Agrada Hindistonning xorijiy mamlakatlar bilan tarixiy-madaniy aloqalari, ularning bugungi holati va istiqbollariga bag'ishlangan onlayn-forum bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
O'zbekistonning Dehlidagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, ikki kun davom etgan anjumanda Germaniya, Rossiya, BAA, Eron, Tojikiston, Qirg'iziston va boshqa mamlakatlarning olim va tadqiqotchilari, diplomatik vakolatxonalari vakillari ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.
Mamlakatimiz elchisi Dilshod Axatov onlayn-tadbirda O'zbekiston va Hindiston o'rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalar, ularning bugungi holati va mavjud imkoniyatlar xususida so'zlab berdi.
Qatnashchilarga O'zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan 2021 yilda Hiva shahrida YuNYeSKO bilan hamkorlikda «Markaziy Osiyo jahon tsivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro anjumanini o'tkazish tashabbusi bo'yicha batafsil ma'lumot berildi. Markaziy Osiyo mintaqasining boy ilmiy-madaniy merosini tadqiq qilishga xalqaro ilmiy-akademik doiralarning qiziqishini oshirish, qolaversa mintaqa turizm salohiyatini keng targ'ib etishda mazkur xalqaro forumning muhim ahamiyati e'tirof etildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.