Gollivud aktrisasi Anjelina Joli Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Uinston Cherchill' tomonidan chizilgan "Qutubiya masjidining minoralari" kartinasini sotishga qaror qildi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Kartina Christie’s auktsionida sotiladi, kimoshdi savdolari 1 mart kuni boshlanadi. Auktsion uyi mutaxassislari Cherchill' kartinasi 3,4 million dollarga sotilishi mumkin, deb hisoblashmoqda.
Ma'lumki, Cherchill' ashaddiy havaskor rassom edi. Hayoti davomida 500 dan ortiq kartinalarni chizgan.
Sobiq er va xotin bo'lmish Pitt va Joli birgalikda qiymati taxminan 25 million dollarga baholanadigan san'at asarlarining katta kollektsiyasini to'plashgan. Er-xotin 2011 yilda Atlas tog'larining fonida masjid tasviri bilan kartinani sotib olishgan edi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘tgan solihlardan qoida va meros bo‘lgan so‘z bor:
من رام العلم جملة ذهب عنه جملة
."Kimki ilmning hammasini birdaniga o‘rganishni istasa, ilmning hammasidan quruq qoladi"
Oz vaqtda ilmning hammasini o‘rganib olaman, deya xomtama bo‘lgan talaba, ilmning hammasidan bebahra qoladi. Hech narsaga erishmaydi.
Qur’oni karim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 23 yil davomida nozil bo‘lgan...
Imom Burhoniddin Marg‘inoniy rahimahulloh "Hidoya" asarini 13 yil mobaynida ro‘zador holda yozganlar...
Imom Buxoriy rahimahulloh "Sahihul Buxoriy"ni 16 yilda, tahorat olgan holda va ikki rakat nafl namoz o‘qib, yozganlar...
Ilm kitoblari harfma-harf va kalima-kalima izohlab o‘rganiladi. Igna bilan quduq qazishga sabr-toqat, oliy himmat, intizom va uzoq vaqt zarur. Shoshqaloqlik va puxtalik bir-biriga zid – hech qachon jamlanmaydi.
Muhtaram tolibi ilm! Ilmning boshi sabrdir: kitobga sabr qilasiz, ustozga sabr qilasiz, yashayotgan shahringizga sabr qilasiz, hamdarslaringizga sabr qilasiz va hokazo.
Ilm olish lazzatiga erishgach, sabr maqomidan rozilik va muhabbat maqomiga o‘tib olgach hayotingiz mazmuni kitob va ustozlar suhbatiga aylanadi.