Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: “Erkak o'z ahliga boshliq va u qo'l ostidagiga mas'uldir. Ayol erining uyida boshliq va u o'z qo'l ostidagiga mas'uldir…” (Muttafaqun alayh).
Bu hadisda mas'uliyat masalasi ko'tarilgan. Qiyomat kunida har bir odam o'zining qo'l ostidagilar to'g'risida hisob-kitob qilinadi. Ushbu hisob-kitob ham moddiy, ham ma'naviy haqlar borasida bo'ladi. Masalan, erdan oilasining oziq-ovqat, ki yim-kechak va turar joyga bo'lgan ehtiyojlarini qanday ta'minlaganini hamda ularga Allohni tanitib, ibodatlarni bajarishlari uchun nimalar qilgani haqida so'raladi.
Ma'lumki, inson ikki unsur – ruh va jasaddan iborat. Jasad ozuqaga muhtoj bo'lgani kabi ruh ham ozuqaga muhtoj bo'ladi. Jasadning ozuqasi moddiy narsalardan iborat bo'lsa, ruhning ozuqasi ma'naviy narsalar bilandir. Albatta, bu ikki ehtiyojni qondirish o'ta zarur ish hisoblanadi. Ozuqasiz qolgan jasad halokatga yuz tutgani kabi, ozuqasiz ruh ham halokatga – badbaxtlikka mahkum bo'ladi.
Oila jamiyatning kichik bir bo'lagidir. Inson oila qurar ekan, uning zimmasiga katta mas 'uliyat yuklanadi. Endi u xotini va tug'ilajak farzandlarining taomi, kiyimi va turar joylarini ta'minlashi vojib. Shu bilan birga ularning din-diyonati va tarbiyasi uchun ham javobgar bo'ladi. Ya'ni, xotini yoki farzandlarining qilgan har bir xatti-harakati uchun er (ota) Alloh taoloning huzurida so'roqqa tutiladi. Shuning uchun Alloh taolo mo'minlarga xitob qilib aytadi: «Ey imon keltirganlar! O'zlaringizni va oila a'zolaringizni yoqilg'isi odamlar va toshlar bo'lmish, dag'al va qattiqqo'l, Alloh buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni qiladigan farishtalar xizmat qiladigan do'zaxdan saqlangiz» (Tahrim surasi, 6-oyat).
Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: “Kishining o'z farzandini chiroyli odobaxloq bilan tarbiyalashi ko'p miqdorda qilgan nafl sadaqasidan yaxshiroqdir”. Boshqa bir rivoyatda: “Ota-ona farzandiga go'zal odobdan yaxshiroq narsani tortiq qila olmaydi”, deyiladi (Imom Termiziy rivoyati).
Shunday ekan, ota oila boshlig'i sifatida ayoli va bolalariga chiroyli tarbiya berishni ham zinhor unutmasligi lozim. Ularning tarbiyasi, odob-axloqi ham o'zining zimmasida ekanini his etmog'i darkor. Moddiy jihatdan ta'minlab qo'yish bilan zimmasidagi mas'uliyatni ado qilgan hisoblanmaydi. Balki ularning komil inson, haqiqiy mo'min bo'lib etishishlarida ham javobgarligini anglab etsin. O'z navbatida ayol ham eriga bu borada yordamini ayamasin. Ota- ona zimmasidagi mas'uliyatni chiroyli tarzda ado qilar ekan, oiladagi farzandlar ham vijdonli, imonli, fidoyi bo'lib etishadilar. Bu nafaqat ota- onaning, balki jamiyatning ham yutug'idir.
Abdurasul QAYuMOV,
Chilonzor tumani “Muhsinxonto'ra Eshon” jome masjidi imom-xatibi
“Islom Nuri” diniy-ma'rifiy gazetasining 2020-yil, 22-sonidan
Saudiya Arabistonining yetakchi ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston hayotida kechayotgan muhim voqelarni yoritishda davom etayapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Xususan, ushbu mamlakatdagi ommabop "Sahm News" elektron nashrida O‘zbekiston 2026 yilda Global ekologik fond assambleyasiga mezbonlik qilishi haqidagi ma’lumotni tarqatdi.
"O‘zbekistonning Samarqand shahri 2026 yilgi Global ekologik fond assambleyasiga mezbonlik qilish uchun tanlandi. Assambleya Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va yer degradatsiyasiga qarshi kurashish uchun mablag‘ yig‘ish platformasiga aylanishi kutilmoqda", – deyilgan materialda.
Qayd etilishicha, 2026 yilda Samarqand shahrida Global ekologik fondning sakkizinchi yig‘ilishi va Global ekologik fond kengashining yetmish birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. "Bu qaror AQSHning Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan Kengashning oltmish to‘qqizinchi yig‘ilishida qabul qilindi", deya urg‘ulangan maqolada.
Saudiyaning yetakchi "Watan News" nashri esa O‘zbekiston Prezidentining yaqin kelajakda Bryusselga tashrif buyurishi haqida yozdi. "Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Tobgo Klan to‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumda ma’lum qildi", deya ta’kidlangan manbada.
"Bunday tashrif tarixiy voqea hamda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash uchun noyob imkoniyat yaratadi", – deya Tobgo Klan fikrlaridan iqtibos keltirilgan maqolada.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati