Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

WomanEL: maftunkor O'zbekistonga tashrif buyurishning 6 sababi

22.01.2021   1834   3 min.
WomanEL: maftunkor O'zbekistonga tashrif buyurishning 6 sababi

Bu mamlakatda juda ko'p miqdordagi go'zalliklar yashiringan.
O'zbekiston so'nggi paytlarda sayyohlar orasida tobora ko'proq qiziqish uyg'otayotgani bejiz emas. Pandemiya paytida ba'zi odamlar o'zlari uchun yangi ilhom manbalarini izlaydilar. Va bu mamlakat ulardan biri bo'lishi mumkin.
Lekin nima uchun? WomanEL sizga O'zbekistonni sevib qolishingizning bir necha sabablarini aytib beradi.

Ipak yo'lining buyuk shaharlari
Turkiyadan Hitoyga afsonaviy Ipak yo'li yurish uchun vaqtingiz yo'qmi? O'zbekiston eng qisqa vaqt ichida ham ushbu mashhur savdo yo'nalishi bo'yicha eng yaxshi narsalarni sinab ko'rish imkoniyatini taqdim etadi.
Bu erda siz puxtalik bilan qayta tiklangan dunyodagi eng yaxshi islom me'moriy inshootlardan birini ko'rishingiz mumkin. Bundan tashqari, bu erda jahon savdo markazlari bo'lganida hayot qanday bo'lgani haqida haqiqiy tasavvurga ega bo'lishingiz mumkin.

Orol dengizi
Bu dunyodagi eng syurrealistik manzaralardan biri hisoblanadi. Atrof tashlandiq kemalar va ular ketidan yaroqsiz holga kelgan qishloq xo'jalik erlarining qabristoniga aylandi. Bu O'zbekistonning eng ko'p tashrif buyuriladigan sayyohlik maskanlaridan biri bo'lib, atrof-muhitga qanchalik oson va tez zarar etkazish mumkinligi haqida hushyor torttiradi.

Bepoyon cho'llar
O'zbekiston-cheksiz qumli kengliklar va tik baland tog'lar o'lkasi. Bu O'zbekistonning eng mashhur tashrif buyuruvchisi Iskandar Zulqarnayn ko'p asrlar avval o'tib kelganidan beri kam o'zgargan qismidir.

Shirin taom
O'zbek taomlari hech qanday gastronomik mukofotlarga ega bo'lmaydi, lekin u to'yimli va mazali. Mahalliy palov va ko'mirda pishgan qo'y go'shtidan kabobni ta'tib ko'rishingizni maslahat beramiz.

YuNYeSKO Jahon merosi ob'ektlari
O'zbekistonda Samarqand va Buxoro kabi YuNYeSKO ning ajoyib Jahon merosi ob'ektlari mavjud. Shuningdek, u Hiva kabi dunyoning boshqa ko'plab mo''jizalari bilan maqtana olishi mumkin.

Rang-barang poytaxt
Toshkent 1966 yildagi zilzila oqibatida vayron bo'lgan va sovet uslubida qayta qurilgan. Natijada qat'iy sovet binolari, klassik rus arxitekturasi va restavratsiya qilingan XII asr masjidlarining uyg'unlashuvi paydo bo'lgan. Bu uyg'unlashuv juda ham ajoyib ko'rinish hosil qiladi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Hazrati inson bo‘ling!..

22.07.2025   6397   2 min.
Hazrati inson bo‘ling!..

Mashina yo‘liga chiqib ketgan odamni ko‘rib haydovchi zo‘rg‘a to‘xtatib qoldi. Undan ham oldin yonidagi do‘sti tushasolib yo‘lovchining yoqasidan oldi. Uzr so‘rab dovdirayotgan odamni ko‘rib, haydovchi tez tushdi-da, do‘stidan uning yoqasini qo‘yib yuborishini so‘radi.


– Bu nima deganing?! Sal bo‘lmasa qamalib ketarding-ku buni deb, – yanada jahli chiqdi do‘stining.


– Sen uni qo‘yib yuboraver, gap bor... Bo‘ldi, aka, hushyor bo‘lib yetib oling... Yo‘q, shoshmang...


Haydovchi hatto u odamning qo‘liga pul ham berdi. Do‘stini hayron qoldirib, mashinaga qaytdi.


Do‘stining savol nazari bilan qarab turganini ko‘rib, izoh bera boshladi:

– Bir soatcha oldin dorixonaga kirgandim. Shu odamga ko‘zim tushgandi. Qo‘lida dorilar ro‘yxati yozilgan qog‘oz, puli yetmaganidan mung‘ayib turgan edi. Dorilar narxini eshitib, og‘ir qadamlar bilan chiqib ketgandi. Ortidan chiqib yordam bergim keldi. Lekin pulimni qizg‘ondim. Tashqariga chiqqanimda u onasi bilan gaplashib turgan ekan. Haligi odam onasi bilan gaplashib bo‘lgach: “Shuncha pulni qayerdan topaman? Yo Alloh! O‘zing yo‘l ko‘rsat, deganini eshitib ham indamay ketaverdim. Go‘yo unga pul bersam o‘zim och qoladiganday... Holbuki, Alloh taolo O‘z Kalomida: “Shayton sizlarni (xayr-ehson qilishda) kambag‘al bo‘lib qolishdan qo‘rqitadi(Baqara surasi, 268-oyat) deya ogohlantirganini bilardim. Yana “Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar (ko‘paytirib yozilur)” (An’om surasi, 160-oyat) degan va’dasini ham o‘qigandim. Baribir xomlik qildim. Sal bo‘lmasa o‘sha xasislik qilgan pulimdan o‘n, yuz hissasi chiqib ketadigan bir musibatga duchor bo‘lardim. Mayli, hechdan ko‘ra kech bo‘lsa ham, Alloh imkon berdi. Shuning uchun ayb u odamdamas, o‘zimda, deb bildim...


Ha, azizlar! Hayotimizda bunday holatlarga duch kelib turamiz. Avvalo, birov bilan tushunmovchilik bo‘lib qolsa u odamning ahvolini so‘raylik. Balki biror musibat yo tashvishda yurgandir. Darhol tilimizga kelgan so‘zlar bilan xaqorat qilib, urishib ketmaylik. Bunaqa vaziyatlarda shayton vasvasa qilishini unutmaylik. Xulosa qilishga shoshilmaylik. Hazrati inson degan nomga munosib ish tutaylik.


Akbarshoh Rasulov