Toshkent viloyatida global investitsiya forumi o'tkaziladi. Bosh vazir o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov Ispaniyaga tashrifi doirasida BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan shunga doir kelishuvga erishdi.
Aziz Abduhakimov Zurab Pololikashvili bilan uchrashuvi davomida uni O'zbekistonning turizm sohasi rivoji yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Bugungi kunda O'zbekistonda turizm sohasi tubdan isloh qilinayotgani, bundan maqsad turizm sohasini milliy iqtisodiyotning strategik yo'nalishiga aylantirish ekani ta'kidlandi. Shu bilan birga, O'zbekistonda ishlab chiqilgan “Uzbekistan: safe travel guaranteed” sanitar-gigiyenik protokoli hamda xorijiy fuqarolarning O'zbekistonga kirish tartibi, Samarqanddagi “Ipak yo'li” xalqaro turizm universiteti hamda sohaga ixtisoslashgan professional kollejlar faoliyatiga oid ma'lumotlar taqdim etildi.
Tomonlar ta'lim turizm sohasining bundan keyingi rivoji hamda sohani qayta tiklashdagi asosiy resurslardan biri bo'lishini ta'kidlagan holda, O'zbekistonning professional o'quv muassasalari bitiriuvchilari uchun sertifikatsiya toifalarini birgalikda ishlab chiqishga kelishib olishdi. Bu turizm sohasidagi milliy kadrlarning professional standartlari va ko'nikmalarini yanada yaxshilash, shuningdek professional kadrlarning jahon xizmatlar bozoriga chiqishini ta'minlaydi.
Turizm sohasiga investitsiya kiritish hamkorlikning yana bir yo'nalishi sifatida ko'rib chiqildi. UNWTO Bosh kotibi Toshkent viloyatining sayyohlik salohiyati, xususan “Amirsoy” tog'-chang'i kurorti faoliyati bilan tanishib chiqib, O'zbekiston pandemiya davrida turizm sohasiga investitsiya kiritishda davom etayotgan kam sonli mamlakatlardan biri bo'lib qolayotganini ta'kidladi. Tomonlar shuningdek 2021 yilning iyun' oyida (jahondagi sanitar-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib) Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida UNWTO shafeligi ostida global investitsiya forumi o'tkazilishiga doir kelishuvga erishishdi.
Zurab Pololikashvili BTT Italiya bilan hamkorlikda Birinchi bolalar turizmi forumini tashkil qilishni rejalashtirayotganini ma'lum qilib, uning doirasida O'zbekistonning yosh sayyohlarni tarbiyalashdagi tajribasi taqdimotini o'tkazishni taklif qildi. Shu bilan birga, 2022 yilda ikkinchi shunday forumni O'zbekistonda o'tkazish imkonini ko'rib chiqish so'raldi.
Muzokaralar davomida shuningdek ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Zurab Pololikashvili O'zbekistonning bu yo'nalishdagi boy merosini e'tirof etdi. U Butunjahon turizm tashkiloti har ikki yilda mazkur mavzuda tadqiqot tayyorlashini ta'kidlab, 2021 yilning navbatdagi tadqiqotlariga O'zbekistonning tarixiy merosini o'rganishni kiritishni taklif qildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
I. Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Amaldagi qonunchilikka muvofiq zarurat bo‘lsa, qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.
II. Mahsulotlar (erkaklar va ayollar nimchasi) uchun qo‘yilgan talablar:
III. Mahsulotlar (erkaklar va ayollar sumkasi) uchun qo‘yilgan talablar:
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan korxona va tashkilotlar 2025 yil 1 avgust kuniga qadar yuqoridagi talablar asosida hujjatlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasiga taqdim etishlari mumkin.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 47-uy. Telefon: 71-240-04-75, 98-140-04-75