frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Soha rahbarlari va imom noiblar uchrashuvi

07.02.2024   2370   1 min.
Soha rahbarlari va imom noiblar uchrashuvi

Shu yil 7 fevral' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Jaloliddin domla Hamroqulov, Din ishlari bo'yicha qo'mita boshqarma boshlig'i Muhiddin Hakimov, O'zbekiston musulmonlari idorasi bo'lim mudiri Muzaffar Kamolov Andijon viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan tuman-shahar bosh imom-xatiblari va imom-noiblar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Muloqotda yurtimizda olib borilayotgan diniy islohot va erishilayotgan yutuqlar, xususan, yoshlar tarbiyasi, ularni zamonaviy xurujlardan asrab-avaylash, Islom dini sofligini saqlashda diniy soha xodimlarining burch va vazifalari, imom-noiblarning faoliyat samaradorligini oshirish borasida so'z yuritildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Andijon viloyat vakilligi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   11697   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari