Michigan shtati Ist-Lansing shahridagi mahalliy masjid COVID-19 pandemiyasi ta'siridan aziyat chekkan jamoatdagi muhtoj kishilarni to'ydirishga yordam berish uchun oziq-ovqatlar bilan yuzlab yashiklarni etkazib berdi. Sharqiy Lansing Islom markazi sut, pishloq, meva va sabzavotlar bilan to'ldirilgan 1 200 qutilarni tarqatdi. Mashinasi borlar qutilarni o'zlari olib ketishdi, Islom markazi esa mashinasi yo'qlarga oziq-ovqatlarni o'zi etkazib berdi. "Bu mahsulotlar odamlarga boshqa ehtiyojlar uchun pulni tejashga yordam beradi", - deydi ko'ngillilardan Bataul Bahlul.
Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, shu oy boshida Penny Appeal USA va N'yu-York universiteti Islom markazi (ICNYU) moliyaviy qiyinchiliklarda yordam berish uchun COVID-19 grantlar dasturining ikkinchi bosqichini boshladi.
Launchgood kampaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, may oyidan buyon qariyb 8 million amerikalik qashshoqlik chizig'i ortida bo'lib qolgan. 65 milliondan ortiq amerikaliklar ham ishsizlik bo'yicha ariza topshirdilar, chunki oilalar daromadning yo'qolishi, oziq-ovqat xavfsizligi va tibbiy xizmatdan foydalanish imkonining yo'qligiga duch kelmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan bir janoza olib o‘tildi, shunda u zot alayhissalom: "Tin oluvchi va undan tin olinuvchi", dedilar.
"Yo Allohning Rasuli, tin oluvchi va undan tin olinuvchi nima?" deyishdi.
U zot alayhissalom: "Mo‘min banda (vafot etsa) dunyoning qiyinchiliklaridan istirohat oladi. Fojir banda (o‘lsa) undan bandalar, elu yurtlar, dov-daraxtlar va jonzotlar qutuladilar", dedilar» (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyati).
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Birortangiz vafot etganida unga o‘rni ertayu kech ko‘rsatib turiladi: agar jannat ahlidan bo‘lsa, jannat ahlidan ekani, do‘zax ahlidan bo‘lsa, do‘zax ahlidan ekani. "Alloh seni qiyomat kuni qayta tiriltirgunicha sening o‘rning mana shudir", deyiladi", dedilar» (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilishgan).