Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Davriy nashrlarda: Yerdagi yulduzlar

05.02.2021   1934   4 min.
Davriy nashrlarda: Yerdagi yulduzlar

Bu muborak hadis olimlarning ummat oldidagi qadrini namoyon qiladigan eng ulug' hadislardan biri hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: “Darhaqiqat, Yer yuzidagi olimlarning misoli xuddi osmondagi yulduzlarning misoli kabidir…” (Imom Ahmad rivoyati).

Yer yuzidagi olimlar bilan osmondagi yulduzlar o'rtasida qanday o'xshashlik bor? Alloh taolo Qur'oni karimda yulduzlarning uchta foydali jihatini bizga xabar beradi: «Haqiqatan, Biz (Yerga) yaqin osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik va ularni shaytonlarga otiladigan toshlar qilib qo'ydik» (Mulk surasi, 5-oyat). 

«(Yo'llarga) belgilar ham (qo'ydi). Yulduzlar bilan ham ular yo'l topurlar» (Nahl surasi, 16-oyat). 

Demak, yulduzlarning birinchi foydali xususiyati osmonni bezab turadigan chiroqlar bo'lganidir. Olimlar ham xuddi shunday Yer yuzini bezab turuvchi chiroqlardir. Avvalgi zamonlarda odamlar “olimlar”, “ulamolar” deb ishlataverishgan. Ammo hozir biz “olimlar” so'ziga “rabboniy olimlar”, “adolatli imomlar”, “to'g'ri yo'lda yuruvchilar” kabi ilmiga muvofiq amal qiladigan sifatlarni qo'shib aytishga majbur bo'lyapmiz. Ana shunday sifatga ega bo'lgan olim voqelikda Yer yuzining ko'rki, ziynati hisoblanadi. Chunki chinakam olimlarning Yerdagi hayotga bo'lgan ta'siri juda ulkandir. 

Yulduzlarning ikkinchi foydali xususiyati «shaytonlarga otiladigan toshlar», ya'ni osmon soqchilari ekanidir. Olimlar ham Yer yuzidagi Islom soqchilari bo'lib, ular Islom aqidasini, ibodatlarini, axloqini johillikdan, shaytoniy xurujlardan qo'riqlab turishadi. Yulduzlar osmon sirlaridan voqif bo'lish uchun yaqinlashgan shaytonlarga otiladigan toshlar bo'lgani kabi Yer yuzidagi olimlar ham inson qiyofa sidagi shaytonlarga otiladi gan alangali toshlardir.

­Ilmiga amal qiladigan taqvodor olimlar dinni, odamlarni turli bid'atchilarning fitnalaridan, zararlaridan himoya qilib turishadi. Chunki bunday buzuq niyatli kimsalarni, ularning zararlarini faqatgina u bilan zamondosh bo'lib, uning madaniyati va mentalitetini yaxshi biladigan ilmiga amal qiluvchi, taqvodor, farosatli, ziyrak olim ko'ra bilishi va daf qilishi mumkin. Aynan shunday olimlar o'z zamonasida paydo bo'ladigan bid'atchi va adashganlarga qarshi tura oladi. Hususan, ularga qarshi kurashda ommaviy axborot vositalaridan ham keng foydalanishadi. 

Yulduzlarning uchinchi xususiyati – odamlar ular orqali yo'llarini topib olishadi. Darhaqiqat, Alloh taolo musofir yo'lovchilar manzillariga yanglishmay etib olishlari hamda Yerning to'rt tomonini va qiblani aniqlash uchun osmonda Surayyo, Yetti og'ayni, Oltin qoziq, Qutb yulduzlarini alomat sifatida yaratib qo'ygan. 

Olimlar Yerga ziynat va himoyachi bo'lish bilan birga, to'g'ri yo'lni ko'rsatib turuvchi yo'lchi yulduz hamdirlar. To'g'rilik va haq yo'lni izlaganlarga olimlar doimo to'g'ri yo'lni ko'rsatib berishgan. Olimlarga muhabbatli, ularni o'zlariga yo'lboshchi qilib olgan insonlar ulardan taralayotgan hidoyat nuridan foydalanib baxtu saodatga erishadilar. 

 

 Shayx Muhammad AVVOMA hafizahulloh suhbatlari asosida 

Azizbek HOLNAZAROV tayyorladi.
“Islom Nuri” diniy-ma'rifiy gazetasining 2020-yil, 23-sonidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

24.07.2025   19374   2 min.
Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi

#xabar #kirish_imtihoni #hadis_ilmi_maktabi

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabining 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi. 


Shu munosabat bilan erta tongda Toshkent shahridagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, imtihon oluvchi pedagog-o‘qituvchilar, abituriyentlar ishtirok etdi.

 

Dastlab Hadis ilmi maktabi rektori Barot domla Amonov qabul imtihonlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari, abituriyentlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.


Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov nutq so‘zladi. Notiqlar yurtimizda diniy ta’limga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritish barobarida qabul imtihonlarida abituriyentlarning bilimlilarini saralab olish asosiy maqsad ekanini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, imtihonlarni shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishi ta’minlanishiga urg‘u berishdi.  


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Cho‘lponov tomonidan ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari tushuntirildi. Shundan so‘ng Qabul hay’ati a’zolari, abituriyentlar va ota-onalar guvohligida imtihon varaqalari solingan va muhrlangan maxsus qoplar ochilib, ijodiy imtihonga start berildi. 


Ma’lumot o‘rnida, bugun “Hadis” va “Mustalahul hadis” fanlaridan og‘zaki ijodiy imtihon o‘tkaziladi. Ertaga, 25 iyul kuni Arab tili va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 


2025-2026 o‘quv yili imtihonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz telegram sahifasida kuzatib boring. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi Hadis ilmi maktabiga kirish imtihoni boshlandi