifalik davrlarida amalga oshirgan eng ulug' ishlardan biri bo'ldi. Alloh taolo O'zining «Zikrni Biz nozil qildik va Biz unga muhofazachimiz» degan va'dasining bir karra amalga oshishiga Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuni sababchi qildi.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu davrlarida Qur'oni Karimni jamlashdek nozik va hassos ishning amalga oshirilishi o'sha vaqtda u kishi faqat jangu jadal bilan ovora bo'lib qolmay, boshqa ishlarga ham vaqt topganlarini va ularga ikkinchi darajali ish sifatida qaramaganlarini ko'rsatadi.
Bu erda yana bir muhim masala bor. Hazrati Umar roziyallohu anhu Abu Bakr roziyallohu anhuga «Qorilar o'lib ketaversa, Qur'onga zarar etishi mumkin. Shuning uchun uni kitob shakliga keltirib, jamlab qo'yish kerak» degan maslahatni berganlarida Abu Bakr roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilmagan ishni men qanday qilib qilaman?!» deb turib olishlari bejiz emas edi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu va boshqa sahobai kiromlar Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning aytganlaridan va qilganlaridan qilcha ham chetga chiqmas edilar. Ammo o'zaro bahslardan keyin bunga o'xshash ishlar ummatning ijtihodiga bog'liq qilib qo'yilgani ma'lum bo'ldi va ular Qur'oni Karimni jamlashga ijmo' qilib, hammalari bir ovozdan rozi bo'ldilar.
Ana shunga o'xshash sunnat nima-yu, ummatning ijtihodiga bog'liq holda qo'yilgan ish nima ekanini ajratib olish har doim ham muyassar bo'lavermaganidan ba'zan ixtiloflar kelib chiqadi.
Iroq fathi
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Ridda urushlari tamom bo'lganidan keyin Islomning tinchlik, omonlik dini ekani, uning adolati, fazilati, karomati va nurini olamga tarqatish tashvishiga tushdilar. U kishi o'zlarining Yamomada turgan muzaffar sarkardalari bo'lmish Holid ibn Valid roziyallohu anhu boshliq lashkarga fath ishlarini boshlash haqida amr qildilar. Ushbu lashkar o'sha paytdagi dunyoning eng katta ikki imperiyasidan biri bo'lgan Fors imperiyasiga qarashli Iroq erlarini fath qilish uchun yurishi bilan Islomning shonli fathlar davri boshlandi.
Shu munosabat bilan Islomdagi fath tushunchasi haqida biroz ojizona fikr bildirishga ijozatingizni so'raymiz.
Musulmon jamiyatida yashayotgan iymonli kishilar Allohning er yuzidagi xalifalari hisoblanadilar. Ular er yuzida adolat o'rnatish, zulmni ko'tarish, hamma yoqda hurriyat hukm surishi uchun mas'uldirlar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobai kiromlari shu mas'uliyatni to'liq tushunganlar va o'shaning taqozosiga ko'ra harakat qilganlar. Ular mas'uliyatni ado etish uchun urushga chiqqanlar.
Islomiy fathlarni «Arab istilosi» deyish noto'g'ri ekanini dushmanlarning o'zlari ham biladilar. Biroq Islomga qarshi nimadir o'ylab topish kerak edi. Natijada shu ibora o'ylab topilgan. Vaholanki, fotih jangchilar ichida arab bo'lmaganlar ham ko'p edi. Shu bilan birga, ularning harakati hech qachon istilo bo'lmagan. Musulmonlar qayerga borsalar dinga da'vat qilish, adolat o'rnatish uchun borganlar. Usha erlarning aholisi bilan aka-uka, birodar bo'lib yashab qolganlar.
Musulmonlar hech bir yurtning mol-mulkini talab olib ketmaganlar. Kishilarni Islomga kirishga majbur ham etmaganlar. Ularning muomalasi mustamlakachilarning muomalasidan mutlaqo farq qilgan. Buni insofli ajnabiy tarixchilar va olimlar ham takror-takror e'tirof etganlar. Mashhur olim Tomas Orlandning «Islomga da'vat» kitobida bu haqiqatni tasdiqlaydigan ko'pgina hujjatli dalillar keltiriladi.
Yaxshisi, bu masalani sahobalarning o'zlaridan so'rash kerak. Tarixda shunday bo'lgan ham. Sahobai kiromlar Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu boshchiliklarida o'sha davrdagi ikkita katta imperiyaning biri – Fors davlati chegarasiga kelib tushdilar. Bundan xabar topgai Fors davlati Rustam ismli lashkarboshi rahbarligida tayyorgarligini ko'rib qo'ygan edi.
Rustam musulmonlar tomonga o'z elchilarini yubordi. Fors elchilari musulmonlarning boshlig'ini topa olmay, ancha ovora bo'lishdi, chunki Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning alohida ajratilgan joyi ham, kiyimi ham yo'q edi. U kishi lashkarlari bilan aralashib yurar edilar. Elchilar u kishini odamlar orasida, erda o'girib gaplashayotgan holda ko'rishdi.
O'zlarini tanishtirgan elchilar Fors davlati rahbarlarining musulmonlar vakili bilan gaplashmoqchi ekanlarini bildirishdi.
Sa'd ibn Abu Vaqqos orqalariga shunday qaragan edilar, erda yonboshlab yotgan, yupun kiyingan Rib'iy ibi Omir ismli sahobaga ko'zlari tushdi. Unga: «Sen bular bilan borgin, boshliqlari bizning vakilimiz bilan gap-lashmoqchi ekan», dedilar.
Rib'iy roziyallohu anhu bir chapdast harakat bilan nayzasiga tayanib, sakrab ot ustiga mindi va elchilarga qarab: «Ketdik», dedi.
Elchilar lol bo'lib, turib qolishdi. Bir juldur kiyingan «vakil»ga, bir erda o'tirgan «amir»ga qarashdi. Uzaro bir nimalarni gaplashdilar-da, nihoyat, kattalari Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuga: «Bundan ko'ra tuzukroq odam yo'qmi?» dedi.
Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu: «Ichimizda tuzugimiz shu, vakil yuborishni sizlar so'radingiz, biz emas», dedilar.
Noiloj qolgan elchilar o'sha vakilni olib, yo'lga tushishdi. Qarorgohga yaqinlashishlari bilan elchilar otdan tushib, ta'zim qilib yura boshlashdi. Musulmonlarning vakili Rib'iy roziyallohu anhu esa ularning bu kulgili hollarini tomosha qilib, otdan tushmay, kulib ichkariga qarab yurdilar. Ammo qorovullar birdan yopirilib, u kishini ot ustidan tortib olishdi va ulug'larining oldiga ot minib borib bo'lmasligini anglatishdi.
Ammo u kishi boshlarini mag'rur tutib, nayzalarini erga qadab-qadab keta boshladilar. U kishi har gal urganlarida, nayzalari erga to'shalgan yo'lbars terisini teshar edi. Rib'iy roziyallohu anhu to'g'ri borib, taxtda o'tirgan boshliqning yonidan joy oldilar. Ammo xizmatkorlar darhol u kishini pastga o'tirishga majbur etishdi. Shunda Rib'iy roziyallohu anhu: «Bizga sizlar haqingizda, adolatli podshohlaringiz haqida xabarlar borar edi. Hammasi behuda ekan. Agar o'zingizga o'xshash bir odamga shunchalar ta'zim qiladigan bo'lsangiz, bizga hech ham teng kela olmaysizlar», dedilar.
Forslarning kattasi tarjimonga: «Undan so'ra-chi, nima uchun kelishdi ekan?» dedi.
Rib'iy roziyallohu anhu bu savolga javoban hozirga-cha qoida bo'lib qolgan jumlani aytdilar: «Alloh taolo bizni bandalarning bandalarga ibodat qilishidan Uziga ibodat qilishga, dinlarning jabr-zulmidan Islomning adolatiga, bu dunyo torligidan oxirat kengligiga chiqarish uchun yubordi», dedilar.
Ha, musulmon fotihlar boshqa yurtlarga o'z foydalarini ko'zlab emas, balki Allohning amrini bajarish uchun borganlar. Ular dunyodagi insonlar qullikning turli ko'rinishlaridan ozod bo'lishlari uchun kurashganlar, Allohning hukmi barqaror bo'lishini istaganlar. Ular er yuzidagi biron kimsaga jabr va zulmni ravo ko'rmaganlar. Har kim xohlagan dinini tanlab, Islom adolatidan foydalansin deb harakat qilganlar. Ular qaysi yurt tuprog'iga qadam qo'ysalar, oldin erlik aholi orasida tushuntirish ipsharini olib borganlar, chunki ularning vazifasi kishilarga Allohning dini, ya'ni Islomni etkazish bo'lgan. Ular haq dinga targ'ib qila turib: «Musulmon bo'l, salomat bo'lasan yoki diningda qolmoqchi bo'lsang, jizya (jon solig'i) to'la. Unga ham, bunga ham ko'nmasang, oramizda urush bo'ladi», deyishgan.
Musulmon fotihlar: «Biz tajovuzkor urush qilmaymiz, birovni dinimizga kirishga majbur ham etmaymiz. Bich faqat boshqalarni Islomga da'vat qilamiz. Kim xohlasa – mo'min bo'lsin, xohlamasa – kofirligicha qolsin. Bu o'zining ishi. Faqat bizning yo'limizni to'smasin, boshqalarni da'vat qilishimizga xalaqit bermasin. Islomga kirmoqchi bo'lganlarning ham yo'lini to'smasin. Bizning fikrimizcha, inson faqat musulmon bo'lgandagina yolg'iz Allohga ibodat qilgan bo'ladi. Bu haqiqatni odamlarga etkazish bizga topshirilgan. Topshiriqni ado etishimizga to'siq bo'lma! Kim betaraf bo'lsa, marhamat, chetda tinch-omon turaversin. Lekin kim bizga qarshi chiqsa, da'vatga yo'l bermasa, boshqalarning Islomni o'rganishiga to'siq bo'lsa, u bilan urushishdan boshqa iloj qolmaydi», deydilar.
Demak, taklif ikkita: musulmon bo'lish yoki jizya to'lash. Musulmon bo'lsalar, birodar bo'lib yashayveradilar. Jizya bersalar, ularning himoyasi, tinchlik-omonligi va diniy erkinligi musulmonlar zimmasida bo'ladi. Urushni xohlaganlari urush ham qilaveradilar. Musulmonlar o'zlari erishgan baxt-saodatga boshqalarning ham erishishlarini istaydilar. Ana shu istak yo'lidagi to'siqlarga, kufr, zulm va tug'yonlarga qarshi kurashadilar.
Bu haqda g'ayrimusulmon taraf – Buyuk Britaniyada Jon Fozergil (John Fothergill) rejissyorligida tayyorlangan «Sharq va G'arb» deb nomlangan etti qismdan iborat fil'mnint uchinchi qismidan olintan iqtibosni e'tiboringizga havola etishga ijozat bergaysiz.
«Bu Hiro g'ori. Payg'ambar shu erda Hudoga ibodat qilar edilar. Aynan shu erda u kishiga Jabroil farishta ilk vahiy keltirdi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam shu g'orda o'tirganlarida, Jabroil farishta kelib, uch marta «O'qi!» deb takrorladi va ilk farmoni oliyni keltirdi: «Yaratgan Robbing nomi bilan o'qi. U insonni alaqdan yaratdi. O'qi! Robbing karamlilarning karamlisidir. U qalam bilan ilm o'rgatgandir. U insonga bilmagan narsasini o'rgatdi» (Alaq surasi, 1-5-oyatlar).
Islom da'vati mana shu ilk vahiydan boshlandi. Bu vahiy Muhammad sollallohu alayhi vasallamga u zotning hayotlari davomida kelib turgan ko'plab oyatlarning birinchisi edi. Islomning muqaddas kitobi – Qur'oni Karim ana shu oyatlardan tarkib topgan.
Payg'ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam ushbu vaxdyga itoat etib, Islomni butun insoniyatga etkazishni boshladilar. Ushbu ta'limot kelgusida barcha arab qabilalarini, so'ng esa butun insoniyatni yagona bayroq ostida birlashtirishi lozim edi.
Shunday qilib, 1400 yil muqaddam yangi din – Islom arab qabilalarini birlashtirdi. Ular tarixda birinchi bor katta kuchga aylanish uchun imkon va rag'bat topdilar. Bu voqea jahon dinlari tarixidagi eng muhim voqealardan biri bo'ldi. Bu ta'limot qisqa muddat ichida butun Arabiston yarimorolining madaniy qiyofasini o'zgartirib yubordi.
Islom kelgunga qadar bu sahroning tub aholisi bo'lgan arablar ming yillar davomida tarqoq holda, ko'chmanchi qabilalarning tartib-qoida va qonunlari asosida hayot kechirar edilar...
...Ilohiy vahiyni qabul qilib olgan Muhammad sollallohu alayhi vasallam o'z ummatlariga Islomni etkaza boshladilar. Bu ta'limot barcha arab qabilalarini birlashtirdi. Qur'oni Karim musulmonlar hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan qonun-qoidalar majmuasini joriy qilib, ularga umumiy maqsad va yagona maslak berdi. Uning asosi Islomning besh rukni edi...
...630 yilga kelib Islom ahli o'n ming kishidan oshib ketdi. Bu yaqin kelajakda jahon diniga aylanadigan Islomning boshlanishi edi, xolos.
Professor Bakir Karliga
(Bog'chashehir universiteti):
«Qur'on insoniyatga arab tilida nozil qilindi. Bi roq u faqat arablar uchun emas, butun bashariyat uchundir. Shu boisdan har bir musulmon Allohning kalomini etkazish uchun o'zini mas'ul his qilib, imkon qadar Islomni targ'ib qilishga intiladi».
Allohning kalomini etkazishga intilish shiddat bilan tarqalib borayotgan ushbu dinning asosini tashkil qiladi. Ana shu ezgu niyat Islom saltanati tashkil topgan dastlabki yillardanoq uning butun olamga tarqalishiga turtki berdi. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan ikki yil o'tmay, bu intilish musulmonlarning ulkan g'alabasiga – Damashq fathiga olib keldi. Shaharning va shahar aholisining fath qilinishi Islom saltanati mislsiz sur'atda kengayib borgan kelgusi asrdagi barcha fathlar uchun andoza, namuna bo'ldi...»
«...G'arbning eng qudratli davlati hukmi ostida bo'lgan qadimiy shahar endi Sharqdan kelgan kuch tomonidan boshqarila boshladi. Eski tartib mahv etildi, kuchlar nisbati o'zgardi. Damashqda kelgusida butun dunyoni o'zgartirib yuboradigan yangicha hokimiyat shakli paydo bo'ldi. Hayratlanarli tomoni shundaki, Islomning tarqalishi musulmon davlatining hududlari kengayishiga asoslangan bo'lsa-da, yangi Islom hukmdorlari shahar ahlini o'z diniga kirishga majburlamadi, holbuki, shaharning asosiy qismini nasroniylar tashkil qilar edi. Shahardagi eng qadimiy ibodatxonalardan birining tarixi bunga yorqin misoldir.
Professor Talal Aqiliy
(Damashq universiteti):
«Bu atroflar bozor edi. U Rum ehromini o'rab turardi. Ehromning ichida qadamjo bor edi. Bu devor Rum ehromining tashqi devori edi. U o'zgarmagan, biroq binoning mohiyati o'zgardi. Rum ehromi endi Vizantiya cherkoviga aylantirildi».
VII asrda shaharni fath qilgan musulmonlar cherkovni tortib olishmadi, balki umaviylar masjidini qurishdi. Bu masjid hozir ham bor. Bir necha o'n yillar davomida ushbu bino nasroniylar cherkovi bo'lib turdi. Buni qarangki, musulmonlar uni nasroniylar bilan baham ko'rishga qaror qilishdi.
«Sharq tomonda masjid, g'arb tomonda esa cherkov edi. Damashq ahli – musulmonlar ham, nasroniylar ham janubiy darvozadan kirib kelar, so'ng o'z ibodatxonasi tomonga – musulmonlar masjidga, nasroniylar cherkovga yurar edi. Bu holat 70 yil davom etdi».
Damashqning musulmonlar tomonidan fath qilinishi diniy va madaniy bag'rikenglik hamda harbiy kuch asosida bo'ldi. Ushbu tamoyillarga keyingi fatxdarda ham, hatto butun mintaqa uchun muhim ahamiyatga molik shaharni fath qilishda ham qat'iy rioya qilindi. Bu shahar alohida strategik ahamiyat kasb etmasa-da, mintaqadagi barcha diniy jamoalar uchun, jumladan, yosh Islom davlati uchun ham ulkan ahamiyatga ega edi.
Quddusi sharif. Hadislarga ko'ra, Jabroil farishta Muhammad sollallohu alayhi vasallamni Isro, ya'ni mo''jizaviy tungi sayr asnosida aynan mana shu shaharga olib kelgan. U zot bu erda boshqa payg'ambarlarga namozda imom bo'lganlar, so'ng Alloh taoloning dargohiga ko'tarilganlar.
Quddusi sharif – musulmonlarning Makkai mukarrama va Madinai munavvaradan keyingi uchinchi muqaddas shahridir.
Doktor Yusuf Sa'id Nosih
(Quddusi sharif vaqfi islomiy arxeologiya bo'limi xodimi):
«Me'roj xodisasi Islom axli uchun ulkan ahamshp kasb etadi. Zero, bu tunda Payg'ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam payg'ambarlarga namoz o'qib berganlar. U zot ulul azm (sabot-matonatli) payg'ambarlarga – Nuh, Ibrohim, Muso va Iyso alayhissalomlarga imom bo'lganlar».
Biroq VII asrning boshida Quddusi sharif ham, Damashq ham vizantiyaliklarning qo'l ostida edi. Quddusi sharif nasroniylar uchun ham muqaddas shahar hisoblanib, uning asosiy qadamjosi Muqaddas maqbara ibodatxonasi edi.
Damashq fathidan atigi uch yil o'tgach, 637 yilda musulmon qo'shinlari Quddusi sharif ostonasiga kelib to'xtadi. Vizantiya qo'shinlari Damashqdan chiqib ketgani uchun sha-ar ahli hech qayerdan yordam kuta olmas edi. Quddusi sharif to'rt oy qamal qilindi, biroq shahar hokimi patriarx Sofroniy shaharning taqtsiri hal bo'lganini tushunib, taslim bo'lishga qaror qildi.
Sofroniy juda qaltis yo'l tutgan edi – shahar nasroniylar uchun muqaddas edi, uni o'zi uchun ham muqaddas deb bilgan boshqa kuch ishg'ol qilsa, shaharning qismati ne kechadi?
Halifa Umar ibn Hattob patriarxning taklifiga binoan Muqaddas maqbara ibodatxonasiga tashrif buyurib, uni ko'zdan kechirdi. Shu payt musulmonlarning namoz vaqti kirib qoldi. Patriarx unga shu erda, cherkovning ichida namoz o'qib olishni taklif qildi, biroq kutilmaganda xalifa taklifni rad qildi. U hayratda qolgan patriarxga buning sababini shunday tushuntirdi: «Kelgusida musulmonlar «Bu erda xalifa Umar namoz o'qigan», deb uni egallab olishlari va cherkovni masjid qilib olishlari mumkin».
Ushbu ehromning nasroniylar uchun nechog'lik azizligini bilgan musulmonlar rahbari xalifa Umar namoz o'qish uchun boshqa joy topishga qaror qildi. U namozni Muqaddas maqbara ibodatxonasidan bir necha metr narida o'qidi. Haqiqatdan ham, keyinchalik bu er katta masjidga aylanib uning nomi bilan ataldi.
Musulmonlar o'zlari uchun eng muqaddas shaharlardan birini fath qilgan edilar. Binobarin, ular Jabroil farishta Muhammad sollallohu alayhi vasallamni tunda olib kelgan joyni har qancha ehtirom qilsalar, arzirdi. Hozir bu erda musulmonlarning eng qadimiy me'moriy obidalaridan biri – «Qubbatus saxra» masjidi joylashgan.
«Musulmonlar «Qubbatus saxra» masjidiga kelishsa, avvalo Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashib ikki rak'at namoz o'qiydilar. Bu Islom ta'limotida juda muhim ahamiyat kasb etadi».
Quddusi sharif fathidan keyin ham nasroniylarga o'z cherkovlarini saqlab qolishga ruxsat berildi. Rumliklar va vizantiyaliklar davrida shahardan haydab chiqarilgan yahudiylarga qaytishga ruxsat berildi. Diniy bagrikenglik Islom ta'limotining asoslaridan biri edi. Islom saltanatining kelgusi muvaffaqiyatini ana shu buyuk fazilat belgilab berdi. Yangi musulmon davlatga fuqaro bo'lib, uning himoyasi ostiga kirish uchun g'ayridinlar – nasroniy va yahudiylar jon solig'i, ya'ni jizya to'lashlari kifoya edi...»
(Iqtibos tugadi)
Muzaffar fotih Holid ibn Valid roziyallohu anhu xalifa Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning ko'rsatmalariga amal qilib, ishni Ubulla degan joyni fath qilishdan boshladilar. Keyin esa Siyn, Valaja va Ullays degan joylarda dushman bilan to'qnashib, g'olib keldilar. So'ng Hiyra, Anbor, Aynut-tamr, Davmatul jandal degan joylarni fath qildilar. Undan so'ng Hasiyd, Hanofis va Firoz degan erlarda ham raqiblarni mag'lub etdilar.
Shunda Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Holid ibn Valid roziyallohu anhuni Shom tomonga o'tishga amr qildilar. Iroqqa esa Musanno ibn Horisa Shayboniyni tayinladilar,
Holid ibn Valid roziyallohu anhu Shomga ketgach, Fors podshohi Musanno ibn Horisa Shayboniyga qarshi katta lashkar yubordi. Bobilda ikki taraf to'qnashdi va musulmonlar g'olib bo'ldilar.
Fors imperiyasi tanazzulga yuz tutdi.
Rum jangining boshlanishi
So'ngra Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Rum erlarini fath qilishni iroda etdilar. Hamma tayyorgarliklar ko'rilib bo'lgach, Rum fathiga birin-ketin lashkar jo'nata boshladilar.
Holid ibn Sa'id boshliq lashkarni Shom ostonalariga, Amr ibn Os boshliq lashkarni Falastinga, Shurahbil ibn Hasana boshliq lashkarni Urdunga, Yazid ibn Abu Sufyon boshliq lashkarni Balqo tomonga, Abu Ubayda ibn Jarroh boshliq lashkarni Hims tomonga yubordilar.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu har bir lashkarni kuzatgani piyoda yurib chiqar, ularga dunyo va oxiratlariga foydali bo'lgan nasihatlarni qilar edilar.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu yuborgan lashkar Shom o'lkasiga etib bordi.
Bu xabar Rum podshohi Hiraqlga etganida, u o'z xalqiga musulmonlar bilan sulh tuzishni taklif qildi. Ular bosh tortishdi. Keyin rumliklar nihoyatda ko'p sonli lashkar to'plashdi.
Amr ibn Osning taklifiga binoan, lashkarboshilar to'planib maslahat qildilar va Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga xabar yo'lladilar. U kishi ularga «Sizga o'xshaganlar ozligi uchun emas, gunoxdari uchun mag'lub bo'ladilar. Gunohlardan saqlaninglar» degan xabarni yubordilar.
Yarmuk jangi
Ikki tomon Yarmuk degan joyda o'zaro qarama-qarshi joylashdi. Amirlar Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan yordam so'radilar. U kishi Holid ibn Valid roziyallohu anhuni o'z lashkarining yarmini olib Iroqdan Shomga o'tishga amr qildilar. Holid ibn Valid roziyallohu anhu etib kelib, hammani bir qo'mondonlik ostida birlashtirishni taklif qildilar. Ko'pchilik u kishining o'zlarini amir qilib sayladi. Jang boshlandi. Musulmonlar mazkur jangda g'alabaga erishdilar.
Musulmonlarning bu tarixiy g'alabasi «Yarmuk jangi» nomi ila mashhurdir. Yarmuk jangi tugashi bilan muzaffar fotixdarga mahbub xalifalari Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning vafotlari haqidagi xabar keldi.
Aslida xabar jangdan oldin kelgan edi. Unda Holid ibn Valid roziyallohu anhuning amirlikdan bo'shatilgani va Abu Ubayda ibn Jarroh roziyallohu anhuning amir etib tayinlangani haqida ham ran bor edi. Lekin hal qiluvchi jangdan oldin musulmonlarga mash'um xabarni bildirmaslik uchun Holid ibn Valid roziyallohu anhu ham, Abu Ubayda roziyallohu anhu ham uni oshkor qilmagan edilar.
HAZRATI ABU BAKRNING VAFOTLARI
Hijriy 13 yil jumodul oxir oyining 8-kuni Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu isitma kasaliga chalindilar. Hastalik tobora zo'raya bordi.
Imom Tabariy, Ibn Javziy va Ibn Kasirlarning ta'kidlashlaricha, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu xastaliklari og'irlashganda, xalqaro va ichki vaziyatni hisobga olgan holda o'zlaridan keyin musulmonlarning ixtilofga tushishlaridan qo'rqib, ularga o'z o'limlaridan oldin yangi xalifa tanlashni taklif qildilar. Musulmonlar Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan keyin kim xalifa bo'lishi kerakligini tezda hal qila olmadilar. Ular ishni Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning o'zlariga oshirdilar.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu xasta hollarida Abdurrahmon ibn Avf, Usmon ibn Affon, Sa'id ibn Zayd, Usayd ibn Huzayr va boshqa muhojiru ansorlardan bo'lgan sahobai kiromlarni yakka-yakka chaqirib, bu ish xususida maslahat qildilar. Hammaning fikri Umar ibn Hattob roziyallohu anhuda to'xtadi.
Hamma maslahatchilar bir fikrga kelganlaridan keyin Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu quyidagi axdnomani Usmon ibn Affon roziyallohu anhuga aytib turib yozdirdilar:
«Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ushbu – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xalifasi Abu Bakrning bu dunyodagi oxirgshva oxiratdagi avvalgi payti, kofir mo'min bo'ladigan, fojir taslim bo'ladigan paytda bergan ahdnomasidir. Men sizlarga Umar ibn Hattobni xalifa qildim. Sizlardan yaxshilikni ayamadim. Agar u sabr va adolat qilsa, uning haqida mening bilganim shu. Agar u zulm qilsa, bu ulug' ishni o'zgartirib yuborsa, har kim qilmishiga yarasha jazosini tortadi. Men faqat yaxshilikni iroda qildim. Men g'aybni bilmayman. «Zulm qilganlar esa tezda qaysi qaytish joyiga qaytishlarini bilurlar»(Shuaro surasi, 227-oyat).
So'ngra xasta holdagi Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuni ko'tarib odamlarning oldiga olib chiqishdi. U kishi ularga axdnomani o'qib berdilar va: «Sizlarga o'zimdan keyin qoldirgan kishimdan rozimisiz? Men sizlarga qa-rindoshimni emas, Umarni qoldirdim. Unga quloq osinglar va itoat qilinglar. Allohga qasamki, men chuqur o'ylab, mulohaza qilib, shu qarorga keldim», dedilar. Odamlar: «Eshitdik, itoat qilamiz!» dedilar.
So'ng u kishi Umar roziyallohu anhuni oldlariga chorlab, quyidagilarni aytdilar:
«Men seni o'zimdan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalariga qoldirdim.
Ey Umar! Allohning kechki haqqi bor, uni kunduzi qabul qilmas. Kunduzgi haqqi bor, uni kechasi qabul qilmas. U Zot farz ado qilinmaguncha, naflni qabul qilmas.
Ey Umar! Bilginki, qiyomat kuni tarozisi og'ir keladiganlarning tarozisi og'ir bo'lishi ularning haqqa ergashgani uchundir. Zotan, hakdan boshqa narsa qo'yilmagan tarozi og'ir bo'ladi.
Ey Umar! Bilginki, qiyomat kuni tarozisi engil kelganlarning tarozisi engil bo'lishi ularning botilga ergashganidandir. Zotan, botildan boshqa narsa qo'yilmagan tarozi engil bo'ladi.
Ey Umar! Bilginki, engillik oyati shiddat oyati ila birga, shiddat oyati engillik oyati ila birga nozil bo'lgan. Mo'min ham rag'bat qilib, ham qo'rqib turishi uchun shunday bo'lgan. U Allohdan o'ziga nomunosib narsani so'raydigan darajada rag'bat qilmaydi. Shuningdek, ikki qo'li bo'shashib qoladigan darajada qo'rqmaydi ham.
Ey Umar! Bilginki, Alloh do'zax ahlini ularning eng yomon amallari ilazykr qilgan. Qachon ularni eslasam, aslo ulardan bo'lmaslikni orzu qilaman. U Zot jannat ahlini ularning eng yaxshi amallari ila zikr qilgan, chunki U Zot ularning yomonliklarini kechib yuborgan. Qachon ularni eslasam: «Ularning amallari oldida mening amalim nima bo'libdi», deyman. Agar mening vasiyatimni yodlab olgan bo'lsang, o'lim tufayli g'oyib sen uchun hozirdan mahbubroq bo'lmasin. Sen undan qochib qutula olmassan».
Ammo bu Umar ibn Hattob roziyallohu anhu xalifa etib tayin qilindi, degan ran emasdi. Bu xalifalikka nomzod ko'rsatish edi. Halifani saylash esa keyinroq xalq tomonidan bo'lishi kerak edi.
Keyin Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuni yana yotgan joylariga olib kirdilar.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning bu tasarruflari har qanday kishini hayratga soladi. O'limni bu qadar xotirjamlik bilan kutib olish oson ish emas. Ayniqsa, bir millatga bosh bo'lib turgan odam bunday paytlarda bemorligini davolatishga urinadi.
Ha, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu odatdan tashqaridagi odamlar toifasidan edilar. U kishi o'limni mardlik, hatto xursandchilik bilan kutib oldilar.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu jumodus soniy oyining tugashiga sakkiz kun qolganda, seshanba kuni oltmish uch yoshlarida vafot etdilar.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu murtadlarni dinga qaytardilar. Arablarni Islomda qayta birlashtirdilar. Usha paytdagi ikki ulkan imperiyani fath qilishni boshladilar. Qur'oni Karimni bir mushafga jamladilar va boshqa ko'plab ulkan ishlarni amalga oshirdilar.
Umar ibn Hattob roziyallohu anhu u kishining qozilari, Abu Ubayda roziyallohu anhu devonbegilari, Usmon ibn Affon, Aliy ibn Abu Tolib va Zayd ibn Sobit roziyallohu anhum esa u kishining mirza-kotiblari edilar.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning davrlarida Islom jamiyati viloyatlarida quyidagi voliylar ish yuritar edilar:
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning oxirgi so'zlari «Meni musulmon holimda vafot ettirgin va solihlarga qo'shgin»(Yusuf surasi, 101-oyat) oyati bo'lgan ekan («Tarixi Tabariy»).
Ushanda hijriy 13 yil jumodul oxir oyining 21-kuni (milodiy 634 yilning 21 avgust) edi.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuni xotinlari Asmo bint Umays va o'g'illari Abdurrahmonlar yuvib, o'zlarining kiyimlariga kafanlaganlar. Janozalarini esa Umar ibn Hattob roziyallohu anhu o'qiganlar.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Oisha onamizning hujralariga, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning yonlariga kechasi dafn qilinganlar. U kishining boshlari Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning elkalariga to'g'rilab qo'yilgan.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning qabrlariga o'g'illari Abdurrahmon, sahobalardan Umar, Usmon, Abdurrahmon ibn Avf va Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhular tushganlar.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning jannati ekani aniq bo'lgan oz sonli kishilardan biri ekanlari hammamizga ma'lum. Buning ba'zi dalillarini esa yuqorida o'rganib o'tdik.
Alloh taoloning Uzi u kishidan rozi bo'lsin! Omiyn!
KYeYINGI MAVZULAR:
IKKINChI FASL
UMAR IBN HATTOB ROZIYaLLOHU ANHU:
Fathlar;
Hazrati Umar roziyallohu anhuning tinchlik jabhasidagi olamshumul ishlari;
Hazrati Umar va ilm;
Avratga qarash ham zinoning bir turidir. Erkakning, ayolning avratiga qaraydigan kimsalarga qanday jazo berilishi quyidagi oyatlarda aytilgan:
«(Mo‘minlar) Allohdan boshqa hech qanday ilohga ibodat qilmaydilar; Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonni nohaq o‘ldirmaydilar; zino qilmaydilar. Kim bu ishlarni qilsa, uqubatga duchor bo‘ladi. Qiyomat kuni ularning azobi bir necha barobar ko‘paytiriladi, ular u yerda xor bo‘lib, abadiy qoladi. Kim tavba qilsa, iymon keltirib, solih amal qilsa, Alloh o‘shalarning yomonliklarini yaxshiliklarga almashtiradi. Alloh mag‘firatli, rahmli Zotdir» (Furqon surasi, 68-70-oyatlar).
