Har doim qabr azobi haqida so'zlashadiyu, qabr rohati haqida so'zlanmaydi.
Qabr ne'matlari:
1. Unga jannat to'shaklaridan to'shab beriladi.
2. Unga jannat liboslaridan kiydiriladi.
3. Unga shamol, nasimi kelib turishi, xushbo'y hidlaridan hidlashi va unga qarab ko'zlari quvnashi uchun jannatdan bir eshik ochib beriladi.
4. Qabri unga kengaytirib beriladi, uning hidi xo'shbo'ylik hidi kabi bo'ladi.
5. Unga Allohning roziligi va jannatining xushxabari berib turiladi. Shu sababli ham u qabr sohibi qiyomat kelishiga mushtoq bo'ladi.
Imom Ahmad va Abu Dovudlar rivoyati.
6. Jahannamdagi o'rni ko'rsatilib, Alloh taolo unga jannatdagi o'rin bilan alishtirib berilganini ko'rsatilganidan keyingi uning sururi
Imom Ahmad rivoyati.
7. Qabrda xuddi kuyov boladek uxlab yotadi va qabri nurlantirib qo'yiladi.
Imom Termiziy rivoyati.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam doim Alloh taolodan qabr azobidan panoh so'rar edilar.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam duolarida: «Allohim! Sening ila qabr azobidan, do'zax azobidan, tiriklik va o'lim fitnasidan va Masiyh Dajjolning fitnasidan panoh so'rayman», der edilar.
Ikki Shayx va Nasaiy rivoyat qilgan.
Inson umri poyoniga etib qabrga dafn etilgach, uning joni yana qayta jasadiga kiradi. Bu masalada ba'zi ahli ilmlar tavaqquf qilib qat'iy qarorga kela olmagan bo'lsalarda, lekin aksar ulamolarga ko'ra bu haqiqatdir.
Bugun, 30 iyul kuni poytaxtimizdagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidida Toshkent Islom institutining modul ta’lim tizimiga 2025-2026 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari boshlandi.
Mazkur ta’lim yo‘nalishiga o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan, shuningdek, 4 yil va undan ortiq muddat davomida diniy sohada faoliyat yuritgan imom-xatib va imom noiblari hujjat topshirgan.
Imtihon oldi mutasaddilar tomonidan test imtihonini o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari batafsil tushuntirildi. Asosiy e’tibor adolat va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, imtihon jarayoniga soha mutaxassislari bilan bir qatorda turli tashkilotlar vakillari ham jalb etilgan.
Modul ta’lim tizimiga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar quyidagi ikkita asosiy yo‘nalish bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadi:
* Ixtisoslik fanlar majmuasi: Qur’oni karim va tajvid, hadis, fiqh, aqoid kabi muhim fanlar;
* Ijtimoiy-gumanitar fanlar majmuasi: O‘zbekiston tarixi, Ma’naviyat asoslari, Milliy g‘oya kabi fanlar bo‘yicha.
Ma’lumot o‘rnida mandat natijalari barcha oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkazilgandan so‘ng 3 ish kunida e’lon qilinadi.
Imtihon jarayoniga oid tezkor yangiliklar @qabulmuslimuz telegram kanalida yoritib boriladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati