Checheniston Respublikasi turizm vaziri o'rinbosari Ahmad Hazuyev va turizm rivojlantirish, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish departamenti direktori Med Atiyev, Checheniston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Hasan Hakimov raisligida, Rostov-Don shahridagi O'zbekiston Respublikasi konsulligi vakillari Rustam Qo'rg'onboyev va Ho'jabaxlil Asomovlar bilan uchrashdi, xabar bermoqda «Chechnya Segodnya» axborot agentligi.
- Kun tartibiga sayyohlik sohasida tomonlar o'rtasida o'zaro hamkorlik, sayyohlik oqimlarining o'zaro hamkorligini yaxshilash mavzulari kiritildi, shuningdek, joriy yilning fevral' oyida Grozniy shahrida "O'zbekistonga ziyorat turlari" mavzusida bo'lib o'tadigan taqdimot marosimini o'tkazish masalalari ko'rib chiqldi, - dedi Checheniston Respublikasi turizm vazirligi vakillari.
Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko'ra, ushbu tur nafaqat Shimoliy Kavkaz aholisi, balki butun dunyodan kelgan mehmonlar uchun ham dolzarb va talabga ega bo'ladi. Checheniston Respublikasining barcha turoperatorlari va sayyohlik agentlariga "O'zbekistonga ziyorat turlari" haqida ma'lumot beriladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Narpay tumani markaziy masjidi hisoblangan “Naqshbandiy” jome masjidining yangi binosi qurilishiga dastlabki g‘isht qo‘yildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda oqsoqollar, imomlar, ziyoli va mas’ullar ishtirok etdi.
Marosimda so‘z olgan Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrulla domla Sattorov va tuman hokimi Sherbek Buranov masjid qurishning foydalari, katta savobligi, uning homiylar va hashar yo‘li bilan barpo etilayotgani tahsinga loyiqligini ta’kidladi.
Xayrli ishni boshlashdan oldin Qur’oni karim tilovat qilinib, ezgu amallar bardavom bo‘lishi, elu yurtga omonlik va farovonlik so‘rab, duoga qo‘l ochildi.
Ma’lumot o‘rnida ushbu yangi masjid ikki qavatdan iborat bo‘lib, jami 5 000 namozxonni o‘z bag‘riga oladi. Uning qurilish ishlari 2026 yilga qadar yakunlanishi mo‘ljallangan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
Matbuot xizmati