Afro-amerikalik musulmon mualliflarining uchinchi konferentsiyasi shu oyning boshida boshlandi va bu Covid-19 pandemiyasi tufayli butunlay virtual shaklda bo'lib o'tdi.
Islam.ru ma'lumotlarga ko'ra, ishtirokchilar qanday qilib afro-amerikalik va musulmon madaniyati zamonaviy adabiyotga ta'sir etayotganligini muhokama qilishmoqda. 7 fevral' kuni tashkil etilgan jonli efirda bolalar va o'smirlar uchun adabiyotga ixtisoslashgan mualliflar musulmon oilalari va jamoalari duch kelayotgan muammolarni muhokama qilishdi.
"Men afro-amerikalikman va men o'sayotgan paytimda Allohning yordami bilan engishning uddasidan chiqqan ko'plab qiyinchiliklarni boshimdan o'tkazganman. Hullas, bir kuni men bu haqda kitob yozishim kerak, deb o'ylab qoldim", - deydi Nafisax Abdul Rahim munozara qatnashchilariga. Shuningdek, u zamonaviy jamiyatda bolalarga shafqatsizlik bilan munosabat bo'lish va vaziyatni qanday qilib o'zgartirish haqida va bolalarga ularning huquqlari borligini bilish imkoniyatini beradigan kitoblarga ehtiyoj borligini qo'shimcha qildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Savol: Men Turkiya davlatida avtomashinalarni yuvish xizmati (avtomoyka)da ishlayman. Ba’zan taksi haydovchilarining mashinalarini yuvganimizda ichida mijozlarning buyumlari va pullari tushib qolgan bo‘ladi. Shu pullarni o‘zimizga olsak bo‘ladimi yoki taksichiga berishimiz kerakmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mazkur buyum va pullar sizning ham, taksichining ham mulki emas, balki o‘z egasining mulkidir. Shuning uchun egasiga qaytarish lozim. Buning uchun siz topilmani taksichining o‘ziga qaytarib berasiz va u haqiqiy egalarini topish chorasini ko‘radi. Egasidan beruxsat ishlatib yuborishi gunoh hisoblanadi.
Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim yo‘qolgan narsani tanitmay o‘ziniki qilib olsa, zalolatga ketuvchidir”, deganlar (Imom Muslim va Imom Ahmad rivoyat qilgan).
Hozirgi vaqtda unutib qoldirilgan buyumlarning egasini topishning turli yo‘llari mavjud. Unutib qoldirilgan narsalar buyum va pul singari chirib, aynib qolmaydigan narsalar bo‘lsa, egasi chiqqunicha o‘zida saqlab turadi va egasini topishga jiddiy kirishadi.
Egasini topishdan butkul umidi uzilgan vaqtda o‘zi muhtoj bo‘lsa, sadaqa o‘rnida o‘ziga ishlatishi, boy bo‘lsa, faqirlarga egasining nomidan sadaqa qilib yuborishi lozim bo‘ladi.
Keyinchalik egasi topilib qolsa, holatni tushuntiradi. Agar egasi rozi bo‘lsa, sadaqaning savobi unga bo‘ladi. Egasi rozi bo‘lmay, narsasini talab qilsa, qiymatini to‘lab beradi va qilingan sadaqaning savobi ana shu taksichining o‘ziga bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.