Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Avgust, 2025   |   12 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:52
Quyosh
05:23
Peshin
12:34
Asr
17:28
Shom
19:38
Xufton
21:02
Bismillah
06 Avgust, 2025, 12 Safar, 1447

Angliyada musulmonlar muhtojlarga bepul issiq ovqat taklif qilishadi

09.02.2021   1352   1 min.
Angliyada musulmonlar muhtojlarga bepul issiq ovqat taklif qilishadi

Angliyaning Norvich shahridagi musulmon oshxonasi muhtojlarga bepul issiq ovqat tarqatadi.
2 fevral' kuni Sent-Ogastin ko'chasidagi Bombay Spice Bangladeshi and Indian Takeaway tamaddixonasi muhtoj oilalar uchun 300 ta tushliklarni tayyorladi . Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, Norvich Markaziy masjidi va Islom jamoatchilik markaziga topshirilgan ovqatlar tarkibida tovuq taomlar va guruchli sabzavot karrisi bor edi.
"Biz faqat jamiyat uchun, ayniqsa pandemiya munosabati bilan biror bir narsa qilishni xohlagan edik", - deydi aktsiya tashkilotchilaridan biri Sirajul Islom.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Allohning Kalomiga behurmatlik - iymondan ayiradi

06.08.2025   999   1 min.
Allohning Kalomiga behurmatlik - iymondan ayiradi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Qur’oni karim oyatlari yozilgan qog‘ozlarni yerga tashlash yoki ulardan meva-cheva, pista-bodom va shunga o‘xshash narsalarni o‘rashda foydalanish holatlari uchramoqda. Bunga dinimizning munosabati qanday bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Qur’oni karim oyatlari, hatto uning boshqa tilga o‘girilgan tarjimasi yozilgan varaqlardan siz aytgan holatlarda foydalanish noto‘g‘ri, balki og‘ir gunoh hisoblanadi. Chunki bu Qur’oni karimni tahqirlash va xorlash demakdir. Bunday ishlarni qasddan qilgan kishi iymonidan ayriladi. Qur’oni karimni ulug‘lab ehtirom qilish, tahoratsiz holda ushlamaslik, nojo‘ya joylarga qo‘ymaslik dinimizning qat’iy talabidir. Imom an-Navaviy rahimahulloh bu haqda shunday deganlar:

“Barcha musulmonlar Qur’on mus'hafini asrash va uni hurmat qilish farz ekaniga ijmo (ittifoq) qilishgan. Bizning mazhab ulamolari va boshqalar ham bunday deyishgan: "Agar bir musulmon Mus'hafni axlatxonaga tashlasa, u bu amali bilan kofir bo‘ladi (Alloh saqlasin)!” (“At-Tibyon” kitobi). 

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, Qur’oni karimni hurmat qilish har bir musulmonning e’tiqodiy burchidir. Qur’on sahifalarini har qanday nojo‘ya maqsadda ishlatish, uni kamsitish — Allohning Kalomiga nisbatan ochiq behurmatlik bo‘lib, bu ish katta gunoh bo‘lishi bilan birga iymondan ayiruvchi razil amaldir. Tavfiq Allohdan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.