Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyul, 2025   |   26 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:30
Quyosh
05:08
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:25
Bismillah
21 Iyul, 2025, 26 Muharram, 1447

AQSh musulmonlari barcha din ahllariga yordam bermoqda

08.02.2021   1366   1 min.
AQSh musulmonlari barcha din ahllariga yordam bermoqda

Qo'shma Shtatlar bo'ylab bir necha musulmon guruhlar va Islom markazlari og'ir damlarda muhtojlarga yordam berish uchun ko'p mehnat qilishdi. Texas shtatining H'yuston shahrida etakchi musulmon notijorat tashkiloti barcha dindagi odamlarga xayr-ehson qiladi. 2005 yilda H'yustonda o'z ishini boshlagan ICNA Relief fuqarolarni oziq-ovqat, tibbiy yordam va uy-joy bilan ta'minlash bo'yicha harakatlarni olib boradi.
"Tashkilotimiz logotipiga qarasangiz, u erda "insoniyat uchun musulmonlar"deb yozilgan. Bu dinimizning asosi", - deydi H'yuston shahridagi ICNA Relief vakili Semi Buxoriy.
ICNA ishining katta qismi qochqinlarga yordam berishga qaratilgan bo'lsa-da, ammo barchasi 2020 yilda dunyoni COVID-19 pandemiyasi qamrab olganidan keyin o'zgardi. Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, Houston Food Bank bilan hamkorlikda barcha millat vakillariga ICNA Relief dan oziq-ovqat mahsulotlarini olib turishdi.
"Biz bir oyda (pandemiyadan oldin) 450 ga yaqin oilani oziq-ovqat bilan ta'minlayotgan edik", - deydi Buxoriy. - Iyul' va avgust oylarida bu ko'rsatkich 1200 dan 1400 nafar kishiga etdi".
ICNA – Shimoliy Amerikadagi eng yirik notijorat musulmon tashkilotlaridan biri.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bunday holatda namoz qaytadan o‘qiladimi?

21.07.2025   481   1 min.
Bunday holatda namoz qaytadan o‘qiladimi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: O‘qilgan namozimdan ko‘nglim to‘lmadi. Shu namozni qayta o‘qishim kerakmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu masalaning biroz tafsiloti bo‘lib, unga ko‘ra namoz quyidagi holatlarda qayta o‘qilishi lozim:
•  Namozda biror farz amal bajarilmay qolib ketgan bo‘lsa;
•  Namozda biror vojib amal qasddan bajarilmay qolib ketsa;
•  Namozda biror vojib amal unutib bajarilmasa va namoz oxirida sajdai sahv ham qilinmay tugatilgan bo‘lsa.

Agar namozda sunnat amallar tark qilingan bo‘lsa yoki namoz makruhlik bilan o‘qilgan bo‘lsa, u holda namozni qayta o‘qish vojib emas, balki mustahab  (chiroyli sanalgan) ish hisoblanadi. Ushbu holatda qaytadan o‘qimasa ham gunohkor sanalmaydi.
Savolda so‘ralgan holatga kelsak, ko‘ngil to‘lmasligi yuqorida sanab o‘tilgan farz yoki vojib amal tark qilingan holatlar sababli bo‘lsa, namoz qayta o‘qilishi kerak. Ammo haqiqatda sobit bo‘lmagan shubha-gumonlar, vasvasalar sababli ko‘ngil to‘lmayotgandek bo‘lsa, u holda namozni qayta o‘qilmaydi. Chunki ko‘p hollarda “ko‘nglim to‘lmayapti”, deb namozni qayta-qayta o‘qiyverish insonni o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi va vasvasa kasaliga chalinishiga olib keladi.

Shunday ekan, namozda bajariladigan farz, vojib, sunnat amallar haqida yaxshi o‘rganish, eng asosiysi turli xayollarga chalg‘imasdan namozni e’tibor bilan ado etish lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar