Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2025   |   29 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:11
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:21
Bismillah
24 Iyul, 2025, 29 Muharram, 1447
Maqolalar

Farishtalar sizga salavot aytishini istasangiz

26.01.2021   6622   3 min.
Farishtalar sizga salavot aytishini istasangiz
  1. Qur'oni karim tilovat qiling. Shunda farishtalar sizni qurshab oladilar.

وَمَا اجْتَمَعَ قَوْمٌ في بَيت مِنْ بُيُوتِ اللهِ تَعَالَى ، يَتْلُونَ كِتَابَ اللهِ ، وَيَتَدَارَسُونَهُ بَيْنَهُمْ إلاَّ نَزَلَتْ عَلَيْهِمُ السَّكِينَةُ وَغَشِيتْهُمُ الرَّحْمَةُ وَحَفَّتْهُمُ المَلاَئِكَةُ وَذَكَرَهُمُ الله فِيمَنْ عِندَهُ.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qaysi bir qavm Allohning uylaridan birida jam bo'lib, Allohning kitobini tilovat qilsalar, uni o'rgansalar, albatta, ularning ustiga sakiyna tushadi, ularni rahmat o'rab oladi, farishtalar qurshab oladi va Alloh O'z huzuridagilar qatorida zikr qiladi”, dedilar (Imom Muslim, Imom Abu Dovud rivoyati).

 

  1. Musulmon birodaringiz haqqiga g'oyibona duo qiling. Shunda farishtalar sizning haqqingizga duo qiladilar.

دعوةُ المرءِ المُسْلِمِ لأخِيهِ بِظَهْرِ الغَيْبِ مستجابةٌ، عِنْدَ رأسهِ مَلَكٌ موكلٌ، كُلما دَعا لأخِيهِ بخيرٍ، قالَ المَلَكُ الموكلُ بِهِ: آمِينَ، وَلَكَ بمثلٍ

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qay bir musulmon birodari haqiga duo qilsa, farishtalar unga: “Senga ham shu bo'lsin, omin!”deb turishadi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

 

  1. Bemorlarni ziyorat qilib turing. Shunda farishtalar sizning haqqingizga salavot aytadilar.

مَا مِنْ مُسْلِم يَعُودُ مُسْلِماً غُدْوة إِلاَّ صَلَّى عَلَيْهِ سَبْعُونَ ألْفَ مَلَكٍ حَتَّى يُمْسِي وَإنْ عَادَهُ عَشِيَّةً إِلاَّ صَلَّى عَلَيْهِ سَبْعُونَ ألْفَ مَلَكٍ حَتَّى يُصْبحَ وَكَانَ لَهُ خَرِيفٌ في الْجَنَّةِ

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bir musulmon boshqa bir betob musulmonni ertalab borib ko'rsa, albatta, unga kechqurungacha etmish ming farishta salavot aytadi. Agar kechqurun kasalni ko'rsa, albatta unga 70 ming farishta ertalabgacha salavot aytadi. Yana unga jannatda bir bog' yaratiladi” (Imom Termiziy rivoyati).

 

  1. Jamoat namozining birinchi safida turishga intiling. Shunda Alloh taolo va Uning farishtalari sizning haqqingizga salavot aytadilar.

إنّ الله وملائِكتَهُ يُصَلُّونَ على الصَّفِّ الأَوَّلِ

Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh va uning farishtalari birinchi safdagilarga salavot aytadi”, dedilar (Imom Moja, Imom Ahmad, Imom Abu Dovud rivoyati).

 

  1. Hamisha Alloh taoloning zikri bilan band bo'ling. Shunda farishtalar sizni o'rab oladilar.

إِنَّ لِلَّهِ مَلاَئِكَةً يَطُوفُونَ فِي الطُّرُقِ يَلْتَمِسُونَ أَهْلَ الذِّكْرِ، فَإِذَا وَجَدُوا قَوْمًا يَذْكُرُونَ اللَّهَ تَنَادَوْا: هَلُمُّوا إِلَى حَاجَتِكُمْ قَالَ: فَيَحُفُّونَهُمْ بِأَجْنِحَتِهِمْ إِلَى السَّمَاءِ الدُّنْيَا

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Allohning bir toifa farishtalari bor. Ular yo'llarda aylanib zikr qiluvchilar(ahli zikr)ni izlab yuradilar. Qachon ular Allohni zikr qilayotgan qavmni topsalar o'zingiz istagan narsaga kelinglardeb nido qiladilar. Bas, ularni qanotlari bilan o'rab olib, dunyo osmoni barobar bo'lib turadilar»(Imom Termiziy rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hazrati inson bo‘ling!..

22.07.2025   4464   2 min.
Hazrati inson bo‘ling!..

Mashina yo‘liga chiqib ketgan odamni ko‘rib haydovchi zo‘rg‘a to‘xtatib qoldi. Undan ham oldin yonidagi do‘sti tushasolib yo‘lovchining yoqasidan oldi. Uzr so‘rab dovdirayotgan odamni ko‘rib, haydovchi tez tushdi-da, do‘stidan uning yoqasini qo‘yib yuborishini so‘radi.


– Bu nima deganing?! Sal bo‘lmasa qamalib ketarding-ku buni deb, – yanada jahli chiqdi do‘stining.


– Sen uni qo‘yib yuboraver, gap bor... Bo‘ldi, aka, hushyor bo‘lib yetib oling... Yo‘q, shoshmang...


Haydovchi hatto u odamning qo‘liga pul ham berdi. Do‘stini hayron qoldirib, mashinaga qaytdi.


Do‘stining savol nazari bilan qarab turganini ko‘rib, izoh bera boshladi:

– Bir soatcha oldin dorixonaga kirgandim. Shu odamga ko‘zim tushgandi. Qo‘lida dorilar ro‘yxati yozilgan qog‘oz, puli yetmaganidan mung‘ayib turgan edi. Dorilar narxini eshitib, og‘ir qadamlar bilan chiqib ketgandi. Ortidan chiqib yordam bergim keldi. Lekin pulimni qizg‘ondim. Tashqariga chiqqanimda u onasi bilan gaplashib turgan ekan. Haligi odam onasi bilan gaplashib bo‘lgach: “Shuncha pulni qayerdan topaman? Yo Alloh! O‘zing yo‘l ko‘rsat, deganini eshitib ham indamay ketaverdim. Go‘yo unga pul bersam o‘zim och qoladiganday... Holbuki, Alloh taolo O‘z Kalomida: “Shayton sizlarni (xayr-ehson qilishda) kambag‘al bo‘lib qolishdan qo‘rqitadi(Baqara surasi, 268-oyat) deya ogohlantirganini bilardim. Yana “Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar (ko‘paytirib yozilur)” (An’om surasi, 160-oyat) degan va’dasini ham o‘qigandim. Baribir xomlik qildim. Sal bo‘lmasa o‘sha xasislik qilgan pulimdan o‘n, yuz hissasi chiqib ketadigan bir musibatga duchor bo‘lardim. Mayli, hechdan ko‘ra kech bo‘lsa ham, Alloh imkon berdi. Shuning uchun ayb u odamdamas, o‘zimda, deb bildim...


Ha, azizlar! Hayotimizda bunday holatlarga duch kelib turamiz. Avvalo, birov bilan tushunmovchilik bo‘lib qolsa u odamning ahvolini so‘raylik. Balki biror musibat yo tashvishda yurgandir. Darhol tilimizga kelgan so‘zlar bilan xaqorat qilib, urishib ketmaylik. Bunaqa vaziyatlarda shayton vasvasa qilishini unutmaylik. Xulosa qilishga shoshilmaylik. Hazrati inson degan nomga munosib ish tutaylik.


Akbarshoh Rasulov

O'zbekiston yangiliklari