Turkiyaning etakchi ommaviy axborot vositalari vakillari va qator taniqli inflyuenserlari O'zbekiston bo'ylab sayohatga kelishdi. Mehmonlar 5 kun davomida mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyati bilan yaqindan tanishadi. Mazkur turdan O'zbekiston imijini targ'ib qilish va ziyorat turizmini rivojlantirish ko'zlangan. Ushbu tashrif “Asialuxe Travel” milliy turoperatori Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi hamkorligida tashkil etilgan.
Mehmonlar orasida Yilmaz Ali Abdusselam (7,21 million obunachi), Go'k Kerem (528 ming obunachi), Bekar Halil Ibrohim (88,1 ming obunachi), Katana Yilmaz Huseyn (297 ming obunachi) va Gench Mehmet (492 ming obunachi), Yosir Yilmaz (853 ming obunachi) kabi faol You-Tube blogerlar bor.
Media-guruh 12 fevraldan 17 fevralga qadar O'zbekistonda bo'lib, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlari bo'ylab sayohat qilishni rejalashtirilgan. Sayohat davomida inflyuenserlar guruhi yurtimizning muqaddas qadamjolarida ziyorat qilishadi. Shuningdek, mamlakatimiz madaniyati, qadriyatlari va turizm tarmoqlari xususiyatlari bilan yaqindan tanishadi. Tashrif doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasida media-guruh va mas'ullar ishtirokida uchrashuv o'tkaziladi.
Ma'lumot o'rnida: «Asialuxe Travel» turoperatori 2018 yilda tashkil etilgan. Unda innovatsion yondashuv, barcha foydalanishi uchun maksimal va sodda qulay sharoitlarni yaratishni maqsad qilgan. Kompaniyaning O'zbekiston va Turkiyada vakolatxonasi bor.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati