Bugun, 7 noyabr' kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o'rinbosari Hayrullo domla Sattarov boshchiligida bir guruh imom-xatiblar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Paxtachi tumanidagi "G'oyib ota" va "Abdukarim bobo" jome masjidlarining hovlisiga mevali va manzarali ko'chatlar o'tqazishdi.
Mazkur tadbir Narpay tumani "Ko'k ota" jomesida ham davom etdi. Ushbu xayrli tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan barcha shahar va tuman bosh imom-xatiblari va mazkur tumandagi imom-xatiblar ishtirok etdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Adliya vazirligi bunday ogohlantirmoqda:
O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonuni (https://lex.uz/docs/11360) hamda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi 57-son qarori (https://lex.uz/docs/2356876) talablariga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari har yili 1 fevralgacha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etishlari shart.
Hisobot (https://lex.uz/docs/3796969) shakli Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Hisobotlarni taqdim qilish Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portali (e-ngo.uz) (https://e-ngo.uz/) orqali amalga oshiriladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning (https://www.lex.uz/docs/97664) 239-moddasiga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi mansabdor shaxslarga jarima solishga sabab bo‘ladi.
Hisobotni to‘ldirish yuzasidan video qo‘llanma bilan batafsil tanishing.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati