O'zbekiston Respublikasining Bryussel' shahridagi elchixonasi mamlakatimiz Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi bilan hamkorlikda «O'zbekiston: ziyorat turizm uchun imkoniyatlar» mavzusida onlayn-anjuman o'tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Tadbirda Benilyuks mamlakatlari, Daniya va O'zbekistondagi yigirmaga yaqin turizm kompaniyasi vakillari, tadbirkor vatandoshlar qatnashdi.
Anjuman avvalida 2019-2020 yillarda mamlakatimizga borayotgan turistlar sonini ko'paytirish uchun elchixona tomonidan amalga oshirilgan ishlar va statistik ma'lumotlar keltirildi. Hususan, 2019 yilda vakolatxona tomonidan Benilyuks mamlakatlari va Daniyada ellikdan ortiq tadbir o'tkazilgan va xalqaro ko'rgazmalarda mamlakatimiz sayyohlik salohiyati namoyish etilgan. Natijada, 2018 yilga nisbatan respublikaga konsullik okrugiga kiruvchi mamlakatlardan tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 50 foizga oshgan.
Shuningdek, 2020 yil yanvar'-fevral' oylarida ham bu ko'rsatgich 15 foizga ko'paygan bo'lsada, koronavirus pandemiya sababli keyingi oylarda bu ko'rsatgichlar 92 foizga tushib ketgani qayd etildi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi vakillari tomonidan ishtirokchilar uchun O'zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar, aynan ziyorat turizm yo'nalishidagi o'zgarishlar hamda respublikaning turli hududlaridagi mavjud sayyohlik imkoniyatlari to'g'risida ma'lumot beruvchi onlayn-taqdimot namoyish etildi.
Shuningdek, xorijdagi vatandosh tadbirkorlar hamda ular ishtirokidagi turizm kompaniyalari ko'magida xorijiy davlatlarda mamlakatimizning turizm salohiyatini keng namoyon qilish orqali yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirish, bu borada qilinish kerak bo'lgan masalalar va mavjud muammolar muhokama qilindi.
Anjuman yakunida xorijdagi va O'zbekistondagi turizm kompaniyalari vakillari kelgusida doimiy hamkorlik qilish, Benilyuks mamlakatlari va Daniyada pandemiyaga qarshi choralar yumshagach, qo'shma tadbirlar o'tkazishga kelishib olindi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
#Sayyor_yig‘ilish
Xabaringiz bor, shu yil haj mavsumida xurmatli Prezidentimiz O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bilan telefon orqali muloqot qilib, hojilarning hol-ahvollarini so‘radilar.
Bu yil yurtimizdan hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiliklarida yurtga qaytgach, «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» degan ezgu tashabbusni ilgari surgan edilar.
Shu tashabbus ayni kunlarda amalga ko‘chib, hojilarimiz mahallalarga kirib, tinchlik va ma’naviyatni targ‘ib etmoqdalar.
Bugun, 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov olib borgan yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi mas’ul xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari, ulamolar, otinoyilar hamda «Haj 2025»da hajga borgan hoji otalar va hoji onalar ishtirok etishdi.
Dastlab Toshkent shahar bosh imom-xatibi raisliklarida tumanlar bosh imom-xatiblari, shuningdek, tajribali imom-xatiblardan iborat Ishchi guruh shakllantirildi.
Abduqahhor domla amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami, Ishchi guruh a’zolari hamda imom-xatiblar hamkorligining muhim jihatlari xususida yig‘ilganlarga tushunchalar berdilar.
Shundan so‘ng tumandagi barcha imom-xatiblar hojilar bilan birgalikda hududdagi 20 ta mahallaga chiqib, yuzga yaqin xonadonga kirishdi.
Ajrim yoqasiga kelib qolgan bir oilaga kirilib, ularga hojilar zarur tavsiyalarni berishdi. Oila boshliqlari xato qilganlarini anglab yetdilar.
Tadbir doirasida jismoniy imkoniyati cheklangan onaxonga maxsus aravacha hadya qilindi. Onaxon ko‘zidagi quvonch yoshlari bilan shu xayrli ishlarning boshida turgan aziz insonlarni alqab, ularga minnatdorligini izhor qildi.
Ehtiyojmand bir oilaga zamonaviy televizor hamda ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Yosh oilaga adabiy-badiiy kitoblar ulashildi.
Ko‘ngli o‘ksik insonlar holidan xabar olingani tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Bugungi tadbirni o‘tkazishdan maqsad yurtimizda inson qadri, sha’ni ulug‘ ekanini, odamlarga yaxshilik ulashib yashash, yurtimizda hukm surayotgan tinchlikning qadriga yetish, o‘zaro hamjihatlikni ta’minlash, yoshlarimizni turli yot g‘oyalardan asrashda hojilarimizning xizmati beqiyos ekanini ko‘rsatmoqda.
Aslida imom-xatiblarimiz har kuni shunday xayrli ishlarni amalga oshirmoqdalar. Bugunga kelib bu ish tizimli va keng ko‘lam kasb etib, takomillashib bormoqda.
Tadbir ishtirokchilari yana «Mulla Qosim» jome masjidiga qaytib, amalga oshirilgan ishlarni o‘rtaga tashlab, kelgusidaig rejalarni belgilab olishdi.
* * *
Peshin namozidan so‘ng Abduqahhor domla «Mulla Qosim» jome masjidida jamoatga «Shukronalik va tinchlikning qadri» mavzusida mav’iza qilib berdilar.
Xayrli duolar bilan sayyor yig‘ilish o‘z nihoyasiga yetdi.
* * *
Eslatib o‘tamiz, keyingi shunday tadbir Sergeli tumanida o‘tkaziladi.
Ulashing | @MuslimShosh