Mamlakatimiz hududida «Chashmai Ayyub» nomi bilan ataluvchi uchta maqbara bor. Bular Buxorodagi «Chashmai Ayyub» xazirasi. Maqbara masjid va uning ichidagi quduqdan iborat bo'lib, bular XII -XVI asrlarda qurilgan. Ikkinchisi Qarshi shahridagi «Chashmai Ayyub» maqbarasi XII-XV asrlarga mansub. Ushbu nomdagi uchinchi maqbara Vobkent tumanidagi Hargush va Hayrobod qishloqlari kesishuvida joylashgan. Ma'lumotlarda ushbu obida hijriy 650 yil (1252-1253 yillar)da qurilgani keltirilgan.
«Dunyo» AA xabariga ko'ra, ushbu yodgorlik nomining kelib chiqishi ham o'ziga xos. Ya'ni bu erda shifobaxsh chashma muqaddaslashtirilib, mashhur payg'ambar Ayyub alayhissalom nomi bilan bog'langan. Rivoyatlarga ko'ra, Ayyub alayhissalom Buxoroga kelgan. Ma'lumki, ul muborak zot hassalarini qayerga ursalar, shu erdan buloq otilib chiqqan ekan. Mazkur chashmaning nomi ham yuqoridagi rivoyatga bog'lanadi.
HIV asrda Amir Temur topshirig'iga binoan xorazmlik ustalar tomonidan buloq va quduq ustida bino barpo etilgan.
Quduqdagi baland tortish qurilmasi ustidagi gumbazga Horazm uchun xos bo'lgan shakl berganlar. Bu masjidda to'rtta uncha baland bo'lmagan minora hamda gumbaz zangori rangda bo'lib, masjidga o'zgacha qiyofa bag'ishlaydi.
Sharq me'morchiligi uchun sun'iy suv havzalari bo'lgan hovuzlardan nafaqat amaliy maqsadlarda, balki shaharga bezak sifatida ham foydalanish odatiy tus olgan.
«Chashmai Ayyub» maqbarasida milodiy 1017 yilda vafot etgan hadisshunos olim Abu Sa'd al-Harjushiy dafn etilgan. Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, ushbu maqbara masjid va darveshlar xonaqosi vazifasini o'tagan.
Yodgorlikning qabristonda qurilganligi uning maqbara vazifasini bajarganini bildirsa, savdo yo'li ustida joylashganligi undan xonaqoh sifatida foydalanilganidan darak beradi.
Maqbara asrlar davomida qanchadan-qancha talon-taroj va to's-to'polonlarni boshdan kechirgan. O'tgan 800 yillik tarixiy davr «Chashmai Ayyub»ning umumiy holatiga ta'sir ko'rsatmasdan qolmadi.
Hozirda yodgorlikning faqat portal qismi hamda unga tutash devorning bir bo'lagi bizgacha etib kelgan, xolos.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
حدثنا أبو جعفر محمد بن علي الوراق نا عبيد الله بن محمد أبو محمد القرشي التيمي نا عبد الرحمن بن حماد نا حفص بن سليمان أنا طلحة بن يحيى بن طلحة عن أبيه عن طلحة بن عبيد الله قال: سألت رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم عن تفسير سبحان الله قال: فقال: هو تنزيه الله عن كل سوء.
Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamdan “Subhanalloh”ning tafsiri haqida so‘radim. U zot alayhissalom: “U Alloh taoloni har qanday nopoklikdan poklashdir”, dedilar”.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD