O'zbekiston Respublikasining Rostov-Dondagi bosh konsuli Rustam Qo'rg'onboyev Dog'iston Respublikasi turizm vazirligi rahbari vazifasini bajaruvchi Rasul Ibragimov bilan uchrashdi.
"Dog'iston" RAA xabariga ko'ra, Bosh konsul va Ibragimov respublikalar o'rtasida turizmni rivojlantirish bo'yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilgan.
Vazir vazifasini bajaruvchi Dog'iston va O'zbekiston ayniqsa ziyorat turizmi sohasida kuchli sayyohlik salohiyatiga ega ekanini ta'kidladi. "O'zbekiston o'zining xos, me'moriy va sayyohlik joylari bilan butun dunyoga mashhur. Ziyorat turizmi maqsadida respublikamizdagi juda ko'plab aholi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Bu sohani har ikki yo'nalishda ham rivojlantirishimiz kerak deb o'ylayman", - deydi Rasul Ibragimov.
Qo'rg'onboyev bu tashabbusni qo'llab-quvvatladi va fevral' oyi oxirida Dog'istonda O'zbekistonning diniy va sayyohlik salohiyatini taqdim etish uchun maydoncha tashkil etishni taklif qildi. Dog'istonliklarda qiziqish bo'lsa, kech bahor – yoz oylarida sayyohlarning birinchi oqimi uchun charter qatnovlari tashkil etilishi mumkin.
Ibragimovning aytishicha, vazirlik tashabbusni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Taklifni turizm sohasidagi o'zaro hamkorlik to'g'risidagi bitim bilan mustahkamlash to'g'risida qaror qabul qilindi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
وحدثنا محمد بن علي أبو جعفر نا عبيد الله بن محمد التيمي نا عبد الرحمن نا طلحة بن يحيى عن أبيه عن طلحة بن عبيد الله قال: دخلت على رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم وفي يده سفرجلة فألقاها إلي أو قال: رمى بها إلي وقال: دونكها يا أبا محمد فإنها تجم الفؤاد.
Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning huzurlariga kirdim. U zotning qo‘llarida bir behi bor edi. Uni menga tashlab [yoki menga otib]: “Ol, senga, ey Abu Muhammad, chunki u yurakni baquvvat qiladi”, dedilar”.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD