Grozniyda qurilishi avval Checheniston hukumati tomonidan e'lon qilingan" Qur'on muzeyi " musulmonlarning eng qadimgi qo'lyozma Muqaddas kitobi bo'lgan Usmon Qur'onining faksimil nusxasini oladi.
Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning kuyovlari xalifa Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) buyrug'i bilan milodiy 651 yilda (hijratning 24-yili) noyob Kufiy Qur'oni Karim kiyik terisiga bir necha nusxada yozildi. Dunyoda faqat 6 nusxalari mavjud.
- Sovg'alar- mening biznesim, lekin Qur'onni sotish odobsizlik bo'lardi, - dedi sovg'ani muzeyga topshirish tashabbuskori, qo'lyozmaning egasi Semen Fleri.
Avvalroq "Islom-Today" portali Checheniston poytaxtida jangarilar qo'lida halok bo'lgan Magomed Djabrailov nomi bilan ataladigan Grozniyda "Qur'on muzeyi" qurilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Savol: Umraga borgan kishi, yetti marta tavofni qilib bo‘lgach, toliqib qolib, Safo va Marva orasida sa’yni qilmay, mehmonxonaga ketib qolsa, nima qilishi lozim bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu odam mehmonxonada biroz orom olgach, haramga qaytib, sa’yni qilishi vojib bo‘ladi. Chunki Safo va Marva orasida yetti marta sa’y qilish umraning vojiblaridan sanaladi. Shuning uchun umra qilayotgan odam tavofdan keyin sa’yni tugatmaguncha ehromdan chiqa olmaydi. Agar sa’ydan oldin sochini oldirib, ehromdan chiqqan bo‘lsa, o‘z vaqtidan oldin ehromdan chiqqani uchun, zimmasiga bir jonliq so‘yish vojib bo‘ladi. Shu bilan birga sa’yni qilishi ham lozim bo‘ladi. Agar keksa yoki bemorligi tufayli o‘zi yurishga qiynalsa, aravada sa’y qilsa ham joiz bo‘laveradi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.