Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2025   |   29 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:11
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:21
Bismillah
24 Iyul, 2025, 29 Muharram, 1447

"Islomni qabul qilish hayotimdagi eng yaxshi qaror bo'ldi"

29.01.2021   1620   1 min.

Shotlandiyalik ayol o'zi qanday qilib Islomni qabul qilgani va jamiyatning noto'g'ri munosabatini o'zida his qilganligi haqida gapirib berdi.
Don ismli shotlandiyalik ayol nasroniy oilasida tug'ilgan va bolaligida Glazgo shahridagi yakshanba maktabiga qatnab, Injilni o'rganib chiqqan. Otasi vafotidan so'ng qiz o'zining ma'naviy aqidalari haqida o'ylab qoldi.
"Universitetda o'qish yillarimda men Glazgo shahridagi ikki pokistonlik aka-uka tomonidan boshqariladigan bir hind restoranida qo'shimcha ishga joylashib oldim. Men suhbat chog'ida avval eshitmagan Islom haqida ilk bor gap ochdim", - deya eslaydi Don.
Don aka-ukalardan Islom haqida ko'p narsalarni so'rab-surishtirib oldi, din haqidagi kitoblarni sotib oldi va Islom uning dunyoqarashini to'la aks ettirishini anglab etdi.
26 yoshida qiz musulmon bo'ldi, deya xabar bermoqda IslamNews Daily Recordga tayanib. Hozir u 38 yoshda, u buxgalter bo'lib ishlaydi va ikki farzandini tarbiyalab voyaga etkazmoqda.
"Islomni qabul qilganimdan keyin juda xursand bo'ldim. Ramazon keldi, men ilk bor ro'za tutib, Hayit bayramini nishonladim".

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Taksistlarning omonatga berilgan puldan foyda ko‘rishlari

23.07.2025   2728   1 min.
Taksistlarning omonatga berilgan puldan foyda ko‘rishlari

Savol: Men haydovchilik qilaman. Ba’zilar menga ma’lum miqdorda pul berib, uni boshqa shahardagi odamga yetkazishimni so‘rashadi. Shu puldan avval o‘zim foyda ko‘rib, so‘ng aytilgan odamga to‘liq qilib yetkazsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, bu ish joiz emas. Chunki bu omonatga xiyonat qilish hisoblanadi. Omonatga olingan puldan faqat egasi rozi bo‘lsagina ishlatish mumkin. Ammo egasi rozi bo‘lmasa, yoki egasiga bildirmay ishlatilsa, bu xiyonat sanaladi. Omonatga xiyonat qilish esa, katta gunoh va munofiqning belgilaridan biridir. Bu haqda faqih Nizomiddin Shoshiy rahimahulloh shunday zikr qiladilar:

“Omonatdor, vakil va g‘osib (birovning molini zo‘rlik bilan olgan kimsa)lar molning ayni o‘zini o‘zlarida olib qolib, uning mislini (qiymatini) to‘lashlari mumkin emasdir” (“Kitabul-xamsiyn” kitobi).

Shuningdek, alloma Ibn Nujaym rohimahulloh shunday naql qiladilar: “Omonatga olingan buyum boshqa kishiga na omonatga beriladi, na qarzga (bepul foydalanish uchun) beriladi, na ijaraga beriladi va na garovga qo‘yiladi. Agar omonatdor ulardan birortasini qilsa, javobgar bo‘ladi” (“Al-Bahrur-roiq” kitobi).

Xulosa qilib aytganda, haydovchilarning yuqoridagi birovning omonatidan beruxsat foydalanishlari va undan daromad ko‘rishlari shar’an joiz emasdir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.