Misrning Fly Egypt aviakompaniyasi O'zbekistonga doimiy reyslarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Kun.uz bildirishicha, bu haqda O'zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, O'zbekiston hukumati va Misr hukumati o'rtasida tuzilgan Havo qatnovi to'g'risidagi bitim asosida, 2021 yil 3 fevralda “O'zaviatsiya” agentligi tomonidan Fly Egypt aviakompaniyasiga O'zbekistonga muntazam ravishda aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
Ruxsatnoma Qohira – Toshkent – Qohira va Sharm al-Shayx – Toshkent – Sharm al-Shayx yo'nalishlarida parvozlar uchun berildi.
Aviakompaniya reyslarni Boeing-737-700/800 havo kemalarida amalga oshirishini ma'lum qildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan bir janoza olib o‘tildi, shunda u zot alayhissalom: "Tin oluvchi va undan tin olinuvchi", dedilar.
"Yo Allohning Rasuli, tin oluvchi va undan tin olinuvchi nima?" deyishdi.
U zot alayhissalom: "Mo‘min banda (vafot etsa) dunyoning qiyinchiliklaridan istirohat oladi. Fojir banda (o‘lsa) undan bandalar, elu yurtlar, dov-daraxtlar va jonzotlar qutuladilar", dedilar» (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyati).
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Birortangiz vafot etganida unga o‘rni ertayu kech ko‘rsatib turiladi: agar jannat ahlidan bo‘lsa, jannat ahlidan ekani, do‘zax ahlidan bo‘lsa, do‘zax ahlidan ekani. "Alloh seni qiyomat kuni qayta tiriltirgunicha sening o‘rning mana shudir", deyiladi", dedilar» (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilishgan).