Qirol Saud universiteti talabasi Renad Hussaynning ixtirosi sayyoramizda 644 million nafar eshitishda nuqsoni bo'lgan odamlarga avtomobilni boshqarishga yordam berishi mumkin, deb xabar beradi Emirateswoman sayti.
Qirol Saud universiteti (Saudiya Arabistoni) tibbiyot fakul'teti talabasi Renad Hussayn kar odamlarga avtomobilni boshqarishga yordam beruvchi tizimni ixtiro qildi. Akustik datchiklar transport vositalarining tashqarisidagi tovushlarni o'zgartiradi va mo'ljal olishga imkon bergan holda ularni avtomobil' ichidagi ekranga tasvir va rang ko'rinishida yuboradi. Ushbu yutuq uchun u 2020 yilda dunyodagi eng yaxshi ayol ixtirochi sifatida Jahon intellektual mulk tashkiloti Kubogiga sazovor bo'ldi.
Islamosfera nashrining ma'lumotga ko'ra, Renad Humsaynning yutuqlari birinchi marta yuqori baholangani yo'q. U 2019 yilda Malayziyada o'tkazilgan xalqaro ixtiro va innovatsiyalar ko'rgazmasida oltin medalni, shuningdek 2020 yilda dunyodagi eng yaxshi ixtiro uchun Koreya xalqaro Olimpiadasida oltin mukofotni qo'lga kiritdi.
JSST 2050 yilga kelib dunyo bo'yicha 900 milliondan ortiq kishi eshitish qobiliyati zaif bo'ladi, deb taxmin qilmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Cavol: Hozirgi kunda “taqsit savdosi” haqida ko‘p eshitib qolyapmiz. U qanday savdo?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. “Taqsit” savdosi deb savdo molini xaridorga darhol topshirib, bahosini bo‘lib to‘lashga kelishgan holda nasiya qilib sotishga aytiladi. Bunda masalan bir kishi mashinani 10 oyga, har oyda 1000 dan, jami 10 000 ga kelishgan holda sotib oladi.
Bu savdoda sotuvchi xaridorga turli takliflarni kiritganda, masalan, “3 oyga narxi 8000 bo‘ladi, 6 oyga 9000 bo‘ladi, 10 oyga 10 000 bo‘ladi” deganda ikki tomon ham muddat va narxni aniq qilib olishlari kerak bo‘ladi.
Agar xaridor va’da qilgan to‘lovlarini to‘lay olmasa, qarzga ustama qo‘shish mumkin emas, garchi uni oldindan shart qilingan bo‘lsa ham.
O‘ziga to‘q (imkoniyati bor) xaridor ado qilishi kerak bo‘lgan qarzni vaqti kelganda to‘lamasligi shar’an nojoizdir. Bu sotuvchiga zulm qilish, ya’ni katta gunoh bo‘ladi.
Taqsit savdosida sotuvchi xaridorning qarzi muqobilida garov talab qilish haqqiga ega. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.