Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

Kelajakda transafg'on temir yo'lining qurilishi O'zbekiston, Afg'oniston va Pokiston o'rtasida ziyorat turizmini targ'ib qilishga xizmat qiladi

09.02.2021   1379   1 min.
Kelajakda transafg'on temir yo'lining qurilishi O'zbekiston, Afg'oniston va Pokiston o'rtasida ziyorat turizmini targ'ib qilishga xizmat qiladi

Afg'oniston, Pokiston va O'zbekiston delegatsiyalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari vakillari ishtirokida Toshkentda o'tkazilgan «Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar» temir yo'li qurilish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokamasiga bag'ishlangan yuqori darajadagi uchrashuv Pokistonning siyosiy va ekspert-tahlil doiralari vakillari orasida katta qiziqish uyg'otdi, xabar bermoqda «Dunyo» AA.
«National Herald Tribune» axborot agentligi va «Al-Akhbar» gazetasi xalqaro eksperti va muharriri Riaz Ahmad Malikning aytishicha, Afg'oniston orqali taklif etilayotgan temir yo'l qatnovi ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash uchun strategik ahamiyatga ega bo'ladi. Ikki mamlakat allaqachon do'stona munosabatlarni qo'llab-quvvatlab kelayotgan bo'lsa-da, bu qatnov odamlar o'rtasida o'zaro munosabatlar va ikki tomonlama savdoni yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
"Bundan tashqari, kelajakda temir yo'l qurilishi ham O'zbekiston, Afg'oniston va Pokiston o'rtasida ziyorat turizmini targ'ib qilishga xizmat qiladi", - deb hisoblaydi Riaz Ahmad Malik. "O'zbekistonning temir yo'l liniyalarini qurish va ham yo'lovchi, ham turli yuklarni tashish uchun vagonlarni ishlab chiqarish borasidagi tajribasi mintaqa mamlakatlarida, jumladan Pokistonda doimo zarur".

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

“Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar

01.08.2025   6411   1 min.
“Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar

Ma’ruf ibn Fayruz al-Karxiy rahimahulloh aytadilar:

“Dunyo to‘rt narsadan iborat: mol, so‘z, uyqu va taom. Mol tug‘yonga olib boradi, so‘z adashtiradi, uyqu esdan chiqaradi, taom shahvatga yetaklaydi”.


“Solihlar ko‘p, lekin ular ichida siddiqlar kam”.


“Alloh kimga yaxshilikni istasa, unga amal eshigini ochib, tortishish eshigini yopadi. Agar yomonlik istasa, amal eshigini yopib, tortishish eshigini ochadi”.


“Allohga tavakkul qil, toki U sening ustozing va shikoyat qiladigan Zoting bo‘lsin. Chunki insonlardan naf yo‘q”.


“Ko‘zlaringizni tiying, hatto urg‘ochi qo‘ydan ham”.


“Saxiylik — muhtoj paytda muhtoj narsani boshqa birovga berishdir”.


“Tungi ibodat mo‘min uchun qiyomat kunida nur bo‘lib, o‘ngu so‘lini yoritadi. Kunduzgi nafl ro‘za esa, bandani do‘zaxning issig‘idan uzoqlashtiradi”.


“Qiyomat kunida bir nido qilguvchi: “Ey Allohni madh qilganlar turinglar”, deb nido qiladi. Shunda, “Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar turishadi”.


“Avliyolarning alomati nima?” — deb so‘rashdi. “Alomatlari uchtadir: Alloh uchun g‘am chekadi, Alloh bilan mashg‘ul bo‘ladi va Alloh tomonga qochishadi”.


Dovud Toiyning do‘stlaridan biri menga: “Amalni tashlama. U seni Robbingning roziligiga yaqinlashtiradi”, dedi. Men undan: “Qaysi amalni?” deb so‘radim. U: “Robbingga doimiy itoat, musulmonlarga xizmat va ularga nasixat dedi.
 

Homidjon qori ISHMATBЕKOV