Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Aprel, 2025   |   24 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:07
Quyosh
05:33
Peshin
12:27
Asr
17:11
Shom
19:14
Xufton
20:34
Bismillah
22 Aprel, 2025, 24 Shavvol, 1446

MUSULMONLAR VA ShIFOHONALAR

25.01.2021   2527   3 min.
MUSULMONLAR VA ShIFOHONALAR

Musulmonlarning tibbiyotga qo'shgan eng katta hissasi birinchi bo'lib shifoxonalar tashkil etganligidir. Qariyb 900 yil oldin musulmonlar diyorida kasalxona ochilgan.
Birinchi shifoxona xalifa Valid ibn Abdulmalik davrida faoliyat yuritgan. Bu shifoxona moxovlar uchun edi (Tabariy. “Tarixi umam val muluk”).
Oradan 900 yildan ko'p vaqt o'tgachgina Parijda birinchi Yevropa kasalxonasi ochildi. Islom o'lkalarida shifoxonalarning ba'zilari ko'chma, ba'zilari muqim faoliyat ko'rsatgan.
Shifoxonalar "bemoriston” deb nomlangan, ular meditsina universiteti vazifasini ham bajargan. Barcha shaharlarda shifoxonalar bor edi, ko'chma shifoxonalar chekka hududlarga xizmat ko'rsatgan. Ularni tuyalarga ortib yurishgan. Sulton Mahmud Saljuqiy (hijriy 511-525 yillarda) hukmronlik qilgan davrda qirqtalab tuyalar shifoxona asbob-uskunalari ortilgan yuklarni ko'tarib yurgan. Ko'chma shifoxonada bir nechta tajribali tabiblar ishlagan (Ibn Qaftiy. “Tarixi hukamo”).
Katta shaharlarda joylashgan shifoxonalar yuqori saviyada bo'lgan.
Mashhur shifoxonalar sirasiga Bag'doddagi “Azudiya” (hijriy 371 yil), Damashqdagi “Nuriy" (hijriy 549 yil), Qohiradagi “Mansuriy" shifoxonalarini (hijriy 683 yil) kiritish mumkin. Qurtuba (Kordoba) shahrining o'zida ularning soni ellikdan ortiq bo'lgan (Mahmud Hoj. “Musulmonlar tibbiyoti”).
Shifoxonalar turli bo'limlardan: jarrohlik, teri kasalliklari, ko'z kasalligi, suyak sinishi kabi bo'limlardan tashkil topgan. Tabib shogirdlari bilan kasallarni ko'rib, tashxis qo'ygan, talabalar bevosita davolash jarayonida ishtirok etgan. So'ngra ustoz katta xonaqoda ularga ma'ruza o'qigan. Shifoxonalarda kutubxonalar mavjud bo'lib, tibbiyot adabiyotlari bilan birga, fiqh kitoblari ham bo'lgan. Qohirada joylashgan “Ibn Tulun” shifoxonasida 100.000 dona kitob bo'lgan ekan. Shifoxona atrofidagi katta ekin maydonida muolajalar uchun zarur giyohlar ekilgan.
Shifoxonalarda kasallik yuqishining oldini olish uchun tartib joriy qilingan. Kelgan bemorning kiyimi echilib, unga maxsus libos berilgan. Bemor o'ziga xos palatada davolangan, uning boshqa palatalarga kirishi ta'qiqlangan. Har bir kasalga alohida idish-tovoq, karovat, ko'rpa-to'shak berilgan. Bu hozirgi “Gigiyena qoidalari”ga aslida musulmon o'lkalarida asos solinganiga ishora.
Parijda birinchi ochilgan shifoxona musulmonlarnikidan tubdan farq qilgan. Kasallar dardi har xil bo'lsa-da, bitta palatada davolangan. Bir necha bemor bitta karovatda uxlagan. Hona shu darajada hidlanib ketar ekanki, tabib va hamshiralar xonaga burunlarini berkitib kirishgan. Bemor o'lib qolsa, bir kungacha xonada qolib ketar ekan hatto! (Mustafo Sabaiy. “Min ravon' hazoratina").
“Azudiya” shifoxonasi hijriy 371 yil Bag'dodda Azududdavla ibn Buvayh tomonidan bunyod etilgan bo'lib, dastlab 24 nafar tabib xizmat ko'rsatgan. Keyinchalik ular soni ko'payib, katta kutubxona tashkil qilingan. Shifoxonada 24 soat davomida xizmat ko'rsatilgan.
Ibn Jubayr ajoyib bir holatni hikoya qiladi: u hijriy 580 yilda Bag'dodga qilgan safarida bog'-rog'lar bilan o'ralgan mahallaning markazida go'zal bir qasr bo'lib, kasallarga vaqf qilingandi. Bular kelib bemalol istiqomat qilar, qasrning barcha xarajatlari davlat xazinasidan va boylar vaqf qilgan sarmoyadan qoplanar ekan (Mustafo Sabaiy. “Min ravov' hazoratina").

"Islom va Olam" kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Guruh rahbarlari bilan ilk yig‘ilish o‘tkazildi

21.04.2025   1493   2 min.
Guruh rahbarlari bilan ilk yig‘ilish o‘tkazildi

#Haj_2025

Yurtimizda  davlatimiz va hukumatimiz tomonidan diniy-ma’rifiy sohaga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli so‘nggi yillarda mo‘min-musulmonlar Islomning barcha ruknlari, xususan, haj amallarini to‘la-to‘kis ado etmoqdalar.
2016 yilda 5200 nafar vatandoshimiz haj amallarini ado etgan bo‘lsa, 2017 yildan bunday sharafga erishganlar soni yana ikki ming kishiga ko‘payib, 7200 nafarga yetdi. 2022 yilda 12 mingdan ziyod, 2023–2024 yillarda esa 15 mingdan ortiq mo‘min-musulmon hajni ado etdi.

Bu yil ham 15 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz Islomning beshinchi ruknini ado etadilar, inshoalloh.

Bugun Toshkent shahridagi «Shayx Zayniddin» jome masjidi majlislar zalida shu yil hajga boruvchi guruh rahbarlari ishtirokida ilk yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Bobomurod Rustamov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj va umra markazi bo‘limi boshlig‘i Maqsud Karimov qatnashgan yig‘ilishni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domda Yunusov kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

Tadbirda Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan bu yil ellikboshi bo‘lib hajga boruvchi diniy soha xodimlari ishtirok etgan bo‘lsalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlaridan boruvchi guruh rahbarlari ZOOM platformasi orqali onlayn qatnashdilar.

Yig‘ilishda guruh rahbarilariga haj mavsumidagi muhim vazifalar eslatilib, ularga guruhlar aniq bo‘lgach, ziyoratchilar bilan uchrashib, Islomning beshinchi rukni bo‘lgan hajga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari, ehrom bog‘lash, hajning arkonlari, shartlari, farzlari, vojib va sunnatlarini atroflicha tushuntirishlari zarurligi qayd etildi.

Alloh taolo bu yilgi haj mavsumini yuqori saviyada o‘tkazishni nasib etsin. Har bir ziyoratchining haji mabrur bo‘lsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

 

Guruh rahbarlari bilan ilk yig‘ilish o‘tkazildi Guruh rahbarlari bilan ilk yig‘ilish o‘tkazildi Guruh rahbarlari bilan ilk yig‘ilish o‘tkazildi Guruh rahbarlari bilan ilk yig‘ilish o‘tkazildi Guruh rahbarlari bilan ilk yig‘ilish o‘tkazildi Guruh rahbarlari bilan ilk yig‘ilish o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari