Sayt test holatida ishlamoqda!
13 May, 2025   |   15 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:06
Peshin
12:24
Asr
17:23
Shom
19:36
Xufton
21:04
Bismillah
13 May, 2025, 15 Zulqa`da, 1446

Dadamni yaxshi ko'r! Huddi men seni yaxshi ko'rgandek...(bo'lgan voqea)

04.02.2021   6786   1 min.
Dadamni yaxshi ko'r! Huddi men seni yaxshi ko'rgandek...(bo'lgan voqea)

Kuni bo'yi ishxonada yugur-yugurlar ko'paydi. Kamiga ancha vaqt sarflab qilgan ishim boshlig'imizga yoqmadi... Bir uyum kamsitishlar ila no'noqlikda aybladi.


Uyga qaytyapman. Qattiq asabiylik oqibatimi yoki xayolim qochdimi yo'ldagi "tanish chuqurchani" ko'rmay qolib mashinaning g'ildiragini rasvo qildim.

Uyga kelsam ovqat qilinmagan ustiga ustak ayolim ham betob. Unga ovozim boricha baqirdim va jahl bilan yotoqqa kirib yotib oldim. Hayolimda faqat rahbarning asabiy ko'rinishi va aytgan gaplari...

Shu payt, uch yoshli o'g'lim kelib "dadajon mashinangizni mingim kelyapti", degancha, ustimga o'zini otdi (odatda shunday qilishi menga juda ham yoqardi). Uni ustimdan uloqtirib "yo'qol ko'zimdan" deb o'shqirgancha xonadan chiqarib yubordim. U yig'lab-yig'lab onasini yoniga ketdi.

Oradan qancha vaqt o'tdi bilmayman, ko'zim ilingan ekan. Soat tungi 01:00. O'g'lim jajji qo'llari bilan yuzimdan silab, biroz qo'rquv bilan uyg'otdi: "Dadajon xuftonni o'qimay uxlab qolibsiz". Qarasam qo'lida joynamoz. Biroz bir-birimizga tikildik. O'g'limning ko'zida ma'yuslik va mehr qalqib turibdi. Borib tahorat oldim, o'g'lim esa joynamoz ko'targancha ortimdan ergashib yurdi. Uning qo'lidagi joynamozni olib, namoz o'qishni boshladim.

Bir mahal o'g'lim oyoqlarim orasiga kirib: "Allohim dadamni xafa qilganlarni yaxshi odamga aylantir, dadamni yaxshi ko'r, xuddi men seni yaxshi ko'rgandek", deya, ovoz chiqarib duo qildi...

Men esa yig'idan o'zimni to'xta olmadim, hatto, soqolim va ko'ylagim ho'l bo'lib ketdi…

Saidabror Umarov

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar

Huquqiy savodxonlik soati

07.05.2025   14586   1 min.
Huquqiy savodxonlik soati

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov rahbarliklarida viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlar mutavallilari uchun yig‘ilish o‘tkazildi.


Yig‘ilishda viloyat Adliya boshqarmasi mutaxassisi Z.Axmedxodjayeva, Yangi Namangan tumani kadastr bo‘limi boshlig‘i O.Usmanov, notarius A.Artiqovlar ishtirok etdilar. 


Unda notiqlar tomonidan mutavalli masjid imom-xatibining xo‘jalik ishlari bo‘yicha yordamchisi, masjidlarning iqtisodiy faoliyatini yaxshilash, xodimlarning oylik ish xaqi bilan ta’minlash,  qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan tartib va me’yorlarga rioya qilgan holda amalga oshirish, masjid mulkini iqtisod qilish maqsadida geleokollektorlar o‘rnatish, mavjud qozonxonalarni xavfsiz hududlarga olib chiqish, ish yuritish nomenklaturasiga, ichki mehnat tartib qoidalariga va muomala madaniyatiga rioya qilish, masjidlarning tozalik va obodonlashtirish ishlariga mas’ul ekanini aytib o‘tildi.


Masjidlarning ta’sis xujjatlari, ish haqlarini me’yorlashtirish, yangi xodim ishga qabul qilinganda Adliya boshqarmasini onlayn xabardor qilish, masjidlardagi mavjud “tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni yuritish tartibi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.


Yig‘ilish davomida masjidlarning qo‘shimcha yer maydonlarini qonuniylashtirish, kadastr hujjatini rasmiylashtirish tartib-qoidalari va huquqiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 


Yig‘ilish davomida  qatnashchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga  mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati Huquqiy savodxonlik soati