Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida «O'zbekgidroenergo» AJ Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
«O'zbekgidroenergo» ma'lumotiga ko'ra, hamkorlik doirasida «O'zbekgidroenergo» AJning mahalliy va xorijiy kapital bozorlariga chiqishi bo'yicha hamkorlik qilish, qimmatli qog'ozlar, jumladan, Islom tamoyillariga asoslangan qimmatli qog'ozlarni chiqarish vazifalari amalga oshiriladi. Unga ko'ra, joriy yilning iyul'-avgust oylarida obligatsiyalarni chiqarish rejalashtirilmoqda.
Hozirgi kunda aktsiyadorlik jamiyati «yashil» islomiy obligatsiyalarni chiqarish bo'yicha izchil izlanishlar olib bormoqda. Hususan, bir qator nufuzli xorijiy investitsiya muassasalari, AQShning «Citibank», «JPMorgan Shase», Shveytsariyaning «Credit Suisse», Birlashgan Arab Amirliklarining «Emirates NBD», Frantsiyaning «Societe Generale» singari nufuzli banklari bilan islomiy obligatsiyalarni joylashtirish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda bo‘limi direktori Farid bin Saad ash-Shahriy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Uchrashuv avvalida Farid bin Saad ash-Shahriy mamlakatimiz bosh konsulini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, Saudiya TIV rahbari tomonidan imzolangan konsullik ekzekvaturaning asl nusxasini taqdim etdi.
U, shuningdek, Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda bo‘limi O‘zbekiston Bosh konsulxonasini barcha masalalarda qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik barcha yo‘nalishlarda mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, o‘zaro savdo-iqtisodiy, sayyohlik, ilm-fan va madaniyat sohalarida bo‘lib o‘tadigan xalqaro ko‘rgazma, festival va konferensiyalar haqida o‘zaro ma’lumotlar almashish hamda vakillar ishtirokini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar Bosh konsulxona qoshida "O‘zbek tili va madaniyati" markazini tashkil etish imkoniyatlari xususida fikr almashildilar.
Bundan tashqari, "Haj-2025" mavsumini yuqori darajada tashkil etish, xususan O‘zbekistondan keladigan bo‘lajak hojilarga munosib sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati