So'ng, bu holatda Imom Abu Hanifa mazhablaridan imom Abu Yusuf va imom Muhammad, imom Shofeiy mazhablaridan imom Muzaniy va imom Ibn Suroyj to'g'ri kelishlarini aytadi.
So'ngra, ularning fatvolari imomning fatvolaridek ekanini aytadi.
Ikkinchi holat: imomi mazhabida cheklangan mujtahid bo'ladi va o'sha mazhabni taqrir qilish bilan cheklanib, ijtihodida imomining mazhabi usullari va qoidalaridan chiqmaydi, deydi:
لحالة الثانية: أن يكون في مذهب إمامه مجتهدًا مقيدًا فيستقل بتقرير مذاهبه بالدليل، غير أنه لا يتجاوز في أدلته أصول إمامه وقواعده.
Shundan so'ng o'sha darajadagi fuqaholar shartlarini bayon qilib, ashabul vujuh bo'lgan o'sha kibor ulamolar mana shu darajada ekanini aytadi.
Va bu darajadagi muftiylarga faqat mazhab imomining qavli topilmagan masalalardagina fatvo berish joiz ekanini, imomi mazhabidan chiqmasdan - uning qavlidan taxrij qilib fatvo berishini aytadi:
“يجوز له أن يفتي فيما لا يجده من أحكام الوقائع منصوصًا عليه لإمامه بما يخرّجه على مذهبه، هذا هو الصحيح الذي عليه العمل”
Uchinchi holat: yuqoridagi 2-holatdagi vajh egalari (mazhabda taxrij qila oladigan) darajasiga etmagan, biroq mazhabni va dalillarini yoddan biladigan ulamolar ekanini aytadi. So'ngra:
وهذه صفة كثير من المتأخرين إلى أواخر المائة الخامسة من الهجرة المصنفين الذين رتبوا المذهب وحرروه وصنفوا فيه تصانيف بها معظم اشتغال الناس اليوم، ولم يلحقوا بأرباب الحالة الثانية في تخريج الوجوه.
Beshyuzinchi hijriyning oxirigacha bo'lgan (600-hijriydan oldin yashagan) ko'plab ulamolar holati shu, ular mazhabni tartibga solib (ya'ni undagi fatvolarni), tahrir qilib, aksar odamlar hozir o'qiyotgan kitoblarni ular yozib ketishdi. Biroq ular ikkinchi holat ulamolari darajasiga etmadilar(!).
Bir mulohaza qilib ko'ring, shofeiy mazhabida aksar kitoblarni yozib ketgan kibor ulamolarni, 600-hijriygacha yashagan olimlarni Imom Ibn Solah 2- holatga qo'shmay, ular muqallid deyapti. Hozirgilarning ahvoli nima bo'ladi bu taqsimga ko'ra?!
To'rtinchi holat: mazhabni yodlagan, biroq yuqoridagilardan pastroq holda bo'lgan ulamolar (imomning ushbu so'zlaridan o'zi va zamonasi olimlarini mana shu darajadadek ko'rayotgani tushuniladi). Ho'sh, bu darajadagilar hukmi qanday:
فهذا يعتمد نقله وفتواه به فيما يحكيه من مسطورات مذهبه من منصوصات إمامه وتفريعات أصحابه6 المجتهدين في مذهبه وتخريجاتهم
Bu toifa olimlari fatvo va naqllarida mazhablarda yozilgan narsalardan imomning so'zlariga va uning sohiblari imom so'zlari asosida aytgan fatvolarga (التفريعات أي التخريجات والوجوه)suyanadi.
فإن وجد في المنقول ما هذا في معناه بحيث يدرك من
ر فضل فكر وتأمل أنه لا فارق بينهما، كما في الأمة بالنسبة إلى العبد المنصوص عليه في إعتاق الشريك، جاز له إلحاقه به والفتوى به. وكذلك ما يعم اندراجه تحت ضابط منقول ممهد في المذهب، وما لم يكن كذلك فعليه الإمساك عن الفتيا فيه.
ومثل هذا يقع نادرًا1 في حق2 مثل الفقيه المذكور، إذ يبعد كما ذكر الإمام أبو المعالي ابن الجويني3: أن تقع واقعة لم ينص على حكمها في المذهب.
Yuqoridagi matnning xulosasi, agar judayam ochiq oydin o'xshashliklar bor joylarda bir hukmni ikkinchisiga o'xshatib (qiyos emas, ilhaq) hukm berishi mumkin. Masalan, erkak qul haqidagi hukmni ayol qulga berish kabi ochiq – oydin o'xshashlik bo'lsa.
Shunda ham, agar imomdan fatvo topmasa! So'ng bunday holat deyarli uchramasligi, aksar masalalarda fatvo berib bo'linganini imomul haromayndan rivoyat qilgan.
Keyin bu va undan oldingi holatdagi fatvo bermoqchi bo'lgan odam uchun mazhabning aksar fatvolarini zehnida yoddan bilishi shart ekanini aytadi:
قلت: وينبغي أن يكتفى في حفظ المذهب في هذه الحالة، وفي الحالة التي قبلها، بأن يكون المعظم على مد ذهنه، ويكون لدربته متمكنًا من الوقوف على الباقي بالمطالعة، أو ما يلتحق بها على القرب كما اكتفينا في أقسام الاجتهاد الثلاثة الأول، بأن يكون المعظم على ذهنه.
So'ngra yuqoridagi taqsimni bunday gaplar bilan xotimalaydi:
فمن انتصب في منصب الفتيا وتصدى لها وليس على صفة واحدة2 من هذه الأصناف الخمسة، فقد باء بأمر عظيم، {أَلا يَظُنُّ أُولَئِكَ أَنَّهُمْ مَبْعُوثُون, لِيَوْمٍ عَظِيمٍ} ، ومن أراد التصدي للفتيا ظانًّا كونه من أهلها فليتهم نفسه، وليتق ربه تبارك وتعالى، ولا يخدعن عن الأخذ بالوثيقة لنفسه والنظر لها.
Gapining xulosasi: fatvo beruvchi mana shu besh darajadan biri. Kim shundan biri bo'lmasdan fatvo berishga kirishsa ulkan ishni bo'yniga olgan bo'ladi (Ular Qiyomatda qayta tirilmaymiz deb o'ylaydilarmi?!) Kimda kim (mana shu toifadan bo'lmay) o'zini fatvoga ahl deb o'ylab fatvo berishga qadam tashlagan bo'lsa, Allohdan qo'rqsin,
Shundan so'ng biz va biz bilgan domlalar holatidagi – bir nechta fiqh kitobidan o'qib, fiqhni tushungan biroq yuqoridagi 5 holatdan biri bo'lmagan odam fatvo bersa bo'ladimi? Omi odam o'zicha bilganini qilib yurganidan o'sha olimdan fatvo so'ragani yaxshi emasmi, degan savolga, boshqa davlatdan bo'lsayam yuqoridagi 5 holatdan biri bo'lgan muftiyni qidiradi, deb javob beradi:
إن قلت: من تفقه وقرأ كتابًا من كتب المذهب، أو أكثر، وهو مع ذلك قاصر لم يتصف بصفة أحد من "أصناف"4 المفتين الذين سبق ذكرهم، فإذا لم يجد العامي في بلده غيره فرجوعه إليه أولى من أن يبقى في واقعته مرتبكًا في حيرته.
قلت: إن كان في غيره بلده مفت يجد السبيل إلى استفتائه فعليه التوصل إلى استفتائه بحسب إمكانه، على أن بعض أصحابنا، ذكر أنه إذا شغرت البلدة عن المفتين فلا يحل المقام فيها
ثم لا يعد هذا القاصر بأمثال ذلك من المفتين، ولا من الأصناف المذكورة المستعار لهم سمة المفتين، وإن لم يجد مسألته بعينها ونصها مسطورة فلا سبيل له إلى القول فياه قياسًا على ما عنده من المسطورة، وإن اعتقده من قبيل قياس لا فارق الذي هو نحو قياس الأمة على العبد في سراية العتق، لأن القاصر معرض لأن يعتقد ما ليس من هذا القبيل داخلا في هذا القبيل
Shundan so'ng imom mana shu 5 holdagi muftiylarga oid 16 ta far'iy masalalarni zikr qiladi: qul bo'lsa, fatvo bersa bo'ladimi? Imomdan ikki qarama-qarshi rivoyat bo'lsa, tarjih bo'lmasa, nima qiladi? Va shunday masalalar orasida Ahmad Qodir birodarimiz keltirgan iqtibosdagi gapni aytadi:
13-masala: imom Shofeiy “Qanday sahih hadis bo'lsa, mening mazhabim o'sha” degan, muftiy sahih hadisni imomning qavliga xilof holda topsa, unga qarab fatvo beradimi?
أبو الحسن الطبري في كتابه: "في أصول الفقه"، وليس هذا بالهين، فليس كل فقيه يسوغ له أن يستقل بالعمل بما يراه حجة من الحديث.
Abu Hasan at-Tobariy “Usul” kitoblarida: Bu oson – engil ish emas, deydi.”
وروينا عن ابن خزيمة3 الإمام البارع في الحديث والفقه، أنه قيل له: "هل تعرف سنة لرسول الله صلى الله عليه وسلم في الحلال والحرام لم يودعها الشافعي في كتبه؟ قال: لا"
Imom Ibn Huzaymadan rivoyat qilishdi: rasululloh sollallohu alayhi va sallam sunnatlaridan imom Shofeiy kitoblarida keltirmaganini bilasizmi? U: “Yo'q”, dedi.
وعند هذا أقول: من وجد من الشافعيين حديثًا يخالف مذهبه نظر، فإن كملت آلات الاجتهاد فيه إما مطلقًا، وإما في ذلك الباب؛ أو في تلك المسألة على ما سبق بيانه كان له الاستقلال بالعمل بذلك الحديث، وإن لم تكمل آلته ووجد في قلبه حزازة من مخالفة الحديث بعد أن
ث فلم يجد لمخالفيه عنه جوابًا شافيًا فلينظر:
هل عمل بذلك الحديث إمام مستقل؟ فإن وجده فله أن يتمذهب بمذهبه في العمل بذلك الحديث، ويكون ذلك عذرًا له في ترك مذهب إمامه في ذلك ، والعلم عند الله تبارك وتعالى.
Tarjima:
“Mana shu joyda aytaman: shofeiylardan kim mazhabiga xilof hadis topsa, unda oldingi boblarda bayon qilinganidek, mujtahidlik darajasida bo'lsa, o'sha hadisga amal qiladi. Agar mujtahidlik darajasiga etmagan bo'lsa-yu, qalbida o'sha hadisga xilof qilishdan g'ashlik topsa va mazhabi imomidan o'sha hadisga xilof qilishi sababi – javobini ochiq oydin topmasa, qaraydi: boshqa biror mustaqil mujtahid unga amal qilganmi? Agar topsa, o'sha imom mazhabiga o'sha hadisga amal qilishda ergashadi va bu u uchun mazhabini tashlashida uzr bo'ladi.”
Endi yuqorida keltirganlarimni xulosalasak:
1. Ko'rib turganimizdek, Ahmad birodar keltirgan matn “shofeiy mazhabida bo'lgan inson” – har qanday bir odam haqida kelmagan. Bu 5 holatdagi fatvo berishga haqli ulamolar haqida kelgan. Kitobning “Muftiylar shartlari, ahkomlari” qismida, fatvo beruvchilarga oid 16 hukmdan biri o'laroq keltirilgan.
2. Fatvo beruvchilarning esa eng kami bir mazhabning aksar fatvolarini yod olgan bo'lishi kerak ekani aytildi. Mazhab imomlaridan va atbolaridan 100 mingdan ortiq masalada fatvolar kelgan, shularning aksarini yod olgan, yana ancha shartlar topilgan odam haqida aytilgan gapni siz va biz kabi domlalar va talabalarga, hatto hali arabchani, umum bilan xususni, muqayyad bilan mutlaqni ajrata olmaydigan avomga tatbiq qilish insofdan va omonatdan bo'ladimi?!
3. Imom ko'rganingizdek, matnning davomida bu ish o'sha fatvo beruvchi uchun bu masalada mazhabidan chiqishiga uzr bo'ladi, deyapti. Hozirgi bir mazhabni tutmay, har yoqdan fatvo berayotganlar “mazhabdan chiqish uchun uzr kerak ekan” deydilarmi? Aslida, ularda biror mazhab bormiki, undan chiqishga uzr qidirsalar?
4. Siz keltirgan matndan bir-ikki jumla oldin imom bu ish juda og'ir ish ekanini, ya'ni tatbiqda bunday masala topilishi juda nodir ekanini keltiryapti. Qolaversa, imomning o'sha hadisni olmaslikka ochiq sababini topmasa deyapti. Hozir mazhabdan mazhabga xohlagancha ko'chayotganlar imomlarning biror bir hadisni olmaslikda sabablari bor-yo'qligiga qaraydilarmi?
5. Shayxulislom Ibn Solah "Boshqa mustaqil mujtahid ushbu hadisga amal qilganmi, shunga qaraydi" deganda 4 mazhabdagi mujtahidlarni tushunish kerak bo'ladi. Sababi, shayxulislom Ibn Solahning o'zi 4 mazhabdan chiqish joiz emasligiga ijmo bor ekanini, haq mana shu 4 mazhab ichida cheklangan ekanini aytdi.
Shunday ekan, biror kitobdan naql qilmoqchi bo'lgan odam o'sha kitobni o'qib tushunishga, kitob egasi o'sha iqtibos qilingan jumlani kim haqida qanday shartlar asosida aytanini, o'sha imomning boshqa so'zlarini jamlab to'g'ri tushunib, to'g'ri etkazishga harakat qilishi lozim.
Men o'sha maqolani ko'riboq, Ibn Solahning kitobini o'qib chiqing, o'sha erdan javob topasiz, deyish bilan kifoyalansam bo'lardi. Biroq maqola muallifi o'qisa ham, u maqolani o'qib, ma'qullaganlarning aksari o'qimasliklari ehtimoli yuqori edi. Shuning uchun bu u muborak kitobni ikkinchi marta o'qib chiqdim va uning xulosasini taqdim qilishni lozim ko'rdim.
Yuqoridagi Ibn Solah taqsimidan oladigan foydalarimiz:
1. Shayxulislom, buyuk muhaddis va faqih, mustalah ilmining muassislaridan bo'lgan bu imom mujtahid mutlaq uzoq zamonlardan beri yo'q bo'lgan, dedilar. Hozirgacha bor, demadilar. Agar izohlarni ko'rsangiz, ba'zilar shayx Huzayr mujtahid mutloq deyishgacha borgan. Ikkalasining farqini qarang!
2. Imom Ibn Solah shofeiy mazhabining aksar kitoblarini yozgan kibor ulamolarini, 600-hijriygacha o'tgan aksar fuqaholarini muqallid deb atadi va ularni hatto 2-holatga ham qo'shmadilar, 2-holatning ham, 3-ning ham ijtihodlari imomning qavllari bilan cheklanishini aytdilar. Endi hozir 5 holatning birortasiga kirmaydigan odamlar bemalol xohlagan mazhabidan fatvo berishiga bu buyuk imomning munosabati qanday bo'ladi?!
3. Muftiy 5 holatining eng quyi darajasi uchun ham mazhabning aksar fatvolarini yoddan zehnida saqlashni shart qildi. Masalan, imom Saraxsiyning “Mabsut”i 12 mujallad, unda 100-150 ming atrofida fatvo borligi aytiladi. Hozir bemalol fatvo berib, tarjih qilayotganlarimizda shu sifat bormi?
4. Ibn Solah ushbu kitobida yangi yo'l chiqarib olish mumkin emasligini ta'kidlaganlar. Hozir esa aynan shunday bo'lgani sizga sir emas.
Men ushbu asarni maydalab, erinmay keltirdim. Sizni ma'qullaganlarning aksari baribir bu kitobni o'qimasligini bilganim uchun, hech bo'lmasa shunday shaklda bir imomning so'zlari xulosasini etkazarman dedim.
Endi o'zingizdan so'rab ko'ring, bu imom bilan o'z manhajingiz bir deb ayta olasizmi?
Men xuddi shunday qilib Navaviy, Ibn Amir al Haj, Ibn Obidiynlarning ham ushbu masaladagi batafsil qavllarini keltirmoqchi edim, biroq matn juda cho'zilib ketdi. Insof va ixlos qilgan hamda ongi taassub buluti bilan mastur bo'lmagan musulmon uchun mana shu kifoya deb o'ylayman. Yuqorida so'raganingiz savollarga javobni kitobning xulosasini o'qishdan topdingiz deb umid qilaman.
Agar topmagan bo'lsangiz, javobim shuki, bugungi salafiylar da'vatchilarning aksari fatvo berish darajasida emaslar. Agar bir mazhabni puxta o'rganib, yodlab, chuqur tushunsalar, o'sha asosida fatvo berishlari, so'ngra muayyan holatlarda mazhablaridan ulamolar belgilagan shartlar asosida chiqishlari uzrli bo'ladi. Endi bunday asoslarsiz "bu rojih, bu marjuh" deb o'tirish so'zsiz Ibn Solah, Navaviy, Ibn Amir al Haj, Ibn Obidiyn yo'llariga – balki oxirgi ming yil yoki undan ko'proq davrda o'tgan deyarli barcha fuqaholar yo'llariga mutlaqi ziddir.
Alloh barchamizga insof bersin! Fatvoga jur'atli bo'lishdan, yangi yo'llar o'ylab topadigan bo'lishdan asrasin!
Mahmud Usmon,
Madina
«Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumi ishtirokchilari 27 avgust kuni Samarqandga yo‘l oladi. Ular yangidan bunyod etilgan Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Imom Buxoriy nomidagi Innovatsion muzey bilan tanishadi. Kunning ikkinchi yarmida esa ishtirokchilar uchun shaharning tarixiy-madaniy meros obyektlari, jumladan, YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan yodgorliklar bo‘ylab maxsus dastur tashkil etiladi, xabar bermoqda iccu.uz.
Yodgorlik majmuasi Samarqand viloyati Payariq tumanida, buyuk muhaddis va ilohiyotshunos Muhammad al-Buxoriyning (810–870) dafn etilgan joyida joylashgan. U «Sahihi Buxoriy» to‘plami muallifi bo‘lib, mazkur asar sunniy islomdagi eng mo‘tabar hadis to‘plamlaridan biri hisoblanadi.
Keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng majmua 2026 yil bahorida ziyoratchilar uchun qayta ochildi. Uning umumiy hududi 45 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 10 ming kishilik masjid, ma’muriy va xizmat ko‘rsatish binolari, 154 ustunli ayvon, 14 ta moviy gumbaz va balandligi 75 metr bo‘lgan to‘rtta minora barpo etilgan. Rekonstruksiyadan so‘ng majmuaning kunlik qabul qilish quvvati 12 ming nafardan 65 ming nafargacha oshdi.
Majmuaning markaziy qismlaridan biri — to‘qqizta pavilondan iborat yangi Imom Buxoriy Innovatsion muzeyidir. Ekspozitsiya allomaning hayoti, hadisshunoslik tarixi va uning ilmiy merosiga bag‘ishlangan. Shuningdek, muzeyda Qur’onda zikr etilgan payg‘ambarlar, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Makka va Madinadagi hayoti hamda yozma hadis to‘plamlarining shakllanish tarixi haqida ma’lumotlar berilgan.
Majmua yaqinida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ham faoliyat yuritadi. Markaz islom ilmiy va qo‘lyozma merosini, jumladan, Markaziy Osiyoning o‘rta asr olimlari asarlarini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar va tarjimalar tayyorlash, shuningdek, xalqaro ilmiy almashinuvni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Majmuaga tashrifdan so‘ng forum ishtirokchilari tarixiy Samarqand bilan tanishadi. Shaharning asosiy me’moriy yodgorliklari qatoriga Registon, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda majmuasi va Go‘ri Amir maqbarasi kiradi. YUNЕSKO ushbu to‘rt obyektni 2001 yilda «Samarqand — madaniyatlar chorrahasi» nomi bilan Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy shaharning asosiy yodgorliklari sifatida e’tirof etadi.
Samarqand bosqichi 24–28 avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadigan «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumi dasturining bir qismi bo‘ladi.
Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana