Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

“Islom darchalari” Turonbankda ham ochiladi

10.02.2021   1648   4 min.
“Islom darchalari” Turonbankda ham ochiladi

Shu yil 8 fevral' kuni bank boshqaruv raisi Chori Mirzayev va Islom taraqqiyot banki guruhi tarkibiga kiruvchi Hususiy tarmoqni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi (ICD) rahbari Ayman Amin Sejiniy o'rtasida onlayn ko'rinishda shartnoma imzolandi. Bu haqda “Turonbank” ATB matbuot xizmati xabar berdi.

– So'nggi 4 yil davomida O'zbekiston iqtisodiyoti, ayniqsa, bank tizimi xalqaro hamkorlar bilan ishlash masalasida ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida rivojlanmoqda. Bunda Davlatimiz rahbarining 2017 yil 20 dekabrdagi “Halqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora – tadbirlari to'g'risida” gi va 2019 yil 5 martdagi “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg'armalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora – tadbirlari to'g'risida”gi qarori ayni islohotlarga huquqiy zamin bo'lib xizmat qilmoqda, – deydi “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Chori Mirzayev. – Shuningdek, mamlakatimiz prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida ham “Islom moliyasining huquqiy asoslarini yaratish vaqti keldi” deb aytgan tashabbusi ushbu sohaning mamlakatimizda juda muhimligi va iqtisodiyot rivojida o'rni juda yuqorilidan darak beradi.

Hususiy tarmoqni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi rahbari janob Ayman Amin Sejiniyning so'zlariga ko'ra, bugun O'zbekiston aniq reja asosida taraqqiyotning yangi bosqichini boshdan o'tkazmoqda. Deyarli barcha sohalarda xorij tajribasi asosida ish yurituvini tashkil etish, ayniqsa, iqtisodiy tarmoqning rivojlanishida sezilarli o'zgarishlar amalga oshirilayapti. Ishbilarmonlarga yaratilayotgan sharoitlar, mamlakatdagi kichik va o'rta biznes sub'ektlarini moliyalashtirish tizimi takomillashayapti.

“Fikrimning isbotini bugun biz yaqin hamkorimiz bo'lmish “Turonbank”ATB bilan imzolangan muhim hujjat ham isbotlaydi. “Islom darchalari” ko'plab o'zbek tadbirkorlari va aholisining qiziqishlarini orttirib, moliya muassasasiga ham katta foyda olib kelishiga ishonamiz. Hamkorligimiz doirasida shariat talablari asosida yangi bank mahsulotlarini yaratish, mijozlar bilan ishlash, bu borada zamonaviy axborot texnologiyalarini jalb etish, xodimlarning ayni yo'nalishdagi bilimlarini ham amaliy ham nazariy jihatda oshirishga yaqindan ko'mak berishga tayyormiz. Zero, bu orqali ikki tomonlama muvaffaqiyatli hamkorligimiz, strategik sheriklikning bir ifodasi sifatida ham gavdalanadi”, – deydi Hususiy tarmoqni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi rahbari janob Ayman Amin Sejiniy.

Darhaqiqat, “Turonbank” ATBda “islom darchasi”ni ishga tushishi o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va birgalikda qo'shma loyihalarni ro'yobga chiqarishga turtki berishi, shubhasiz. Natijada bank tomonidan aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lami kengayib, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirish, Islom moliyasi tamoyillariga asoslagan chakana va korporativ mahsulotlarni taklif etuvchi instrumentni yaratish imkoni paydo bo'ladi.

Ma'lumot uchun, Turonbank Hususiy tarmoqni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi bilan 2019 yili Jidda shahrida 10 millionn AQSh dollarlik “Kichik va o'rta biznes sub'ektlari loyihalarini moliyalashtirish” to'g'risidagi shartnomani imzolagan edi. Uning doirasida ko'plab korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari oshirilib, yangi ish o'rinlari yaratildi.

Eslatib o'tamiz, yurtimizdagi “Halq” banki va “Transbank”da “Islomiy darchalar”ning ochilishi haqida xabar bergan edik.  


O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Allohni seving!

04.08.2025   755   2 min.
Allohni seving!

Odamlardan biri Zunnundan “Kimni do‘st tutay?” – deb so‘radi. U: “Kasal bo‘lsang shifo beradigan, gunohga qo‘l ursang uni kechirib yuboradigan, so‘rasang beradigan va uning yordamiga muhtoj bo‘lsang senga yordam beradigan Zotni do‘st tut!” – dedi.

Alloh taolodan o‘zga do‘st bormi?! Sajdaga borgan paytingiz ishlaringizni maxfiy tarzda Robbingizga ayting. Zero, U Zot maxfiy narsalardan ham xabardordir. Atrof­dagilardan uni maxfiy tuting, chunki muhabbat oshkor aytilmaydi. Muhabbatingizni kechalari tahajjudlarda, sahar vaqtlari namozlaringizda izhor eting.

Ayrim odamlar dinni “Buni qil!”, “Buni qilma!” kabi buyruqlar va taqiqlardan yoki halol va harom tushunchalarining jamlanmasi deb bilishadi va barisining ustida Alloh va Rasuliga bo‘lgan muhabbat turishini unutib qo‘­yishadi. Ishning boshi – muhabbatdir. Muhabbat yo‘qolsa, toatu ibodatlarning bari kishini dindor musulmonga aylantira olmaydi.

Agar siz Allohga muhabbat da’vosida bo‘lsangiz, bu muhabbatingizni hayotingiz davomida ko‘rsating. Gap-so‘zingiz, yurish-turishingiz va amallaringizda ham Allohga bo‘lgan muhabbatingiz aks etib tursin.

Rivoyat qilinishicha, bir kishi safarda sohibjamol ayolga yo‘liqib qolibdi. Va unga qarata: “Sen meni butunlay o‘zingga rom etding. Mening butun xayolim sen bilan band”, debdi. Ayol ham: “Agar aytganingiz rost bo‘lsa, borim sizga fido bo‘lsin. Ammo mening bir ofatijon singlim bor. Mendan anchayin chiroyli. U ortingizda turibdi. Agar istasangiz ikkimizdan birimizni tanlashingiz mumkin”, debdi. Kishi darhol ortiga o‘girilibdi. Shunda ayol uning yuziga bir tarsaki tushiribdi va: “Qorangni ko‘rmay! Firibgar, aldoqchi! Meni sevaman deb, boshqasiga ko‘z olaytirasanmi?! Mening oldimga yalinib kelib, oshiqligingni aytding. Seni sinovdan o‘tkazgandim. Uchiga chiqqan yolg‘onchi ekansan!” – debdi. Shunda u ko‘zlariga yosh olib, o‘ziga-o‘zi shunday debdi: “Bir yaratiqning muhabbatini da’vo qilib, undan yuz o‘girganim uchun yuzimga tarsaki tushdi... Necha martalab Yaratgan Zotga oshiqlik da’vosini qilib, undan yuz burdim. Undan boshqasi bilan ovorayu sarson bo‘ldim. Qalbimga urilgan shapaloqni payqamay qolibman... Nahotki, men qalbi qoplanib qoladigan darajaga yetgan bo‘lsam-a?!” degan ekan. Zero, Alloh taolo aytadi: «Yo‘q (unday emas)! Balki, ularning dillarini o‘zlarining qilmishlari (gunohlari) qoplab olgandir»[1].

Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.


[1]  Mutoffifun surasi, 14-oyat.