Bugun, 20 yanvar' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Abdug'ofur Ahmedovning Buxoro viloyatiga safarlari boshlandi. Mehmonlarga Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir Elov va Diniy idora ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov hamrohlik qilmoqda.
Tashrif davomida masjid va madrasalarni ko'zdan kechirish, muborak qadamjolarni ziyorat qilib, o'tganlar haqiga duolar qilish, imom-xatib va namozxonlar bilan uchrashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi holidan xabar olish kabi ishlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan.
Tashrif tafsilotlarini saytimiz va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 15 iyul kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi. Namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur tumandagi "Xovos" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2025” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 20 ta mahalladagi 120 ta xonadon holidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati