Parijdagi arab madaniyati ko'rgazmasida Qur'oni Karimning nodir qo'lyozmalari taqdimoti turli mamlakatlardan tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Bu haqda «Al-Arabiya» nashri xabar berdi.
Qo'lyozma stendida hijriy 5-asrga oid Qur'oni Karimning maxsus zarhal bezaklarga ega nusxasi, shuningdek, hijriy 580 yilda yozilgan arab tilidagi tibbiy kitoblar o'rin olgan.
Bundan tashqari, ushbu ko'rgazmada islomiy va tarixiy asarlarning boshqa qo'lyozmalari ham namoyish etildi. Tarixiy qo'lyozmalar tashrif buyuruvchilar, tadqiqotchilar va ixlosmandlarning e'tiborini tortdi.
Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligiga qarashli madaniy tashkilot va muassasalar ishtirok etgan Saudiya Arabistoni madaniyat ko'rgazmasi 28 oktyabr' kuni boshlangan va 10 noyabrgacha davom etadi.
Alhamdulillah, biz mo‘min-musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salavot aytishga buyurilganmiz. Agar bir marta salavot aytsak, bizga Alloh o‘n marta rahmat yo‘llaydi, o‘nta gunohimiz o‘chiriladi, martabamiz o‘n daraja ortadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta rahmat yo‘llaydi. Uning o‘nta gunohi o‘chiriladi, martabasi o‘n daraja ko‘tariladi” (Imom Ahmad rivoyati). Manbalarda qisqa salavot sifatida quyidagi salavot beriladi:
اَللَّهُمَّ صل وَسَلِّمْ عَلَى نَبِيِّنَا مُحَمَّد
Allóhumma solli vasallim alá nabiyyiná Muhammad
Ma’nosi: “Ey, Alloh! Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga rahmat va salom yo‘llagin!”
Ruhiddin Akbarov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi