O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi tomonidan nashrga tayyorlangan “To'rt mazhabboshi imomlardan go'zal ibratlar” risolasi chop etildi. Mazkur risolada to'rt mazhab – hanafiy, shofe'iy, molikiy va hanbaliy mazhablari imomlarining hayotiga oid ibratli voqealar bayon etilgan.
Risolada odob-axloq, ta'lim-tarbiya, insoniylik fazilatlarini boyitishga xizmat qiluvchi hamda inson ruhiyatini kamolotga etkazuvchi sifatlar haqida so'z boradi. Shuningdek, ajdodlarimizning urf-odat va an'analari asosida shakllangan go'zal odoblarimiz batafsil yoritilgan.
Ulamolarning hayotiga bag'ishlangan tabaqot asarlari asosida Abdushukur Muratov tomonidan tayyorlangan mazkur risola keng kitobxon ommasi uchun mo'ljallangan.
O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi
Axborot xizmati
F.Abduxoliqov mamlakatimiz nomidan JMLning islom olamidagi sa’y-harakati, xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini e’tirof etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida o‘tkazilgan Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan birinchi xalqaro tadbirda Bosh kotib musulmon xalqlari vakili sifatida qilgan ma’ruzasini yuqori baholadi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA