فَلَمَّا فَصَلَ طَالُوتُ بِٱلۡجُنُودِ قَالَ إِنَّ ٱللَّهَ مُبۡتَلِيكُم بِنَهَرٖ فَمَن شَرِبَ مِنۡهُ فَلَيۡسَ مِنِّي وَمَن لَّمۡ يَطۡعَمۡهُ فَإِنَّهُۥ مِنِّيٓ إِلَّا مَنِ ٱغۡتَرَفَ غُرۡفَةَۢ بِيَدِهِۦۚ فَشَرِبُواْ مِنۡهُ إِلَّا قَلِيلٗا مِّنۡهُمۡۚ فَلَمَّا جَاوَزَهُۥ هُوَ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ قَالُواْ لَا طَاقَةَ لَنَا ٱلۡيَوۡمَ بِجَالُوتَ وَجُنُودِهِۦۚ قَالَ ٱلَّذِينَ يَظُنُّونَ أَنَّهُم مُّلَٰقُواْ ٱللَّهِ كَم مِّن فِئَةٖ قَلِيلَةٍ غَلَبَتۡ فِئَةٗ كَثِيرَةَۢ بِإِذۡنِ ٱللَّهِۗ وَٱللَّهُ مَعَ ٱلصَّٰبِرِينَ٢٤٩
249. Tolutaskarlaribilanchiqqach: "Allohalbattasizlarnibirdaryobilanimtihonqiladi, kimundansuvichsa, umendanemas, qo'libilanhovuchlabolganlardantashqarikimundantotinmasa, umendandir", dedi. Ozchilikdanboshqahammalariichishdi. Uhamdaubilanimonkeltirganlardaryodano'tibolishganidankeyin: "Jolutvauningaskarlaribilanjangqilishgaqudratimizetmaydi", deyishdi. Allohgaro'parabo'lishlarigaishonganlar: "Allohningirodasibilanqancha-qanchaozchilikguruhlarko'psonliguruhlarniengishgan, Allohalbattasabrlilarbilandir", deyishdi.
Bani Isroilning urushdan qochmay qolgan bir guruhlari Tolutning Alloh taolo tomonidan tayinlangan podshoh ekaniga ishonishdi. Tolut esa ulardan bir qo'shin tuzdi. So'ngra qo'shinni dushmanga qarshi jang qilish uchun boshlab ketdi. Ana shu urushda Tolutning kuchli sarkarda ekani namoyon bo'ldi. Hozirgacha Bani Isroilning askarlari ketma-ket mag'lubiyatga uchrayverib, o'zlariga ishonchi qolmagan, irodasi susayib ketgan edi. Ular qarshisida turgan dushman esa kuchli, irodali, g'alabaga ishonchi zo'r edi. Tolut askarlarini sinab ko'rish uchun shahardan chiqilgach, ularga bunday maslahat berdi: "Kimning irodasi kuchli bo'lsa, sabr-bardoshli ham bo'ladi, yo'lda daryo uchraganida chanqoqni bosish uchun uning suvidan ichmasa, o'sha odam imtihondan o'tgan bo'ladi va mening haqiqiy askarimga aylanadi. Kim irodasizlik ko'rsatib, daryo suvidan hovuchlab icha boshlasa, demak, u askarlikka yaramaydi". Tolut askarlaridan juda ozchilikkina bu sinovdan sharaf bilan o'ta oldi. Ko'plari mashaqqatli safarda tashnalikka sabr qila olmay, ko'p suv ichib qo'yishdi va jangga yaray olmadi.
Bundan insonlar boshlariga mashaqqat va qiyinchiliklar kelganida sabr-matonat bilan uni engishlari, sabr ko'rsatishlari kerak, degan xulosa chiqadi. Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan shunday rivoyat qilinadi: "Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan Badr urushida qatnashganlar soni uch yuz o'n necha kishidir bo'lgani, bu Tolut bilan daryodan o'tgan sheriklarining sonicha kelgani haqida gaplashar edik, u bilan daryodan faqat mo'minlar o'tishgan, xolos" (Buxoriy rivoyati).
وَلَمَّا بَرَزُواْ لِجَالُوتَ وَجُنُودِهِۦ قَالُواْ رَبَّنَآ أَفۡرِغۡ عَلَيۡنَا صَبۡرٗا وَثَبِّتۡ أَقۡدَامَنَا وَٱنصُرۡنَا عَلَى ٱلۡقَوۡمِ ٱلۡكَٰفِرِينَ٢٥٠
250. Jolutvauningaskarlarigaro'parabo'lishganida: "Parvardigorimiz, bizlargasabratoet, qadamlarimiznisobitqilvakofirlargaqarshizafarber", deyishdi.
Bani Isroil Jolutga qarshi urushga tayyor bo'ldi. Lekin Tolut: "Urushga boruvchilar navjuvon, pahlavon yigitlar bo'lishsin" deb shart qo'ydi. Bu shartga ham bir necha yuz odam muvofiq chiqib tayyorlandi. Tolut ularni ham imtihon qilmoqchi bo'ldi. Yo'l yurishgan edi, avvalgi manzilda suv topilmadi. Ikkinchi manzilda bir daryo (mufassirlar buni O'rdun daryosi, deyishgan) uchradi. Tolut: "Bir hovuchdan ortiq suv ichganlar men bilan birga yurmasin", deb buyurdi. Bu so'zni eshitsa ham askarlardan bir qancha besabrlari suvdan qonib ichdi va oxiri o'lib qoldi. Faqat 313 nafar navkar bir hovuchdan suv ichib, Tolut bilan birga ketishga musharraf bo'ldi. Ko'p ichganlar sabrsizliklari tufayli yo'lga yaramay halok bo'lishdi. Qolgan 313 askar Jolut qo'shinlariga ro'para bo'ldi. Ular orasida Dovud alayhissalom, u zotning otalari va olti aka-ukalari ham bor edi. Yo'lda ketishayotganda uch dona tosh hazrati Dovudga ovoz berib, bizni ham olib keting, biz Jolutni halok qilurmiz, dedi. Qo'shinlar to'qnashgan paytda Jolutning o'zi maydonga tushib: "Hammangizni bitta o'zim enga olaman", dedi. Keyin Yusha' alayhissalom hazrati Dovudni toptirib, Jolutni engishni buyurdi. Dovud alayhissalom jang maydoniga tushib, boyagi uch tosh bilan Jolutni o'ldirdi, askarlari qochib qoldi. Mo'minlarga fath va zafar yor bo'ldi. Ular ozchilik bo'lishsa ham payg'ambarlari va podshohlari hukmlariga itoatda turishgani, Parvardigorlariga iltijo va duoda bo'lishgani, Uning va'dasiga imon keltirib, madadidan umid qilishgani uchun ko'psonli dushmanni mag'lub qilishdi. Sodiq musulmonlar uchun bu qissada etarli ibratlar bor, xususan Badr urushida ham deyarli shuncha musulmon bir necha barobar ko'p mushriklar ustidan g'alaba qozonishgan. Bu xildagi voqealar Alloh va'dasining rostligi nishonalaridir. Parvardigor bu siyosatlarini va tanbehlarini jahon ahliga gohida ko'rsatib turmasa, butun olam tinchligi va omonligi xatarda qolardi.
فَهَزَمُوهُم بِإِذۡنِ ٱللَّهِ وَقَتَلَ دَاوُۥدُ جَالُوتَ وَءَاتَىٰهُ ٱللَّهُ ٱلۡمُلۡكَ وَٱلۡحِكۡمَةَ وَعَلَّمَهُۥ مِمَّا يَشَآءُۗ وَلَوۡلَا دَفۡعُ ٱللَّهِ ٱلنَّاسَ بَعۡضَهُم بِبَعۡضٖ لَّفَسَدَتِ ٱلۡأَرۡضُ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ ذُو فَضۡلٍ عَلَى ٱلۡعَٰلَمِينَ٢٥١
251. Allohning izni ila ularni engishdi va Dovud Jolutni o'ldirdi. Alloh Dovudga saltanat va hikmat berdi, O'zi xohlagan narsalarni o'rgatdi. Agar Alloh ba'zilar bilan ba'zilarni daf qilib turmasa, Yer yuzi buzg'unchilikka to'lardi. Lekin Allohning fazli butun olamlar ustidadir.
Alloh taoloning izni, irodasi bilan Tolut askarlari Jolut qo'shinini engib, g'alabaga erishishdi. Eng e'tiborlisi, katta kuchga ega bo'lgan, qahri qattiq podshoh sanalmish Jolutni Tolut askarlari ichidagi eng yoshi Dovud o'ldirdi. Alloh xohlasa, ulkan qo'shinga ega bo'lgan tajribali sarkardalarni hali urush tajribasi yo'q yoshgina yigit qo'li bilan ham mag'lubiyatga uchrataveradi. Allohning inoyati bilan Dovud keyinchalik Jolut vafotidan so'ng Bani Isroilga podshoh bo'ldi. Alloh azza va jalla unga podshohlikdan tashqari yana hikmatni, ya'ni payg'ambarlikni ham berdi, behisob mol-dunyo ato etdi. Dovudning podshohlik davri Bani Isroil tarixida eng adolatli, farovon va osoyishta zamon, ya'ni "oltin davr" bo'ldi. Alloh taolo Yer yuzida buzg'unchilik kuchayib ketmasligi uchun ba'zi zolimlarni boshqa bir kuch egalari yordamida daf qilib turadi va insonlar o'rtasida ilohiy adolatini o'rnatadi.
تِلۡكَ ءَايَٰتُ ٱللَّهِ نَتۡلُوهَا عَلَيۡكَ بِٱلۡحَقِّۚ وَإِنَّكَ لَمِنَ ٱلۡمُرۡسَلِينَ٢٥٢
252. (Ey Muhammad), bular Alloh oyatlaridir, ularning haqiqatini sizga tilovat qilurmiz va siz albatta payg'ambarlardansiz.
Ya'ni, ey suyukli Payg'ambarim, sizga bayon etib berilayotgan Tolut va Jolut qissalari, minglarcha odamlarni bir so'z bilan o'ldirish va qayta tiriltirish, tobutni farishtalar ko'tarib kelishi, oz sonli mo'minlarning ko'p sonli kufr egalari ustidan g'olib chiqishlari kabi xabarlar Parvardigoringiz Alloh taoloning oyatlaridir. Bular shunchaki kishilar tarixidan so'zlovchi qissalar emas, balki zamon va voqe'likda kechgan hodisalarning bayonidir. Ushbu oyati karima Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning oxirgi haq payg'ambar ekanlariga kuchli dalil va yorqin isbotdir. Alloh taolo bunday degan: "(Ey Muhammad), Biz sizni olamlarga ayni rahmat qilib yuborganmiz" (Anbiyo, 107); "U O'z Payg'ambarini hidoyat va haq din bilan, uni barcha dinlardan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir" (Fath, 28); "Muhammad Allohning Rasulidir" (Fath, 29).
1. Duo qilish. Bu kun qilingan duolar eng afzal duodir.
Solihlardan biri aytadi: "Allohga qasam! Arafa kuni biror duo qilsam, bir yil o‘tmasidan turib uni xuddi yorishgan tong kabi amalga oshganini ko‘rdim".
O‘tgan solihlar ehtiyojlari uchun qiladigan duolarini arafa kuniga saqlab qo‘yishar edi. Qanchadan qancha orzu-umidlar va duolar arafa kunida ijobat qilingan.
2. Ushbu duoni ko‘p qilish. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Duolarning yaxshisi arafa kunidagi, men va mendan oldingi nabiylarning “Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr”, deb aytgan duosidir”, dedilar.
3. Allohdan do‘zaxdan panoh so‘rash. Bu kundan ko‘ra do‘zaxdan ko‘p ozod bo‘ladigan kun yo‘q. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Arafa kuni, Alloh bandalarni do‘zaxdan ko‘p ozod qilganchalik boshqa biror kun yo‘q!”.
4. Takbiri tashriq aytish. Bu kunning bomdod namozidan boshlab takbir aytiladi. “Allohu akbar! Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillaahil hamd”.
5. Ro‘za tutish. Bu kun tutilgan ro‘za ikki yillik gunohlarga kafforot bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi undan oldingi va undan keyingi yillardagi gunohlarga kafforot bo‘ladi deb Allohdan umid qilaman”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Arafa kuningiz muborak bo‘lsin. Alloh taolo sizni bu kunning fazilatlaridan to‘liq bahramand etsin.
Davron NURMUHAMMAD