Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

Endi haftaning ikki kuni yoshlar muammolarini hal etishga ajratiladi

28.01.2021   1466   4 min.
Endi haftaning ikki kuni yoshlar muammolarini hal etishga ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 27 yanvar' kuni yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi boshlandi.

Mamlakatimizda bugungi kunda 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar soni 18 milliondan oshdi. Bu – jami aholining qariyb 55 foizini tashkil etadi.

Yoshlarning huquq-manfaatlarini ta'minlash, ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tuzildi, hokimlarning yoshlar ishlari bo'yicha o'rinbosari lavozimi ta'sis etildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yil mamlakatimizda Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili, deb e'lon qilindi.

Prezident yoshlarga etarli e'tibor qaratilmagani, ularning dardiga quloq solinmaganini ta'kidladi. Yoshlar bilan ikkita muhim yo'nalishda yangicha ishlash tizimi tashkil etilishi qayd qilindi.

Birinchisi – yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, kasb-hunarga o'qitish orqali ularning bandligini ta'minlash bo'lsa, ikkinchisi – yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishdir.

– Qanchalik qiyin bo'lmasin, barcha darajadagi rahbarlar shuni yaxshi bilishi kerak, ushbu vazifalarni bajarishimiz shart va zarur. Boshqa yo'l yo'q, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Hozirgi kunda 18-30 yoshlilar orasida ishsizlik 17 foiz yoki 844 ming nafarni tashkil etmoqda. Hisobga olinmagan ishsizlar soni esa bundan-da ko'pligi qayd etildi.

Bunday muammolarni tizimli hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi joylarda o'g'il-qizlarning takliflarini “mahallabay” o'rganmoqda. Bugungi kunga qadar Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizda 50 mingga yaqin yoshlar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotlar o'tkazildi. Bildirilgan taklif va istaklar asosida, tuman va shaharlar kesimida “Yoshlar dasturlari” tasdiqlandi.

Afsuski, joylardagi o'rganishlar yoshlar o'rtasidagi muammolarni aniqlash va tizimli hal etish borasida haligacha ko'plab kamchiliklar mavjudligini ko'rsatmoqda. Misol uchun, Kogon shahar 2-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashuvda ularning 3 nafarini bir hafta muddatda ish bilan ta'minlayman deb va'da bergan. Lekin oradan bir oy vaqt o'tgan bo'lsa-da, natija yo'q.

Kogon shahridagi qolgan sektor rahbarlari ham mahallalarga tushib ishlamayotgani, yoshlarni kasb-hunarga o'qitish, bandligini ta'minlash yoki tadbirkorlikka jalb qilish ham o'z holiga tashlab qo'yilgani ta'kidlandi.

Yig'ilishda Prezident Kogon shahar sektor rahbarlarining o'z lavozimiga loyiqligini ko'rib chiqish masalasini qo'ydi.

Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati uchun kredit ajratishda ham ko'plab muammolar saqlanib qolmoqda. Misol uchun, o'tgan yili yoshlar tadbirkorligi uchun “Ipoteka”, “Agrobank” va “O'zsanoat qurilish” bankiga kelib tushgan 14 mingta murojaatning 32 foizi ijobiy hal etilgan, xolos.

Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishda ham tizimli muammolar mavjudligi qayd etildi. Aksariyat madaniyat markazlari, istirohat bog'lari va sport majmualarining moddiy-texnik bazasi qoniqarsiz, to'garaklar nomiga ishlayapti.

Shu sababli, viloyat hokimlari joriy yilda qancha yoshni kasb-hunarga o'qitishi, tadbirkorlikka jalb qilishi, sanoat, xizmat ko'rsatish va qishloq xo'jaligida bandligini ta'minlashi bo'yicha kafolat xatlari yozib bergan.

Davlatimiz rahbari endi ishni “mahallabay” tashkil etishda mahalla raisi, profilaktika inspektori, maktab direktori, yoshlar etakchisi yoshlar muammolarini “fuqarobay” aniqlab, sektor rahbarlari oldiga aniq va lo'nda masalalarni qo'yishi zarurligini ta'kidladi.

- Tuman sektor rahbarlari haftaning ikki kunini faqat yoshlar muammolarini hal etishga ajratadi. Bir kun yoshlar bandligi bilan, ikkinchi kun ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan shug'ullanadi, - dedi Shavkat Mirziyoev.

O'zA

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ilmning boshi - sabr

21.07.2025   2390   1 min.
Ilmning boshi - sabr

O‘tgan solihlardan qoida va meros bo‘lgan so‘z bor:


من رام العلم جملة ذهب عنه جملة
."Kimki ilmning hammasini birdaniga o‘rganishni istasa, ilmning hammasidan quruq qoladi"

Oz vaqtda ilmning hammasini o‘rganib olaman, deya xomtama bo‘lgan talaba, ilmning hammasidan bebahra qoladi. Hech narsaga erishmaydi.

Qur’oni karim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 23 yil davomida nozil bo‘lgan...

Imom Burhoniddin Marg‘inoniy rahimahulloh "Hidoya" asarini 13 yil mobaynida ro‘zador holda yozganlar...

Imom Buxoriy rahimahulloh "Sahihul Buxoriy"ni 16 yilda, tahorat olgan holda va ikki rakat nafl namoz o‘qib, yozganlar...

Ilm kitoblari harfma-harf va kalima-kalima izohlab o‘rganiladi. Igna bilan quduq qazishga sabr-toqat, oliy himmat, intizom va uzoq vaqt zarur. Shoshqaloqlik va puxtalik bir-biriga zid – hech qachon jamlanmaydi. 

Muhtaram tolibi ilm! Ilmning boshi sabrdir: kitobga sabr qilasiz, ustozga sabr qilasiz, yashayotgan shahringizga sabr qilasiz, hamdarslaringizga sabr qilasiz va hokazo.

Ilm olish lazzatiga erishgach, sabr maqomidan rozilik va muhabbat maqomiga o‘tib olgach hayotingiz mazmuni kitob va ustozlar suhbatiga aylanadi.