Mana shu oyatga ko‘ra, kim ko‘zi bilan zino qilsa-yu, tavba qilmasa, Qiyomatda uqubatga duchor bo‘ladi. Uqubat jahannamdagi bir vodiy bo‘lib, u yerda zinokorlar azoblanadi. Kimki zinokorlar vodiysiga tushadigan bo‘lsa, uning uchun azob ko‘proq bo‘ladi, u yerda xor bo‘lib, abadiy qolib ketadi.
Zaharli o‘qdan saqlaning!
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadisi qudsiyda bunday deganlar: «(Nomahramga) qarash iblisning zaharli o‘qlaridan biridir. Kim bu ishni Mendan qo‘rqib tark qilsa, buning o‘rniga qalbiga halovat beraman» (Imom Hokim rivoyati).
Oddiy o‘q bilan zaharlangan o‘qning farqi
Oddiy o‘q ba’zan tegsa ham, insonni o‘ldirmaydi, faqat tekkan joyigagina zarar yetkazadi. Zaharli o‘q esa salgina silab o‘tsa ham, zahari butun tanaga tarqab ketadi. Tezda chorasi ko‘rilmasa, odamni o‘ldiradi. Bunday o‘q tekkanda zahar butun tanaga tarqab ketmagunicha uning ta’siri sezilmay turadi.
Birovning avratiga qarash ham o‘sha avrat egasiga zarar beradigan zaharli o‘qdir. Bunday o‘q insonga tegsa, u bilan birga butun tanaga tarqab ketadigan kuchli zahar ham sanchiladi. Natijada insonning ruhiy holati ostin-ustin bo‘ladi, ibodatlariga, darslariga salbiy ta’sir qiladi, oilaviy aloqalarini buzib, barbod qiladi. Zahar (nazar) qanchalik oddiy bo‘lmasin, baribir tanaga tarqab, ta’siri uzoq vaqtdan keyin bo‘lsa ham yuzaga chiqadi. Demak, maktabda ham dugonasining avratiga qarash – zaharli o‘qdir. Xonanda va raqqosalarning avratlariga qarash – zaharli o‘qdir. Barcha harom narsalarga qarash haromdir. Bu zaharli o‘qlarning ta’siri boshida sezilmaydi. Harom narsaga qarab, yo‘lingizda davom etib ketaverasiz, lekin bu qarashlar namozingizga, Qur’on yod olishingizga, o‘qishingizga va oilaviy munosabatlaringizga singib, siz sezmagan holda bularning barchasini barbod qiladi. Demak, ko‘zni haromdan tiyish insonning qalbiga, tanasiga zahar yetib borishidan asraydi.
Bir qiz aytadi:
«Bo‘sh vaqtlarimda rosa serial, kino ko‘rardim. Tabiiyki, hammasida harom narsala (ochiq-sochiq tanalar, behayo sahnalar, uyat so‘zlar) bor edi. Haromga qarash zaharli o‘qligini, kim bu ishini Allohdan qo‘rqqani uchun tark etsa, Alloh uning qalbiga saodat ato etiishini bilgunimcha shunday yuraverganman. Bilganimdan keyin esa telefonga, internetga bilan qaraydigan bo‘la boshladim. Nimalarni ko‘rayotganimga, ular hayotimga qanday ta’sir qilayotganiga e’tibor bera boshlagan edim, ajoyib holat bo‘ldi. Har gal behayo narsalarni ko‘rganimda qalbimda qandaydir og‘riqni his qilardim – xuddi menga zaharli o‘q tekkandek bo‘lardi. Ko‘zimni tiyib, haromdan saqlana boshlaganimda esa butunlay boshqa holat bo‘ldi. Bu safar qalbim sururga, xotirjamlikka to‘ldi. Shundan keyin televizor pulti men uchun faqat televizorni emas, balki qalbimning holatini ham nazorat qiladigan vosita bo‘lib qoldi: behayolikni, buzuqlikni ko‘rsatadigan kanallarga olsam, qalbimda qayg‘u va tushkunlik eshigini ochgan bo‘laman; lekin boshqa kanalga olib, haromdan saqlansam, qalbimda baxt-saodat eshigini ochgan bo‘laman. Ko‘zimni haromdan saqlaganim sari hayotim go‘zallashib boraverdi. Avvallari biror kunim kino va seriallarsiz o‘tmaydigandek edi, endi esa ularsiz mutlaqo baxtli, pokiza yashayapman».
Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh,
Abdulhamid Umaraliyev tarjimasi.