Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Fevral, 2026   |   15 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:12
Quyosh
07:33
Peshin
12:42
Asr
16:00
Shom
17:46
Xufton
19:00
Bismillah
03 Fevral, 2026, 15 Sha`bon, 1447

Bir savol so'rasam: Shomdan keyin kasal ko'rgani borish mumkin emas-mi?

26.01.2021   2485   2 min.
Bir savol so'rasam: Shomdan keyin kasal ko'rgani borish mumkin emas-mi?

Yaqinda shom namozidan keyin kasal ko'rgani borgan edim. Bemorning yaqinlari shomdan so'ng kasal ko'rilmaydi, deb meni bemorning oldiga qo'yishmadi. Yana sut, qatiq kabi oqliklarni ham shomdan keyin olib bo'lmaydi, degan gaplar ham bor… Shu to'g'rimi?

— Bemorni ziyorat qilish, uni ko'rishga borish sunnati muakkada hisoblanadi, hatto Imom Buxoriy rahimahulloh vojib ham deganlar. Abu Muso Ash'ariy roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayhissalom: “Ochni to'ydiringlar, bemorni ziyorat qilinglar, asirni ozod qilinglar”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Kasal ko'rishga borish aynan biror vaqtga belgilab qo'yilmagan. Odamlarning vaqti va bemorning sharoitiga qarab ziyoratga borilaveradi.

Hazrati Ali roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Kim ertalab kasal ko'rgani borsa, u bilan birga etmish ming farishta birga boradi va kun botgunicha u uchun istig'for aytadi. U jannatda xurmo mevalari bilan mukofotlanadi. Kun botganidan keyin kasal ko'rgani borgan kishi bilan ham etmish ming farishta birga boradi va tong otguncha unga istig'for aytadi hamda u jannatda xurmo mevalari bilan mukofotlanadi” (Imom Abu Dovud rivoyati).

Demak, kecha-yu kunduz bemorlarni ziyorat qilish mumkin. Muhimi, bemorga malol keladigan vaqtda ziyorat qilmasa bas.

Sut, qatiq kabi oqliklarni ham shomdan keyin olib bo'lmaydi, degan gaplarning dinga umuman aloqasi yo'q. Asosi bo'lmagan gaplardir.

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Yigitlikda yig‘gil ilmning maxzani…”

02.02.2026   691   5 min.
“Yigitlikda yig‘gil ilmning maxzani…”

Yaqinda bir mahalladoshimiz farzandlarining ilmli va fazilatli bo‘lishi, dunyo va oxiratda ulug‘ maqomga erishishlari uchun duo olish niyatida ehson qildi. Bu voqea barchamiz uchun ibratdir, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, mo‘min kishi farzandlarining ilmli, bilimli va foydali shaxs bo‘lib kamol topishi uchun xayrli amallar qilishi haqiqiy fazilat sanaladi. 
 

Alloh taolo Qur’oni karimda ilmning ahamiyatini ta’kidlab, Payg‘ambarimiz alayhissalom orqali barchamizga bunday duo qilishni o‘rgatgan: “Ey Rabbim! Menga ilmni ziyoda et!” (Toha surasi, 114-oyat).


Ushbu oyat har bir mo‘min uchun ilm egasi bo‘lishning naqadar muhimligini namoyon qiladi. Ilm insonga dunyoda ham, oxiratda ham kamol topishi uchun yordam beradi. Hazrat Rasuli akram sollallohu alayhi va sallam ham ilm egallash va uning foydasi uchun Yaxshilikka chaqirish Bugunning gapi “El-yurtimizni birlashtiradigan ulug‘ bir g‘oya bor. U ham bo‘lsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir. Mana shunday buyuk maqsadga erishishda mahalla tizimining o‘rni va ta’siri beqiyos. Chunki mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi. Tarix davomida qanday og‘ir sinovlarga duch kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuch oldik. Mashaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadosh bo‘lib qiyinchiliklarni yenggan. Oila – oilaga, qo‘shni – qo‘shniga ko‘mak berib yashagan. Biz mana shunday o‘ta noyob qadriyatimizga doimo sodiq qolishimiz, yosh avlodimizni ayni shu ruhda tarbiyalashimiz kerak”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan Allohdan duo qilib, ummatlarini doimo bilim olishga chorlaganlar: “Allohim! Bilganlarimizni foydali qil! Bizga foydali narsalarni bildir! Ilmimizni ziyoda qil!”(Imom Termiziy va Imom Ibn Moja rivoyati).


Shu bois kishi nafaqat o‘zining, balki farzandlari va ummatning ilmli bo‘lishi uchun duo qilishi va bu yo‘lda qo‘lidan kelganicha amaliy yordam berishi lozim.


Ilm egallash va foydali bilimlarga erishish shariatimizda alohida maqtovga sazovor ish hisoblanadi.


Albatta, ilmga erishish uchun harakat, mehnat, sabr va intizom zarur. Misol uchun, haligi mahalladoshimizning farzandlari IELTS imtihonida yuqori natijalar – 8 va 7,5 ballni qo‘lga kiritibdi. Aslida ular bunday yuqori ko‘rsatkichga tinimsiz mehnatlari va sabr-bardoshi tufayli, qolaversa, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanib erishganlar.


Haqiqatan, yurtimizda ta’lim, fan, sport, san’at va innovatsiya sohalarida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davlat siyosati darajasida olib borilmoqda. Bu esa yoshlarimizning natijalarida o‘z aksini topmoqda va kelajak uchun umid bag‘ishlayapti.


Ilmli yoshlar nafaqat o‘zini rivojlantiradi, balki atrofdagilarga ham foydasi tegadi. Shuning uchun farzandlarimizni bilimli va kasb-hunar egasi bo‘lib o‘sishlari uchun doim harakat qilishimiz, ularni qo‘llab-quvvatlashimiz va eng muhimi, ularni bu yo‘lda duolar qilib turishimiz lozim.


Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim ilm talab qilish yo‘liga tushsa, Alloh unga jannatning yo‘lini yengillashtiradi”, dedilar» (Imom Muslim, Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyati).


Ilmga bundan ortiq targ‘ib bo‘lmasa kerak. Har bir insonning oliy maqsadi – jannat. Jannatga erishish uchun u har narsaga, har qanday qiyinchiliklarga tayyor turadi.


Alisher Navoiy bobomiz ham yoshlarni ilm egallashga chorlab bunday satrlar bitgan:

Yigitlikda yig‘gil ilmning maxzani,

Qarilik chog‘i xarj qilg‘il ani”.


Albatta, yoshlikda olingan bilim xuddi toshga o‘yilgan naqsh kabi muhrlanib qoladi. Bu esa kishiga har ikki dunyoda ham manfaat yetkazadi.


Boylik, pul va davlat sarflangani sayin ana shu boylik kamayib boraveradi. Ilm egallasangiz, uni o‘zgalarga ham ulashsangiz, aksincha, ilmingiz ziyoda bo‘lsa bo‘ladiki, sira ozaymaydi.


Xulosa qilib aytganda, ota-onalar farzandlarining ilmli bo‘lib voyaga yetishiga ko‘maklashishi kerak. Murg‘aklik paytidanoq kitobga muhabbat uyg‘otishi, foydali bilimlarni o‘zlashtirishga chorlashi tarbiyaning eng yaxshi namunasidir.  


Abdurahmon ASQAROV,

Toshkent shahridagi “Katta Qozirabot” jome masjidi imom-xatibi

“Islom nuri” gazetasining 2026 yil 1-sonidan

http://hidoyatuz.taplink.ws

Maqolalar